Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Nazorat savollari. 
1. Tog‘ jinslarining Elektr va magnit xususiyatlariga ta’sirini ayting? 
2. Haroratni tog‘ jinslarining magnit xususiyatlariga ta’siri deb nimaga aytiladi 
3. Elektr va magnit xususiyatlariga ta’siri nimaga aytiladi? 
4. Issiqlik xususiyatlari deb nimaga aytiladi? 
5. tog‘ jinslarining issiqlik va magnit xususiyatlariga ta’siri deb nimaga aytiladi? 


97 
2.12-§. Tog‘ jinslari massivlarining tuzilish tarkibi va holatlari. 
Tog‘ jinslari massivlarining namunaga nisbatan murakkab tuzilishga 
egaligining asosiy sabablari, tog‘ jinslarining murakkab yoriqliklari, geologik 
yemirilishlar, tabiiy va sun’iy yortvlardir. Tog‘ jinslarining yoriqliklari 
yoriqliklarining joylashish zichligi, yorivlar sistemalarining miqdori va ularning 
o‘zaro joylashishi bilan farqlanadi.
Laboratoriya tajribalarida tog‘ jinslari massivini tavsiflaydigan ko‘plab yoriqlar 
ta’sirini hisobga olib bo‘lmaydi. Shuning uchun tog‘ jinslari namunalarining 
hodisalari massiv hodisalaridan farq qiladi va bu farq masshtab effekti deyiladi. 
Barcha tog‘ jinslari massivlari tiktonik buzuq va buzilmagan bo‘lib, tog‘ jinslarining 
monoklinma joylashishi, oddiy egilgan tuzilishdagi, murakkab egilgan tuzilishda, 
ko‘p uzulishlik murakkab egilgan tuzilishda, magmatik kirimli murakkab egilgan 
tuzilishda bo‘ladi. Tog‘ jinslari massivda turli yuklamalar: yuqori qatlamlar bosimi, 
yer po‘stlog‘ining tektonik harakati kuchlari, yer osti suvlarining bosimi, gazlar, 
bosim va boshqalar ta’sirida bo‘ladi. Zo‘riqmalar va deformatsiyalarga olib keladigan 
tog‘ jinslari massiviga ta’sir ko‘rsatadigan bu kuchlar majmuasi kon bosimi deyiladi. 
Tog‘ jinslari massiviga ta’sir etadigan tabiiy zo‘riqmalardan tashqari tog‘ jinslariga 
ta’sir ko‘rsatadigan texnologik jarayonlar ham bo‘ladi.
Barcha kon ishlari jarayonlari kon massivi tavsifi to‘g‘risida olinadigan 
informatsiyalarga bog‘liq bo‘ladi. 
Kon massivlarini tarkibi va tuzilishi parametrlari hozirgi paytda geofizik 
usullar bilan, to‘g‘ridan – to‘g‘ri yer ustidan (dala geofizika usuli) va skvajina 
usullarida o‘rganiladi. Massivlarni dala geofizika usulida o‘rganish tog‘ jinslarining 
zichligi, elektr va boshqa xususiyatlariga asoslangan. 
Gravitatsion usul Nyutonning qonunlariga asoslangan bo‘lib, massalar 
orasidagi tortish kuchi 
2
r
KMm
F

bu yerda: 
12
10
7
,
66



Ê
- gravitatsion doimiylik 
м
3
/кг*с
2

r
-markazlar orasidagi masofa. Bundan tezlanish 
2
r
kM
g

bu yerda: 
M
-
yer massasi. Zichligi yuqori bo‘lgan jinslar ustida gravitatsiya anomaliyasi 
g



98 
kuzatiladi. Bu usulda yer ostidagi zinch jismlar o‘rni aniq yoki karst bo‘shliqlarini 
aniqlash mumkin, shuningdek jinslarning zich qismini maydalangan, yumshoq 
qismlarini ham topish mumkin. 
Magnit usullari yer po‘stlog‘ining ayrim joylaridagi magnit anomaliyalariga 
asoslangan. Bu usulda nafaqat ferromagnit rudalari balki, noruda foydali qazilmalar 
ham aniqlanadi. 
Radiometrik usullar yordamida massivning radiaktivlik maydoni o‘rganiladi. 
Radiometrik usulda massiv tuzilishi, yoriqlarning joylashishi, intruziyalar va daykalar 
foydali qazilmalar tarkibi ham aniqlanadi.
Seyyemik usullar kon massivi jinslarida tebranish to‘lqinlarining tarqalish 
qonuniyatlariga asoslangan bo‘lib, amaliyotda 2 usuli qo‘llaniladi: 
1. MOV (metod otrojennix voln) qaytgan to‘lqinlar usuli. 
2. KMPV (korelyatsionnoy metod perepolnennix voln) isingan to‘lqinlarning 
korrelyatsiya usuli. 
Elektr usullari. Quyidagi elektr usullari ko‘proq tarqalgan tabiiy elektr 
maydoni usuli – o‘z (sobstvenniy) potensiyali (PS) keltirib chiqarilgan qutblanish 
(vizvannaya polyarizatsiya VP). Taxminiy elektr qarshiliklari usuli (KS). 
Skvajina yordamida tekshirish usullari. Skvajinalarni geofizika usulida 
(karotaj) tekshirish tog‘ jinslarini skvajina yordamida o‘rganishga asoslangan. 
Ko‘pincha elektr karotajini o‘z potensiali usuli PS, taxminiy elektr qarshiligi 
KS, issiqlik karotaji, radiaktiv korataj va boshqalar keng tarqalgan. 
KS usulida 3 elektrodlik zond yordamida qatlamlarning har turlik uzunlikdagi 
zondlar qo‘llanilib elektr tokining turlicha chuqurliklardan o‘tishiga erishiladi. Bu 
usul yon tomondan elektr zondlash usuli deyiladi. Bu usulda tog‘ jinslarning 
g‘ovakliligi va suyuqlik o‘tkazuvchanligi aniqlanadi. 
Ko‘pincha elektr karotajini o‘z potensiali usuli PS, taxminiy elektr 
qarshiligi KS, issiqlik karotaji, radiaktiv korataj va boshqalar keng tarqalgan. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling