Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi
Download 297.68 Kb.
|
11 ma\'ruza OHF G.Mardanova 2022yil (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Venalarda qonning oqish tezligi va bosimi
Kapillyarlarda qon aylanish organizm uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, bir qancha hususiyatlari mavjud. Kapillyarlarda qon aylanishning muhim ahamiyati shundan iboratki kislorod kapillyar devori orqali to’qimalarga o’tadi, karbonad angidrid gazi ham to’qimalardan qonga kapillyar devori orqali o’tadi.
Kapillyarlar shu funktsiyalarni o’tashga mos bo’lib tuzilgandir. Kapillyarlar devori bir qavat yassi hujayralardan iborat. Kapillyarlar devori shunday tuzilganligidan kislorod va karbonat angidrid, har xil moddalar qondan to’qimalarga va to’qimalardan qonga bemalol o’tadi. Kapillyarlarning diametri o’rta xisob bilan 0,008-0,01 mm bo’ladi. Bunday tomirlarning teshigidan faqat eritrotsit o’ta oladi va o’tganda ham biroz yassilanib o’tadi. Bu ham to’qimalarga kislorod o’tishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Odam organizmida kapillyarlarning uzunligi taxminan 100000 km dir. Kapillyarlarda qon oqishini baqaning suzgich pardasida ko’rish mumkin. Tomirlarni toraytiruvchi moddalarga gipofizdan chiqadigan vazopressin katta ahamiyatga ega bo’ladi. Miya ortig’i yoki gipofiz deb ataladigan bu bez markaziy nerv sistemasi ostida bo’lib shu gormonning uzuluksiz ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Venalarda qon harakati umuman qon aylanishining muhim omili hisoblanadi, chunki diastola vaqtida yurakning qonga to'lishi shu omil bilan belgilanadi. Venalarning mushak qavati uncha qalin bo'lmaganidan devori arteriyalar devoriga nisbatan ko'proq cho'ziladi. Shu sababdan venalardagi bosim xatto oz bo'lganda ham, devori ancha cho'ziladi va ularda anchagina qon to'planib qolishi mumkin. Venalarda qonning oqish tezligi va bosimi. Venalarda bosim tez pasayadi. Postkapillyarlarda qon bosimi 20 mm s.u. ga teng bo'lsa, mayda venalarda 12-15 mm s.u. ga teng bo'ladi. Ko'krak qafasida bo'lmagan yirik venalarda bosim 5-6 mm s.u. ga teng, venalarning o'ng bo'lmaga o'tadigan qismida 2–5 mm s.u. teng, nafas olganda bosim nol atrofida bo'ladi. Venoz tizimining boshlanishidagi bosim yurakning qonga baxsh etgan bosim qoldig’dir. Qorinchalarning qisqarishda qonga bergan kinetik energiya qon kapillyarlaridan o'tganidan keyin ham qisman saqlanib holadi. Bu qoldiq bosimdan tashqari, qonning venalar orqali yurakka qaytib kelishida ko'krak qafasining suruvchi ta'siri katta ahamiyatga ega. Nafas olgan paytda ko'krak kafasi kengayadi, ko'krak bo'shlig’ida bosim manfiylashadi (ya'ni atmosfera bosimidan past bo'lib qoladi). Venalar devori yupqa bo'lgani uchun bu manfiy bosim ularga ham tarqaladi, natijada qonning yurak tomon harakati tezlashadi. Demak, venalarning boshlanish qismida bosim 12–15 mm s.u. ni tashkil qilsa, oxirida 2–5 mm s.u. ni tashkil qiladi. Nafas olgan paytda bosim xatto manfiy bo'ladi. Bosimdagi bu farq qonning yurak tomonga harakatini ta'minlovchi dastlabki kuchdir. Skelet mushaklarining ritmik qisqarishlari ham (masalan, yurgandagi, o'tin arralagandagi harakatlar va boshqalar) venalarda qon oqishiga yordam beradi. qisqargan mushak ichidagi va yonidagi venalarni qisib, ulardagi qonni siqib chiqaradi. Venalardagi qopqoqlar siqib chiqarilgan qonni faqat yurak tomon harakat qilishini ta'minlaydi. Periferik venalarda qon oqishining chiziqli tezligi 6-14 sm/s bo'lsa, kavak venalarda 20 sm/s bo'ladi. Venalarda qon oqishini arteriyalarga nisbatan sekinroq bo'lishining sababi shundaki, ularning arteriyalarga qaraganda 2-3 barobar kengligidadir. Download 297.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling