T/r
|
Ishlarni tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari
|
Amalga oshirish chora-tadbirlari
|
Ijro muddatlari
|
Mas’ullar:
|
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qonunchilik palatasi, Senat, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi
|
I. Ijro intizomini mustahkamlash, tanqidiy tahlil va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish tizimini takomillashtirish
|
1.
|
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalarini quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilash:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat Oliy Majlisiga har yilgi Murojaatidan;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar);
o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” (Konsepsiyalar, Dasturlar).
|
1. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlarini kalendar yilining 1-yanvar holatiga ko‘ra tanqidiy tahlil qilish.
|
Kalendar yilining
10-fevraligacha
|
Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari
|
Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
2. Yakunlarni muhokama qilish va keyingi kalendar yili uchun tizimli vazifalarni belgilash.
|
Kalendar yilining
15-fevraligacha
|
3. Quyidagilarning tegishli qarorlarini qabul qilish:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hay’atlarining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining.
|
Kalendar yilining
15-fevraligacha
|
4. Quyidagilarning shaxsiy mas’uliyati choralarini belgilash va faoliyati natijadorligini baholash:
| | | |
shaharlar va tumanlar hokimlarining;
|
Kalendar yilining
20-fevraligacha
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining takliflari bo‘yicha — Bosh vazir
|
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining;
|
Kalendar yilining 20-fevraligacha
|
—
|
Bosh vazir takliflari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining.
|
Kalendar yilining
1-martigacha
|
—
|
Bosh vazir takliflari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
|
2.
|
Boshqaruv tizimini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalariga muvofiq takomillashtirish.
|
1. Quyidagilarning ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish tizimini takomillashtirish:
Vazirlar Mahkamasining;
|
I yarim yillik uchun — 20-yanvargacha
II yarim yillik uchun — 20-iyulgacha
|
—
|
Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi
|
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning;
|
25-yanvargacha va 25-iyulgacha
|
Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining;
|
25-yanvargacha va 25-iyulgacha
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
shaharlar va tumanlar hokimliklarining.
|
1-fevralgacha va 30-iyulgacha
|
Shaharlar va tumanlar hokimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
2. Quyidagilarning shaxsiy ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish ishlarini doimiy amaliyotga joriy qilish:
| | | |
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining;
|
Har oyda
|
—
|
Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari
|
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlarining;
|
Har chorakda
|
—
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, boshqaruv apparati xodimlarining;
|
Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun
|
Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari, apparat xodimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, hokimliklar mas’ul xodimlarining.
|
Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
3. Erishilgan natijalarni tizimli tahlil qilish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish va keyingi davr uchun tuzatishlar kiritish.
|
Muntazam ravishda
|
Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari va xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
|
3.
|
Tegishli tarmoqlarda, iqtisodiyot va moliya sohalarida rahbar va mutaxassislarning bilimlari darajasini tizimli ravishda oshirish, shuningdek, ularning huquqiy savodxonligini ta’minlash.
|
1. Tavsiya etilayotgan nomzodlarni ularning iqtisodiyot va moliya sohalaridagi maxsus bilimlari darajasini, shuningdek, huquqiy savodxonligini inobatga olgan holda tanlashning qat’iy nazoratini ta’minlash.
|
Muntazam ravishda
Kadrlar zaxirasini tayyorlashda
|
Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari Qoraqalpog‘iston, Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
|
Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari
|
2. Davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilish.
|
2021-yil
1-aprelgacha
|
Adliya vazirligi
|
Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Yuridik ta’minlash boshqarmasi
|
3. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlari hamda mutaxassislarining quyidagilarda o‘qishini va stajirovka o‘tashini tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash:
| | | |
nufuzli xalqaro markazlardagi kurslarda;
|
2021-yil
1-aprelgacha
|
Adliya vazirligi — chaqiriq Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
|
Bosh vazir o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi
|
MDH, ShHT va uzoq xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvi organlari va hukumatlarining markaziy apparatlarida.
|
2021-yil
15-aprelgacha
|
Adliya vazirligi
|
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi
|
4. Quyidagilarning o‘qishi va malaka oshirishini tashkil qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish:
| | | |
Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari: vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;
|
2021-yil
15-aprelgacha
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi
|
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari;
|
2021-yil
1-aprelgacha
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi
|
shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari.
|
2021-yil
1-aprelgacha
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi
|
5. Quyidagi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarining bilim darajasi, huquqiy savodxonligi va ishchanlik malakasini oshirishni tizimli hamda doimiy asosda tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:
| | | |
Davlat boshqaruvi organlari markaziy apparatlari va hududiy bo‘linmalari;
|
2021-yil
1-aprelgacha
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari.
|
2021-yil
1-aprelgacha
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |