106
o‘lchamli zarrachalari og‘irligi tahlil uchun olingan namunaning massasi bilan
yuvilgandan keyin quritilgan qumli jins namunasi og‘irligi orasidagi farq bo‘yicha
aniqlanadi. Yuvilib havo harorati darajasida quritilgan massasi elaklar jamlamasidan
o‘tkaziladi. Har bir elakda qolgan fraksiyalar maxsus stakanlarga
solib tortiladi va
tahlil natijalari jurnaliga yozib boriladi (6-jadval). Hisob dastlab olingan havo
haroratida quritilgan o‘rtacha namuna og‘irligiga nisbatan protsentda aniqlanadi.
JINSLARNING GRANULAMETRIK TARKIBINI
ELASH USULI YORDAMIDA
OLINGAN NATIJALARINI YOZIB BORISH JADVALI
6-jadval
Elaklar ko‘zlarining
o‘lcham, mmi
Elak jamlamalarida
qolgan
zarrachalar o‘lchami, mm
Ha bir elak jamlamasida
qolgan zarralar
miqdori
10
10 dan katta
g
%
5
5–10
2
2–5
1
1–2
0,5
0,5–1
0,25
0,25–0,5
0,1
0,1–0,25
Elak tagi
0,1 dan kichik
Tahlil uchun olingan namuna o‘rtacha miqdorini aniqlashda o‘rganilayotgan jins
tarkibida bo‘lgan o‘lchami 2 mm dan katta zarralarni ko‘p-ozligiga e’tibor beriladi.
Agar jins tarkibi 2 mm dan katta bo‘lgan o‘lchamli zarralardan tashkil topgan bo‘lsa,
100 g; 10 % gacha 2 mm o‘lchamdan katta bo‘lgan zarralardan tashkil topgan bo‘lsa,
500g; 10 dan 30% gacha 2 mm o‘lchamda katta bo‘lgan zarrachalardan tashkil
topgan bo‘lsa, 1000 g; 30 % dan ortiq 2 mm o‘lchamdan katta bo‘lgan zarrachalardan
tashkil topgan qumli jinslardan kamida 2000 g miqdorda namuna olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: