Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 0.82 Mb.
bet11/19
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1151943
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
PF-6166 10.02.2021

Tuman va shahar hokimliklari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hokimga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash, ijrosini o‘rganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

6. Tuman va shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, hokim huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish hamda to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.

Har oyda

9. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish.

Zaruratga ko‘ra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1d-ILOVA
Adliya vazirligi va Hisob palatasida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
TARTIBI


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling