Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Nazorat savollari. 
1. Tog‘ jinslarining elektr va magnit maydonlarining ta’sirini ayting? 
2. Tog‘ jinslari issiqligining bil vosita ta’siri deb nimaga aytiladi 
3. Suvda ivish koeffitsienti nimaga aytiladi? 
4. Issiqlik maydonining ta’siri deb nimaga aytiladi? 
5. Tog‘ jinslariga elastik tebranishlarning ta’siri deb nimaga aytiladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


94 
2.11-§. Tashqi maydonlarini tog‘ jinslarining issiqlik va magnit 
xususiyatlariga ta’siri. 
Namlikning ta’siri. Suv havoga nisbatan yuqori solishtirma issiqlik sig‘imi, 
issiqlik o‘tkazuvchanlik, harorat o‘tkazuvchanlik, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik, 
dielektrik kirituvchanglikka ega bo‘lgani uchun tog‘ jinslari namlanganda 
ko‘rsatkichlar ortadi. Masalan quruq gillarga nisbatan suv bilan to‘lgan gillarda 
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 56 barobar yuqori bo‘ladi. Suvning solishtirma 
issiqlik sig‘imi va farqi havoga nisbatan, balki ko‘pgina minerallarga nisbatan ham 
ancha yuqori. Harorat o‘tkazuvchanlik kamroq ho‘llanishda ortadi va ho‘llash 
miqdori ortishi bilan kamayadi, chunki ho‘l tog‘ jinslarining issiqlik sig‘imi ortadi. 
Tog‘ jinslarining solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 
ý

ularning g‘ovakligiga 
bog‘liq bo‘lib suv bilan to‘ldirilganda juda yuqori bo‘ladi. Tog‘ jinslarining 
solishtirma elektr qarshiligi ularning suv bilan to‘ldirilganligidan tashqari suvning 
mineral tuzlarga boyligi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Bosimning ta’siri. Harorat o‘tkazuvchanlik bosim ortishi bilan kam o‘zgariladi. 
Har tomonlama bosim issiq o‘tkazuvchanlikni oshiradi va ularning issiqlikdan 
kengayish koeffitsientini kamaytiradi. Chunki tog‘ jinslari zichlanib issiqlik uzatish 
ortadi va kengayishi kamayadi. Bosimning tog‘ jinslarning elektr qarshiligiga turlicha 
bo‘lib, bosim ta’sirida g‘ovakliklar yoqilib elektr qarshiligi ortishi yoki yoriqlar 
kengayib elektr qarshiligi kamayishi mumkin. 
Issiqlik maydonining ta’siri. Tog‘ jinslarining haroratining ortishi issiqlik va 
elektr magnit xossalarining o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu xossalarning o‘zgarishiga 
sabab issiqlikdan hosil bo‘ladigan zo‘riqmalar va har xil issiqlik effektlaridir. 
Haroratning ortishi natijasida kinetik energiya ortadi va zarrachalarning tebranishlar 
chastotasi ortadi. Ularning issiqlik va elektro-magnit xususiyatlarini o‘zgartiradi. 
Issiqlik xususiyatlari. Haroratning ortishi natijasida kristall panjaralarda 
ionlarning tartibsiz tebranishlari kuchayadi. U esa o‘z navbatida fononlarning erkin 
harakatlanish masofasini kamaytiradi. shuning uchun harorat ortishi oqibatida 
ko‘plab minerallarda issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi. Bu ko‘rsatkich 400
0



95 
haroratgacha o‘zgaradi, undan yuqori haroratlarda bir xil kattalikka ega bo‘ladi. 
Maksimal chastota 
m ax

va unga mos maksimal energiya Debay harorati bilan 
tavsiflanadi: 
K
h
D
m ax




Bu yerda: 
h
- Plank doimiysi (
h
=1,054
34
10


Dj s); 
K-Bolsman doimiysi (K=1,38
23
10


Dj/k); 
m ax

- tebranishlarning maksimal chastotasi. 
Silikatlar uchun fonon issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientining quyidagi 
immerik bog‘liqligi aniqlangan 
3
,
6
01
,
0


D


. Qattiq jinslarning issiqlik sig‘imi 
Dibay haroratigacha ortib boradi. Juda ko‘p tog‘ jinslari va minerallarda harorat 
ortishi bilan issiqlikdan uzayish koeffitsienti (

) ortadi.
Elektr va magnit xususiyatlariga ta’siri. Dielektrik tog‘ jinslarida harorat 
ortishi bilan ularning kinetik energiyasi ortadi va kristall panjaradan ionlarning 
ajralishi osonlashadi. Shuning uchun dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi. 
Harorat 600
0
S gacha ko‘tarilganda tog‘ jinslarining elektr qarshiligi 
9
10
20

martagacha kamayadi. Nam va g‘ovaklik jinslarda haroratning ortishi natijasida suv 
bushlanib ketadi va elektr qarshiligi ortadi.
Haroratni tog‘ jinslarining magnit xususiyatlariga ta’siri. Haroratning ta’siri 
ferromagnit jinslarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’lum bir haroratda (Kyuri nuqtasi) 
domenlar magnit momentidan butunlay ajralishadi va magnitsizlanib qolishadi.
Elektr va magnit xususiyatlariga ta’siri. Dielektrik tog‘ jinslarida harorat 
ortishi bilan ularning kinetik energiyasi ortadi va kristall panjaradan ionlarning 
ajralishi osonlashadi. Shuning uchun dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi. 
Harorat 600
0
C gacha ko‘tarilganda tog‘ jinslarining elektr qarshiligi 
9
10
20

martagacha kamayadi. Nam va g‘ovaklik jinslarda haroratning ortishi natijasida suv 
bushlanib ketadi va elektr qarshiligi ortadi. 


96 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling