Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Nazorat savollari. 
1. Tog‘ jinslarining elektr xususiyatlarini ayting? 
2. Tog‘ jinslarining radiaktivlik xususiyatlari deb nimaga aytiladi 
3. Sochilish deb nimaga aytiladi? 
4. Namlikning ta’siri deb nimaga aytiladi? 
5. Tog‘ jinslarining radiaktivlik xususiyatlari deb nimaga aytiladi? 


91 
2.10-§. Tog‘ jinslarining mexanik xossalariga tashqi maydon ta’siri. 
Namlikning ta’siri. Tashqi moddiy maydon tog‘ jinslarida uning tarkibiy 
qismini yoki aktiv fiziko – ximyaviy ta’sir ko‘rsatuvchi muhit vazifasini o‘taydi. 
Suyuqlarning tog‘ jinslariga ta’siri dinamik yoki statik bo‘lishi mumkin. Dinamik 
ta’sir tog‘ jinslarini mexanik yemirilishga va qo‘zg‘alishga olib keladi, statik ta’sir 
ularning shishiga, ivishiga va erishiga olib keladi. Suv tog‘ jinslarining mayda 
yoriqlari va g‘ovaklariga tashqi bosim ostida kirib butun hajmga tarqaladi
zarrachalar orasidagi bog‘lanishni kamaytiradi, yoriqlarni kengaytiradi. Suv ta’siri 
ostida zarrachalar bog‘lanishini kamayishi tog‘ jinslarining mexanik xossalarini 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tog‘ jinslarining namlanishidan Yung moduli kamayadi. 
Tog‘ jinslarining namligining ortishi mustahkamlik ko‘rsatkichlarini kamayishiga va 
deformatsiyalanish va plastikligini ortishiga olib keladi. Masalan, marmarning 
deformatsiyalanishi 2 marta, gillik qumtoshniki 3 marta, qumtoshniki 3,5 marta 
ortadi. Tog‘ jinslarining mustahkamligini kamayishi  suvda ivish koeffitsienti  bilan 
baholanib, 
1
/
.
.


î
ñæ
í
ñæ
ð



Bu yerda: 
ð

- suvda ivish koeffitsienti (razmokaniya); 
î
ñæ
í
ñæ
.
.
,


- suvda ivigancha va ivigandan so‘nggi qisilishga bo‘lgan 
mustahkamlik chegarasi.
Agar suvda ivish koeffitsienti 0,75 dan kam bo‘lsa, tog‘ jinslari kam ustuvorlikka ega 
bo‘lgan jinslar deyiladi. Namlik tog‘ jinslarining kon – texnologik parametrlarini 
kamaytiradi (qattiqligini, abrazivliligini, mo‘rtligini). Masalan, ohaktoshlar qattiqligi 
10-15%, grinitlar qattiqligi 5-10%, alevrolitlarniki 50% gacha, plastiklik koeffitsienti 
20% gacha ortadi. 
Bosimning ta’siri. Bosim ta’siri ostida tog‘ jinslari xususiyatlarining 
o‘zgarishiga sabab, tog‘ jinslarining boshlang‘ich xususiyatlarining o‘zgarishidir. 
Tog‘ jinslariga bosimning ta’siriga qarab, tog‘ jinsining g‘ovaklik va yoriqlari yopilib 
zichlashishi mumkin yoki yoriqlar majmuasi hosil bo‘lib, alohida bo‘laklari orasidagi 


92 
bog‘lanish susayishi mumkin. Tog‘ jinslarining mustahkamligi ancha ortadi. 
Masalan, ohaktoshning qisilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi atmosfera 
bosimida 260 mPa bosim 1000 mPa ko‘tarilganda 1300 mPa bo‘ladi. Shuningdek 
tog‘ jinslarining siljishga bo‘lgan qarshiligi ham juda ortib ketadi. Egilishga bo‘lgan 
qarshilik ko‘p jinslarda bosim 300 mPa yetganda 10-15 marta ortadi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling