Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi
Download 297.68 Kb.
|
11 ma\'ruza OHF G.Mardanova 2022yil (1)
Eritrotsitlar funktsiyasi. Eritrotsitlarni asosiy funktsiyasi o’pkadan O2 yutilib uni to’qima kapillyariga olib borishi va to’qima kapillyarlaridan SO2 o’pkaga olib kelishi. Bu funktsiyalarni yuzaga kelishida eritrotsitlarni yuzasi katta ahamiyatga ega, chunki uning shakli yumaloq shaklga nisbatan ko’proq yuzani egallashi organizm, hujayra O2 tashish vazifasini bajaradi. Eng muhim funktsiyasi-qonlarning aktiv reaktsiyasini saqlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu funktsiyani ham gemoglabin boshqaradi. Eritrotsitlar po’stini anionlar uchun o’tkazuvchanligini va kation hamda gemoglobin uchun o’tmaslik hususiyatini ta’minlaydi. Gemoglabin-ayol-12,1-13,8, erkak-13,3-15,6, 80-120 kun yashaydi.
Leykotsitlar-yadroli va protoplazmali rangsiz hujayralardir. Leykotsitlar qizil ko’mikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo’ladi. 1 mm kub qonda 6000-8000 leykotsit bo’ladi, ularning miqdori o’zgarib turadi, kun bo’yi ham o’zgarishi mumkin. Masalan: ovqat yeganda, jismoniy ish vaqtida, ba’zi kasalliklarda miqdori ancha oshib ketadi. Leykotsitlar 3 xil bo’ladi. 1) Donali yoki granulotsitlar. 2) Donasiz leykotsitlar yoki agronulotsitlar. 3) Monotsitlar. Donali leykotsitlarning boshqa leykotsitlardan farqi shuki, ularning protoplazmasi donador bo’ladi, ular ham o’z navbatida 3 xil bo’ladi. Neytrofillar, eozinofillar va bazofillar, ular qizil ko’mikda ishlanib chiqiladi. Donasiz leykotsitlarga-lifotsitlar kiradi. Ular yirik yadroli, kichkina hujayra bo’lib, ularning yadrosini donasiz protoplazmaning yupqa qavati o’rab turadi. Limfotsitlar bezlarda ishlab chiqiladi. Monotsitlar-yadrosi katta bo’lib protoplazmaning yupqa qavati bilan o’ralgan. Monotsitlar asosan jigar va taloqda ishlab chiqiladi. Leykotsitlar asosan 2-4 kundan, 12-15 kungacha yashaydi. Uning roli qon va to’qimalarga kiruvchi mikroorganizmlardan ximoya qiladi. Ular yolg’on oyoqlar chiqarib amyobalar singari harakatlanadi. Leykotsitlar kapillyarlarning devorlari orqali o’tib, qon tomirdan tashqariga chiqadi va gavdaning hamma sohalariga kiradi. Leykotsitlar mikroorganizmlarga yaqinlashgach soxta oyoq chiqarib uni hamma tomondan o’rab oladi va yutib yuboradi. Yutilgan mikrorganizmlar yemirilib, leykotsitlar protoplazmasida hazm bo’lib ketadi. Organizmga kirgan zararli mikroorganizmlar leykotsitlar tomonidan yutilishi fagotsitoz deb aytiladi. Qon plastinkalari (trombotsitlar). Qon plastinkalari qonlarning shaklli elementlari orasida eng kichigidir. Ular ko’mikda hosil bo’ladi. 1mm kub qonda 300000 dan 400000 qon plastinkasi bor. Ular qonlarning ivishida muhim rol o’ynaydi. Oqayotgan qonlarning ivishida muhim rol o’ynaydi. Oqayotgan qonlarning to’xtalishida trombotsitlardan ajralib chiqqan modda-serotonin katta rol o’ynaydi, u tomirlarni toraytiradi. Jismoniy mehnatda trombotsitozlar miqdori bir necha barobar ko’payadi. Bu xodisalar miogen trombotsitoz deb aytiladi. Trombotsitlarda Fe va Si, shuningdek nafas fermentlari ham topilgan. Qonning ivishi katta biologik ahamiyatga egadir, chunki qonning bu xossalari organizmni bir talay qon yo’qotishdan saqlaydi. Odam qoni organizmdan chiqqanda 3-4 minutda ivib qoladi. Buning sababi shuki, plazmadagi fibronogen erimaydigan shaklga o’tadi. Qonda tayyor trombin bo’lmay uning ta’sir etmaydigan formasi-protrombin bo’ladi. Protrombin tromboplastin ta’siri bilan trombinga aylanadi. Tromboplastin jarohatlarning g’adir-budur yuzasiga qon tekkanda hosil bo’ladi. Qon jarohat chetiga yoki yot jismi yuzaga tekkanda, plazmada kontakt faktori hosil bo’lib, plazma va trombotsitlarda uchraydigan qonning ivishida ishtirok etadigan boshqa faktorlar hamda kaltsiy tuzlari bilan o’zaro ta’sir qiladi. Shuning natijasida tromboplastin hosil bo’ladi. hosil bo’lgan shu tromboplastin plazma va trombotsitlardagi ba’zi faktorlar ishtirokidagi plazmadagi ta’sir ko’rsatmaydigan protrombin bilan o’zaro ta’sir etib kaltsiy tuzlari ishtirokida uning aktiv formada - trombinga aylanadi. Trombin o’z navbatida fibronogenga ta’sir etib, uni fibringa aylantiradi. Fibrinni cho’kmasi tufayli qon ivib qoladi. Qon iviganda fibrin cho’kib qonlarning shaklli elementlarini o’ziga ilashtirib tushadi. Bir necha vaqtdan keyin qon laxtasini siqilish natijasida undan tiniq suyuqlik ajralib chiqadi, shu suyuqlik zardob deyiladi. Zardob qonning fibrinogendan mahrum bo’lgan plazmasidir. Simpatik nerv tizimi qo’zg’alganida qon ivishining tezlashishi adrenalin va noadrealin ta’siriga bog’liq. Uning asosiy, adrenalin qon tomirlar devoridan tromboplastin ajralishini tezlashtirish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, adrenalin tomirlardagi qonning Xageman omilini faollaydi, bu omil esa qon tromboplastning paydo bo’lishini sababchisi hisoblanadi. Adrenalin to’qima lipazalarini faollab, fosfolipidlarning eritrotsitlardan ajralishini yengillashtirib, qonda tromboplastin faolligini oshiradi. Download 297.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling