Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi


Tizim qon aylanishining boshqarilishi


Download 297.68 Kb.
bet8/12
Sana06.05.2023
Hajmi297.68 Kb.
#1435527
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11 ma\'ruza OHF G.Mardanova 2022yil (1)

Tizim qon aylanishining boshqarilishi. Yurak va qon tomirlarning asosiy vazifasi qon aylanishini ta'minlab turishga zarur bo'lgan bosim gradientini (farqini) ta'minlashdan iborat. Bunga organizm bir-biriga bog’liq bo'lgan periferik qarshilikni va yurakdan otilib chiqadigan qon miqdorini o'zgartirish yo'li bilan erishadi.
Sharoit o'zgarishlariga qon aylanishining moslashi-shini vujudga kelish tezligiga qarab, 3 guruhga:
1) qisqa muddatli mexanizmlarga;
2) o'rtacha muddatli mexanizmlarga;
3) uzoq davom etuvchi mexanizmlarga bo'lish mumkin.
Qisqa muddatli boshqaruv mexanizmlari. Bu mexanizmlarga asosan reflektor yo'l bilan vujudga keladigan quyidagi reaktsiyalar:
1) baroretseptor reflekslar;
2) xemoretseptor reflekslar;
3) MAT ishemiyaga uchraganda paydo bo'ladigan reflekslar kiradi.
Bu reflekslarning hammasi juda ham tez, ya'ni bir necha lahzada vujudga keladi.
Baroretseptor reflekslar. Ko'krak qafasidagi tomirlar va bo'yin arteriyalari devorida juda ko'plab baroretseptorlar yoki prossororetseptorlar joylashgan. Qon bosimi oshib, tomirlar devori cho'zilganda ular qo'zg’aladi. Eng muhim baroretseptorlarga aorta ravo?i, karotid sinus va o'pka arteriyasi kiradi. Aorta ravoqida joylashgan retseptorlardan markazga intiluvchi chap depressor asab boshlanadi, karotid sinus retseptorlarini til-qalqum asabining tarkibidagi sinokariotid asab MAT bilan bog’laydi.
Baroretseptorlarda hosil bo'lgan afferent impulslar uzunchoq miyaning kardioingibitor va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlariga etib boradi. Bu impulslar simpatik markazlarni tormozlab, parasimpatik markazlarni qo'zgatadi. Natijada tomirlarni toraytiruvchi simpatik tolalar tonusi pasayib, yurak urishi sonlari va kuchi kamayadi.
Baroretseptorlarni me'yoriy arterial bosim ham ta'sirlanib turadi, ulardan MAT ga boradigan impulslar uzluksiz ravishda depressor ta'sir ko'rsatadi. Qon bosimi ko'tarilganda biroretseptorlardan MAT ga intiluvchi impulslar soni oshadi, tomirlarni harakatlantiruvchi markazning tormozlanishi kuchayadi. Natijada tomirlar yana ham kengayadi. Rezistiv tomirlarning kengayishi umumiy periferik qarshilikni kamaytiradi, siqimli tomirlarning kengayishi natijasida tomirlarning siqimini oshishiga olib keladi. Bularning har ikkovi ham qon bosimining pasayishiga olib keladi.

Download 297.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling