Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi
Download 297.68 Kb.
|
11 ma\'ruza OHF G.Mardanova 2022yil (1)
Qon oqish tezligi. Aorta va yirik arteriyalarda qon oqimi yurak qisqarishiga qarab o'zgarib turadi. Qon oqishining o'rtacha chiziqli tezligi aortada 40sm/s. Yurakdan otilib chiqdigan qon miqdori oshganda qon oqishining chiziqli tezligi 100sm/s dan qam oshib ketadi. Qon oqishining o'rtacha tezligi tomirlarning ko'ndalang kesimiga teskari proportsional bo'lganidan (bu tezlik perifirik arteriyalarda ancha past, 20-30sm/s) ayniqsa oxirgi arteriya va arteriolalarda juda kamayib ketadi. Qon oqishining chiziqli tezligi kapillyarda (0,75mm) qon 2,0 - 2,5 soniyada o'tadi.
Kapillyarlardan boshlanadigan venoz tomirlar yurakka yaqinlashar ekan, bir-biriga qo'shilib borgan sari kichiklashib boradi. Shuning uchun qon oqishining chiziqlik tezligi venoz tizimining boshida juda kichik, yurakka yaqinlashgan sari osha boradi va kovak venalarda 20sm/s ni tashkil qiladi. Sistolik, diastolik bosim, puls va o'rtacha bosim. Arteriyalarning asosiy vazifasi qonning kapillyarlardagi uzluksiz harakatini ta'minlash uchun doimiy bosimni hosil qilishdan iborat. Arteriyalardagi bosim (R) yurak qisqarishi natijasida arteriolalar hamda kapillyarlarda qon oqimi uchratadigan qarshilikka (R) bog’liq. Bu bog’lanish oddiy tenglama PQ.R bilan ifodalanadi. Arteriyalardagi qon bosimi doim bir xilda turmaydi. Qon bosimi o'rtacha bir miqdordan ko'tarilib-tushib turadi. Bu o'zgarishlar 3 xil to'lqin shaklida kuzatiladi. Birinchi tartibdagi to'lqinlar hammadan ko'p bo'lib, yurak qisqarishiga bog’liq bo'ladi. Har bir sistola vaqtida ma'lum miqdordagi qon arteriyalarga chiqib, ularning elastik cho'zilishini oshiradi. Qorinchalar sistolasi vaqtida aorta va o'pka arteriyasiga keladigan qonning miqdori ketadigan qon miqdoridan ko'p bo'ladi, shuning uchun ularda qon bosimi ko'tariladi. Diastola vaqtida qorinchalardan arterial tizimga qon chiqishi to'xtaydi. Yirik arteriyalardan qon oqib ketishida davom qiladi, arteriyalarning cho'zilishi kamayadi va qon bosimi pasayadi. Sistola natijasida arteriyalarda bosimning ko'trarilishi sistolik bosimni ifodalaydi. Diastola vaqtida qon bosimining pasayishi esa eng kam yoki diastolik bosimni ifodalaydi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim orasidagi far`q ya'ni bosimning o'zgarish amplitudasi puls bosimi deb ataladi. Puls bosimi yurakka yaqin arteriyalarda eng yuqori bo'lib, yurakdan uzoqlashgan sari pasaya boradi, ya'ni sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq asta-sekin kamayadi. Arteriola va kapillyarlarda qon bosimining puls to'lqinlari yo'q, ularda bosim turg’un bo'ladi, sistola va distola vaqtida o'zgarmaydi. O'racha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim orasidagi miqdor bo'lib, qonning uzluksiz harakat energiyasini ifodalaydi. Markaziy yirik arteriyada o'rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimining yarim yig’indisiga teng. Periferik arteriyalarda o'rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimning uchdan biri yig’indisiga teng. Yosh odamning ko'tariluvchi aortasida sistolik bosim simob ustuning 120 mm ga teng, diastolik bosim esa – 80 mm ni tashkil qiladi. Bunda puls bosimi 40 mm s.u. ga o'rtacha bosim esa 100 mm s.u. ga teng bo'ladi. Aortaning ko'krak kafasidagi va qorin bo'shliqidagi soqalarida qon bosimi sal kamayadi. Arteriyalarning oxirgi tarmoqlarida va arteriolalarida esa qon bosimi keskin pasayadi va arteriolalarning oxirida 30 – 35 mm s.u. ni tashkil qiladi. Qon bosimining egri chiziqida puls to'lqinlaridan tashqari, nafas harakatlariga bog’liq ikkinchi tartibdagi to'lqinlar ham kuzatiladi, shu sababli ularni nafas to'lqinlari deb ataladi, nafas olganda qon bosimi pasayadi, nafas chiqarganda esa ko'tariladi. Qon bosimining egri chiziqida ba'zan uchinchi tartibdagi to'lqinlarni ko'zatish mumkin. Ularning kelib chiqishi tomirlarni harakatga keltiruvchi markaz tonusining o'zgarishiga bog’liq. Download 297.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling