Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi


Download 297.68 Kb.
bet10/12
Sana06.05.2023
Hajmi297.68 Kb.
#1435527
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11 ma\'ruza OHF G.Mardanova 2022yil (1)

Limfa tomirlari. Gavdamizdagi hujayralar o’rtasidagi suyuqlik bilan to’lgan kichkina kanalchalar bor. Limfa tomirlarining devorlari venalarning devorlariga o’xshaydi. yupqa bo’lib salgina bosilganda tezda pasayadi.
Gavdani turli qismlardagi limfa tomirlari limfa tugunlariga kelib juda ham ingichka tomirlariga bo’linadi. Ular esa yana bir biriga qo’shilib yirik tomirlarni hosil qiladi. Limfa ko’krak limfa orqali venalarga qo’yiladi. Boshning o’ng yarim va o’ng qo’l ko’krakning o’ng yarmidagi organlaridagi boshqa a’zolarimizdagi limfa shu ko’krak limfa yo’liga borib tutashadi. Qon plazmasida qancha tuz bo’lsa, limfada ham o’shancha tuz bo’ladi. Limfa va plazmaning osmatik bosimi deyarli bir xil limfa ham qon kabi ivib qoladi, limfada ham fibrinogen bor. Limfa tarkibida aminokislotalar, glyukoza, yog’ kabi moddalar bor.
Limfa juda sekin harakat qiladi, minutiga 270-300 mm tezlik bilan oqadi. Limfa tomirlari o’z yo’lida yo’g’onlashib tugunni hosil qiladi. Qo’ltiqda, tirsak bo’g’inida, qorin bo’shlig’ida, gavda va taqimda shunday tugunlar to’p-to’p bo’lib joylashadi. Limfa tugunlari organizmni ximoya vositalari ichida juda katta rol o’ynaydi. Limfa tugunlarida limfotsitlar hosil bo’ladi, bular limfaga, so’ngra esa qonga qo’shilib organizmga yuqumlik kasallikni qo’zg’aydigan bakteriyalar kirganda ularni limfa tugunlari ushlab qoladi.
Qon organizm ichki muhitning muhim qismi bo’lib, ko’pgina fiziologik jarayonlarni boshqaradi.
1.Ovqat hazm qilish kanalida suvda erigan holatda ovqatning asosiy qismi bilan boyiydi va uni butun organlarga tarqatadi.
2.O’pkada oksidlanish jarayoni sodir bo’ladi va qon kislorod bilan boyib, butun organ va to’qimalarni kislorod bilan ta’minlaydi.
3.Qon moddalar almashinuvining qoldiq moddalarini ayiruv organlariga olib keladi. Qonning kimyoviy tarkibi, moddalar almashinuvining mahsuli hisoblanadi.
4.Ichki sekretsiya bezlaridan qonga gormonlar tushadi va organ to’qimalari orasida gormonal hamkorlik vujudga keladi.
5. Qonning qon tomirlarda harakatining doimiyligini ta’minlanishi organ va to’qimalarda moddalar almashinuvi natijasida issiqlikni doimiy muvozanatda bo’lishi va temperaturaning doimiyligi natijasidir.
6. Qon ximoya funktsiyasini ham bajaradi, organizmga kirgan bir hujayrali hamda yod moddalarni zararsizlantiradi. Suvda erigan xilma xil ozuqa mahsulotlari qondan hujayralararo va to’qimalararo suyuqliklarga o’tadi, moddalar almashinuvining bir qism mahsulotlari yana qonga qaytadi. hujayralararo va to’qimalararo oraliqda joylashgan suyuqliklar, doimo harakatlanadi va limfa tomirlar sistemasiga tushadi. Bu suyuqlik (limfa) qon plazmasining bir qismini o’zida namoyon qiladi. Limfa harakati tana hujayralariga ozuqa mahsulotlari va kislorodning kelishini ta’minlaydi, moddalar almashinuv mahsulotlarining qoldiqlarini chiqarib tashlaydi.
Qon umumiy tana massasining 8% ini tashkil etib, o’rtacha ayollarda 5 litr, erkaklarda esa 5,5 litr bo’ladi. Qon 3 xil tipdagi maxsus hujayra elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va murakkab suyuq plazmadan iborat.1
Qon qizil rangdagi yopishqoq suyuqlik, sho’rg’imtir ta’mli bo’lib, ikki qismdan iborat: plazma va shaklli elementlar-eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan iborat.
Har bir tur hayvonda qonning miqdori va tarkibi nisbiy doimiy turadi. Qonning miqdori, tuzilishi va shaklli elementlarining miqdori, plazmaning kimyoviy tarkibi har xil hayvonlarda bir xil emas, uning miqdori va tarkibi to’xtovsiz o’zgarib turadi.
Odamda qonning miqdori o’rtacha tana og’irligining 7% (5-9%) tashkil etadi. Odam normal holatda tinch turganda barcha qon ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismi uning umumiy massasini 40-50% tashkil etadi. Butun tananing qon tomirlarida harakatlanadigan-harakatdagi qon, qolgan qismi esa zapasda bo’ladi ya’ni zapas qon hisoblanadi. Zapas qon jigarda, teri osti to’qimalarida, taloq kapillyarlarida bo’lib, harakatdagi qon bilan deyarli aralashmaydi. Tana haroratini oshishi,jismoniy ishlarda, karbonat angidrid gazi bilan nafas olganda, kuchli hayajonlanganda, qonga buyrak usti bezi gormoni-adrenalin kirishi harakatdagi qonning zapas qon xisobiga oshishiga olib keladi. Zapas qon umumiy hajmining 20% jigarda, 16% taloqda va 10% terida to’planadi.
Zapas holdagi qonning ahamiyati shundan iboratki organizm tinch turgan holatda harakatdagi qon miqdori kamayganda zapas qon uning miqdorini to’ldiradi va yurakning ish faoliyatlarini oshiradi. Qon yo’qotilganda, yuqorida qayd qilingan sharoitda (muskulli ishlarda va bosh), harakatdagi qonning sezilarli darajada kamayganda zapas holdagi qon reflektor faoliyatlari natijasida qon o’zanlariga qo’shiladi. Organizmdagi qonlarning umumiy miqdori nisbiy doimiy turadi. Qon tomirlarga qonning o’rnini bosuvchi suyuqlik qo’yish natijasida qonlarning suyuq qismi ko’payib ketganda qon miqdori tezda avvalgi darajaga qaytadi. Kiritilgan suyuqliklarning bir qismi darxol buyrak orqali chiqib ketadi, qolgan ko’pchilik qismi esa avval to’qimalarga o’tadi, so’ng asta-sekin qonga o’tib, buyraklar orqali chiqib ketadi.
Qon yo’qotishda harakatdagi qon miqdorining tezda kamayishi qonning shaklli elementlarini yo’qotishga nisbatan o’ta havfli, u qon bosimining tushib ketishiga olib keladi.
Ko’p miqdordagi qonni sekin yo’qotishga nisbatan kam miqdordagi qonni tez yo’qotish havfli. Butun eritrotsitlarni 3|4 qismini sekin yo’qotish o’limga olib kelmasligi mumkin, arterial qon ketishda umumiy qon miqdorining 1|3-1|2 qismini tez yo’qotish o’limga olib keladi.
Kovakichlilarda va tuban chuvalchanglarda tana hujayralariga oziq moddalarni surilishi va moddalar almashinuvining qoldiq mahsulotlarini chiqarishi o’zidagi suyuqlik-gidrolimfalar orqali amalga oshadi. Ayrim umurtqasizlarda kislorod oqsil mahsulotlarini o’zida saqlaydi. Bo’g’imoyoqlilarda va mollyuskalarda ochiq tomirlarda gemolimfa harakatlanadi, ular tarkibida gidrolimfaga nisbatan ko’proq oqsil va anorganik moddalarni saqlaydi. Gemolimfada qon pigmentlari bo’lib, nafas olish bilan birga qon va limfani funktsiyasini bajaradi.
Qon suyuq qism plazma va undagi shaklli elementlar: eritrotsitlar (qizil qon tanachalari) leykotsitlar (oq qon tanachalari) va qon plastinkasidan (trombotsitlar) iborat. Qon ivishidan saqlovchi modda qo’shilgach probirkaga qo’yib sentrafugalansa shaklli elementlar og’irroq bo’lgani uchun probirka tagiga cho’qadi. Ayni vaqtda qon ikki qavatga ajraladi: shaklli elementlardan tashkil topgan pastki qavat, qizil rangli: qon plazmasidan iborat bo’lgan yuqori qavat tiniq rangsiz yoki och sariq bo’ladi. Leykotsitlar solishtirma og’irligi eritrotsitlarga nisbatan kam bo’lgani uchun eritrotsitlar bilan plazma orasiga joylashib oq rangli yupqa parda hosil qiladi. Odamning qon plazmasida 90-91% suv va 9-10% quruq qoldiq, tashkil etib, undan tashqari oqsil va tuz bo’ladi. Katta odamlar plazmasida oqsil 6,6-8,2% bo’lib, u 4-4,h % albumin , 2,8-3,1% globulin va 0,1-0,4% fibronogendan tashkil topgan. Odamlarda plazmadagi oqsillarning umumiy miqdori yosh o’tgan sari kamayib borishi, oziqlanishiga bog’liq emas, bunda albumin miqdori tushadi, globulin oshadi. Ayollarda globulin miqdori erkaklarga nisbatan bir qancha yuqori bo’ladi. Globulinlar qonning ximoya hususiyatini ta’minlaydi. Globulinga kiruvchi fibrinogen muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, qonning ivishida qatnashadi. U oqsilli ipchalarda hosil bo’ladi.
Qon plazmasida moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari bo’lib, butun oqsillar cho’kma hosil qilgandan keyin, ularni filtr orqali ajratish mumkin. Ularga-mochevina, siydik kislotasi, aminokislotalar, ammiak va boshqalar. Undan tashqari, qon plazmasida-glyukoza sut kislota, yog’ kislotasi bo’ladi. Odam ovqat iste’mol qilgandan keyin, glyukozani miqdori 0,05%. Plazmadagi glyukozaning miqdori 0,05 past bo’lsa, bu (gipoklikemiya). Plazmadagi glyukozaning miqdori 0,2% yuqori va 0,5% past bo’lishi organizm funktsiyasini buzilishiga olib keladi, hayvonlarni o’limga olib keladi.
Tinch turgan vaqtda qondagi sut kislotani miqdori 10-30mg% teng bo’ladi. Uzluksiz jismoniy ish vaqtida bir necha marta oshadi, shuningdek fosfor kislotani miqdori ham oshadi.
Qonda har xil fermentlar mavjud bo’ladi. Ayrimlari faqat plazmada, boshqalari shaklli elementlarda bo’ladi. Plazmada amilaza, shuningdek oksidoza va perioksidoza tashkil qiladi. Plazmani asosiy elementlari (o’rtacha, milligram, protsent). Na-280-350, K-18-20, Ca-9-11, Mg-1-3, Cl-320-360.
Undan tashqari odam qon plazmasida: yod 0,0002-0,013mg%, brom-0,5-1,5mg%. Eritrotsitda Fe ham bor bo’lib, 50-60 mg% tashkil etadi. Qonga boshqa organizm oqsillari kirganda, shu oqsillarni qamrab oluvchi ximoya oqsillari fermentlari-proteaza, o’ziga xos xususiyatlarga ega, ular huddi shu organizmga kirgan oqsillarni qamrab oladi.
Qonning ivishi-suyuq holatdan jelasimon laxtaga aylanishi organizmni qon yo’qotishiga to’sqinlik qiladigan muhim biologik ximoya reaktsiyasidir. Mayda qon tomirlarining jarohatlangan joyida qon laxtasi tromb hosil bo’ladi. U tomirni probka bilan berkitib qon ketishini to’xtatadi. Qonning ivishi xossasi kamayganda hatto kichkina jarohatda ham, bir talay qon oqib, o’lim havfini tug’diradi.
Odam qon tomirida chiqqan qon 3-4 mitnut dan keyin iviy boshlaydi. 5-6 minutdan keyin esa butunlay laxtaga aylanadi. Qon tomirlarining ichki qavati shikastlanganda va qonning ivish xossasi ortganda butun organizmdagi tomirlar ichida ham qon ivib qolishi mumkin. Bu xolda tromb qon tomirining ichida hosil bo’ladi.
Qon ivishi plazmadagi oqsil-fibrinogenning fizik-kimyoviy holatini o’zgari-shiga asoslangan. Fibronogen erigan shakldan erimaydigan shaklga o’tib, fibringa aylanadi va laxta hosil qiladi.
Fibrin uzun ingichka iplar shaklida cho’kib, to’rlar hosil qiladi va to’rlar kovuzloqlarida shaklli elementlar ushlanib qoladi. Tomirdan chiqarilgan qon chilcho’pda aralashtirilsa hosil bo’layotgan fibrinning ko’p qismi chilcho’pda qoladi. Eritrotsitlardan yaxshilab yuvib olingan fibrin oq rangli bo’lib, tola-tola bo’lib turadi.
Shu yo’l bilan fibrindan ajralgan qon fibrinsizlangan qon deb ataladi. U shaklli elementlardan va qon zardobidan iborat. Demak, qon zardobi tarkibida fibrinogen yo’qligi bilan plazmadan farq qiladi.
Qon ivib qolgan probirka bir oz vaqt qo’yib qo’yilsa, qon zardobini laxtadan ajratish mumkin, bunda qon emas, plazmasining o’zi iviydi. Qonni sovuqda sentrofugalash yo’li bilan plazma shaklli elementlardan ajratilsa va keyin plazma 20-35 gradus isitilsa, tezda ivib qoladi.
Odam va hayvonlar qonida uch tip hujayralar:
1) eritrotsitlar (qizil qon tanachalari);
2) leykotsitlar (oq qon tanachalari);
3) trombotsitlar (qon plastinkalari) uchraydi. qonning shaklli elementlari soni, tuzilishi, yetilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Har bir millimetr qon 5 milliard eritrotsit (qizil qon tanachalari) mavjud. 1 mm3 qonda klinik etirtotsitlar miqdori 5 millionni tashkil etadi.2
Qon elementlari asosini eritrotsitlar tashkil etadi. Amfibiyalarda repteliya, baliq va qushlarda eritrotsitlar ovalsimon shaklda bo’lib, yadrodan iborat.
Ko’pgina sutemizuvchilarda, tuya va lamadan tashqari barchasida, yumaloq bo’lib yadrosizdir. Odamda eritrotsitlarning shakli yalpoq bo’lib, ikkala tomoni o’rtasidan ichiga botgan. Bunday shakllarda bo’lish yumaloqqa nisbatan uning yuzasi 1,63 marta katta bo’ladi.
Eritrotsitlar asosan suyak ko’miklarida shakllanadigan o’ziga xos hujayra, keyinchalik yadrosini yo’qotadi va yadrosizga aylanadi, yadrosini yo’qolganligi uchun eritrotsitlar ko’payish hususiyatiga ega emas.
Tashqi po’st-membrana bo’lib, u 4 qavatdan iborat, ularning-har biri o’ziga bir qator molekulalarni biriktirib olgan. Ustki qavat oqsilli bo’lib, uning tashqi fosfolipidli qavat, 3 qavat gidrofob ichkarisida yana oqsil qavat bo’ladi. Ustki oqsil ichki qavatga nisbatan ko’proq uglevoddan iborat. Membrana rangsiz bo’lib, eritrotsitlar hajmini 10% tashkil etadi. Odamdagi eritrotsitlar og’irligining 70-71% suv, qolgan qismi esa zich moddalar bo’lib, shundan 1 mm kub qonda eritrotsitlar soni erkaklarda 5-5,5 mln, ayollarda 4-4,5 mln.
Otlarda 8-10 mln, qoramolda 6 mln, cho’chqada-6-8mln, qo’yda 6-11 mln bo’ladi. Eritrotsitlar soni bilan o’zgarib boradi.
Qoramollarda eritrotsitlar soni yosh bilan kamayib boradi. h-6 yoshga yetganda doimiy bo’ladi.
Odamda eritrotsitlarning hajmi umumiy qon hajmini 40-45% tashkil etadi.
Erkaklarda ayollarga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Butun qon tomirlardagi va ko’mikdagi eritrotsitlar soni 0-eritron deyiladi.

Download 297.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling