Qishloq xo`jalik mahsulotlarining kimyoviy xossalari Kimyoviy xossalarning ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 73.91 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi73.91 Kb.
#1524638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qishloq xo`jalik mahsulotlarining kimyoviy xossalarini o`rganish.

Vitamin F yetishmasa xotira pasayishi kuzatiladi, bu vitamin asosan kungaboqar yong`oq va boshqa yog`li maxsulotlar tarkibida ko`p bo`ladi.
9-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Qishloq xo`jalik mahsulotlarining sifat ko`rsatkichlarini aniqlash usullarini o`rganish.

Mashg`ulotning maqsadi: ushbu mashg`ulot yordamida meva va sabzavot maxsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddolar miqdorini aniqlashni o`rganish.


Mashg`ulotni bajarish tartibi: berilgan namunalar assida ular tarkibidagi kraxmal, qant va kislota miqdorini metodikaga ko`ra aniqlash, olingan ma`lumotlarni quyidagi jadvalga bayon etish.
Kerakli jixozlar: meva sabzavot maxsulotlari, saxorometr, tezkor indikator, qirg`ich, kolba, stakan, filtr, pichoq va suv.
Meva va sabzavot maxsulotlari kimyoviy modda miqdori, foizlarda (%) ifodalanadi. Maxsulotlarni sifat ko`rsatkichlarini ikki xil usulda aniqlanadi
Sensorik va Laboratoriya usulida.
Sensorik usul lotincha so`zdan olingan bo`lib “sansus - sezish, tasirlanish” degan ma`noni anglatadi. Bunda maxsulotning ko`rinishi, rangi, hidi va ta`mi aniqlanadi.
Laboratoriya usulida esa maxsulotning kimyoviy tarkiblari urli usullarda aniqlanadi. Misol uchun maxsulot tarkibidagi qant refraktometr, ariometr va saxorometr yordamida aniqlanadi.
Kislotani aniqlash uchun pH indikatori va universal indikator yordamida aniqlanadi.
Kraxmalni aniqlash uchun tortish usuli va gidroliz usulida aniqlanadi.
Saxorometr bu meva va sabzavotlarni qant miqdorini aniqlaydigan uskuna, uning chap tomoni xona xaroratini, o`ng tomoni qand miqdorini ko`rsatadi.
1.1-jadval meva va sabzavotlarning kimyoviy tarkibi



Maxsulot namunalari

Kraxmal miqdori %

Qand miqdori %

Kislota miqdori pH

Izox

1

Olma

-

13

4




2

Uzum

-

24

3.5




3

Kartoshka

18










4

Sabzi

-

90

5




5

Topinambur

-

15

5






Xulosa:
Yuqoridagi jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki olma, uzum, kartoshka, sabzi, topinambur maxsulotlaridan foydalanib bir qator laboratoriya ishlari o`tkazildi va natijalar jadvalda yoritildi demak biz shunday xulosaga kelishimiz mumkinki keltirilgan barcha maxsulotlarda qand va kislotalilik miqdori har – xil bo`lar ekan.

Download 73.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling