III. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli o‘rganishni tashkil qilish
8.
|
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli o‘rganish tizimini takomillashtirish.
|
1. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ish rejalariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus bo‘limlar kiritilishini ta’minlash.
|
Muntazam ravishda
|
Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali amalga oshirilishini, erishilgan natijalar, aniqlangan muammolar va kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilish.
|
Muntazam ravishda
|
Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi vazifalar va talablarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
Muntazam ravishda
|
Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |