Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 0.82 Mb.
bet10/19
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1151943
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
PF-6166 10.02.2021

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbarga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini o‘rganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan Adliya vazirligiga axborot kiritib borish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar sessiyalarida muhokama qilish hamda to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.

Har oyda

9. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

Zaruratga ko‘ra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling