Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi


-rasm. Arteriola-venulali anastomozlar


Download 297.68 Kb.
bet7/12
Sana06.05.2023
Hajmi297.68 Kb.
#1435527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 ma\'ruza OHF G.Mardanova 2022yil (1)

11.1-rasm. Arteriola-venulali anastomozlar.
1-arteriola; 2-venula; 3-arteriol-venulali anastomoz; 4-kapillyarlar; strelkalar bilan qonning yo'nalishi ko'rsatilgan.
Molekulalari yirik bo'lib, kapillyar teshiklaridan o'ta olmaydigan moddalar kapillyar devori orqali pinotsitoz yo'li bilan o'tadi.
Mikrotsirkulyator xavzada filtrlanadigan moddalar almashinuvi. Tomirlardagi va to'qimalararo fazalar o'rtasidagi modda almashinuvini ta'minlovchi ikkinchi mexanizmi filtrlanish va reabsorbtsiyadir. E.Starling nazariyasiga binoan, kapillyarlarning arterial uchidan filtrlanib o'tadigan suyuqlik hajmi va venoz tarafida qayta so'riladigan suyuqlik hajmi o'rtasida dinamik muvozanat saqlanish kerak.
Kapillyarlarda filtrlanish va qayta so'rilishning tezligi quyidagi kuchlarga:
1) kapillyardagi qonning gidrostatik bosimga (Rkkg);
2) to'qimalararo suyuqlikning gidrostatik bosimiga (Rtsg);
3) kapillyardagi qonning onkotik bosimiga (Rkko);
4) to'qimalararo suyuqlikning onkotik bosimiga (Rtsg);
5) kapillyardagi qonning onkotik bosimiga (Rkko);
6) to'qimalararo suyuqlikning onkotik bosimiga (Rtso) va 7) filtrlanish koeffitsientiga (da K) bog’liq. Kapillyardagi bosim va to'qimalardagi onkotik bosim suyuqlikning kapillyardan chiqishini ta'minlaydi, to'qimadagi gidrostatik bosim va qonning onkotik bosimi suyuqlikni to'qimadan qonga o'tkazadi. Bir daqiqalik filtrlanishni quyidagi tenglama yordamida hisoblash mumkin. Agar V musbat chiqsa - filtrlanish manfiy bo'lsa - qayta so'rilish jarayoni sodir bo'ladi. Kapillyarning boshida gidrostatik bosim 30–35 mm s.u. teng bo'lsa, oxirida 15–20 mm s.u. ga teng bo'ladi. Shunday qilib, kapillyardagi o'rtacha bosim 25 mm s.u. ga teng. To'qima suyuqligi bosimini bevosita o'lchash mumkin emas. Bu suyuqlikning bosimi odatda 0-3 mm s.u. ga teng.
Plazmaning onkotik bosimi 25 mm s.u. ga teng, to'qima suyu?ligining onkotik bosimi esa 4, 4 mm s.u. atrofida.
Shularga asoslanib, suyuqlikning kapillyarlar va to'qimalararo bo'shliq o'rtasidagi harakatining soddalashtirilgan chizmasini tuzish mumkin.
Kapillyarning arterial uchida tashqariga qaratilgan 37 mm s.u. ga teng bosim hosil bo'ladi. Unga 28 mm s.u. ga teng va kapillyar ichiga qaratilgan bosim qarshilik qiladi .Shu tarzda samarali filtrlovchi bosim 9 mm s.u. bo'ladi Kapillyarning venoz uchida tashqariga qaratilgan bosim 22 mm s.u. teng samarali reabsorbtsiyani ta'minlovchi bosim esa 6 mm s.u. ni tashkil qiladi.
Demak, filtrlovchi bosim reabsorbtsiyani ta'minlovchi bosimdan yuqori (9 mm s.u. >6 mm s.u.) shuning uchun kapillyarning arterial qismida filtrlangan suyuqlikning faqat 90 % venoz qismida qayta so'riladi. Suyuqlikning 10 % esa to'qimalararo bo'shliqdan limfa bilan chiqib ketadi.
Organizmning hamma kapillyarlari orqali filtrlanadigan suyuqlik miqdori 1 daqiqada 14 ml ni, bir kecha kunduzi 20 litrni tashkil qiladi. Reabsortsiyaning tezligi bir daqiqada 12,5 ml, bir kecha kunduzda 18l ga yaqin, qolgan 2l suyuqlik limfa tomirlariga so'riladi.
Filtrlanishning tezligi qon bosimi oshganda, plazmaning onkotik bosimi pasayganda (gipoproteinemiyada), kapillyarlarning o'tkazuvchanligi oshganda, to'qima suyuqligining osmotik bosimi ko'tarilganda kuchayib, shish paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Mahalliy (regional) qon aylanishining boshqarilishi. Organizmning muayyan qismlarida qon oqimining miqdori, bu miqdorni a'zolarning qonga bo'lgan talabiga moslashuvi asosan tomirlar diametrini o'zgartirish va qon oqimiga q0arshilikni boshqarish yo'li bilan ta'minlanadi. Periferik qon tomirlarda qon o?imining o'zgarishi o'sha joyning o'zida vujudga keladigan (mahalliy) mexanizmlar yordamida, asab va gumoral yo'l bilan ro'yobga chiqadi. Asab va gumoral omillardan boshqa, periferik qon aylanishining metabolik yo'l bilan, o'z-o'zidan boshqarilishini ahamiyati katta.
Qonda kislorodning miqdorini kamayishi periferik tomirlarni (arteriola-larni) kengaytiradi. Tabiiy sharoitda modda almashinuvining va kislorod sarfining kuchayishi a'zolarning faolligi oshganda kuzatiladi. Faolligi oshgan to'qimalarda miqdori ko'payadigan metabolik moddalarning ko'pchiligi, masalan karbonat angidrid, vodorod, piruvat, ADF, AMF, adenozin tomirlarni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega. Ularning ta'siri mikrotsirkulyator tomirlarda yaqqol bilinadi.
Mahalliy qon oqishini boshqarishda ba'zi biologik faol moddalarning masalan, kininlar, gistamin, adrenalin va noradrenalinlarning ahamiyati nihoyatda katta.
Hazm tizimi bezlari qo'zg’alib, shira ishlab chiqara boshlaganda qon tomirlari kengayadi. Bu asosan bez hujayralari ishlab chiqaradigan kininlarning samarasi hisoblanadi. Masalan, bez hujayralari kallikrein, degan enzimni ishlab chiqaradi. Bu enzim plazmaning b-globulinini parchalab, polipeptid kallidin paydo bo'lishiga olib keladi. Kallidin bradikininga aylanadi. Kallidin va bradikinin tomirni sezilarli darajada kengaytirish xususiyatiga ega.
Gistamin asosan teri va shilliq pardalar jarohatlanganda ajaraladi. To'qimalar jarohatlanganda u bazofillar va boshqa hujayralardan ajralib chiqib erkin xolatga o'tadi. Gistamin arteriola va venulalarni kengaytiradi, kapillyarlar devorining o'tkazuvchanligini oshiradi.
Adrenalin va noradrenalin buyrak usti bezlarining mag’iz qismida oz miqdorda uzluksiz ishlab chiqariladi. Bu gormonlar hamma tomirlarning silliq mushaklariga ta'sir qiladi. Noradrenalin asosan tomirlarni toraytiradigan asablarning mediatori sifatida xizmat kilsa, adrenalin ularni kengaytiradigan gormon rolini bajaradi. Buyrak usti bezidan ajraladigan katexolaminlarning 80 % adrenalinga, 20 % noradrenalinga to'g’ri keladi. Vaziyatning turli o'zgarishlari, masalan qo'rqish, g’azablanish va boshqalar katexolaminlarning qonga o'tishini tezlashtiradi. Adrenalin ba'zi tomirlarni toraytirib, ba'zilarini esa, aksincha kengaytiradi. Katexolaminlarning qon tomirlar silliq mushaklariga ta'siridagi farqni qon tomirlarda adrenoretseptorlarning ikki turi, ya'ni b–adrenoretsep-tor va v-adrenoretseptorlar borligi bilan izohlash mumkin. b-retseptorlarning qo'zg’alishi tomir mushaklarining qisqarishiga, tomirning torayishiga olib kelsa, v- retseptorlarning qo'zg’alishi tomirlarni kengaytirishga olib keladi. Noradrenalin ko'proq b-adrenoretseptorlarga, adrenalin esa b- va v–adrenoretseptorlarga ta'sir qiladi. Ko'pchilik qon tomirlarda retseptorlarning ikkala turi ham bor. Ammo ularning nisbati bir xil emas. Agar qon tomirda b-adrenoretseptor ko'proq bo'lsa, adrenalin uni toraytiradi, v-adrenoretseptor ko'p bo'lsa, aksincha kengaytiradi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, v- retsep-torlarning qo'zg’alish bo'sag’asi b-retseptorlarnikiga qaraganda past. Demak, qonda adrenalin mi?dori fiziologik nuqtai nazardan kam bo'lsa, u faqat betta retseptorlarni qo'zg’atib, tomirlarni kengaytiradi. Qonda adrenalin ko'payib ketsa, b-retseptorlar ham qo'zg’aladi, natijada tomirlar torayadi. Bordiyu b- va v-retseptorlar birdan qo'zg’alsa, b-retseptorlarning qo'zg’alish samarasi ustun chiqadi, ya'ni tomir torayadi.
Qon aylanishni boshqarishda mahalliy mexanizmlarning roli katta. Ammo bu mexanizmlarning o'zi qon aylanishini muhitning tez o'zgarishlariga to'la moslashtira olishmaydi. Bunga mahalliy mexanizmlar bilan bir vaqtda markaziy boshqaruv mexanizmlari ishtirok etganidagina erishish mumkin.

Download 297.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling