Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Muddatlar
|
| | | | | | |
1-bosqich
| |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi
| |
“Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar deb yuritiladi) elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuborish.
| |
bir kun muddatda, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan
|
| | | | | | |
2-bosqich
| |
Adliya vazirligi
| |
“Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, ulardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash.
| |
hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab bir kun muddatda
|
| | | | | | |
2 (1)-bosqich
| |
Vazirlar Mahkamasi
(Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bo‘yicha)
| |
1. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha kelib tushgan ma’lumotlarni qabul qilish.
2. Vazirlar Mahkamasi apparatida topshiriqlar bo‘yicha mas’ul ijrochini, zarur bo‘lganda vazirlik va idoralarni belgilash.
3. Topshiriqlarni nazoratga olish.
| |
topshiriqlar olingan kundan boshlab bir kun muddatda
|
| | | | | | |
3-bosqich
| |
Mas’ul ijrochilar
| |
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalga oshirish holati va ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi axborotni ilova qilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.
| |
belgilangan muddatlarda
|
| | | | | | |
4-bosqich
| |
Adliya vazirligi
| |
Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi natijalarini ko‘rib chiqish:
a) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish;
b) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
| |
bir kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda besh kun muddatda
|
| | | | | | |
4 (1)-bosqich
| |
Vazirlar Mahkamasi
(Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bo‘yicha)
| |
Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini ko‘rib chiqish:
a) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish;
b) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
| |
rahbariyat tomonidan natijalar tasdiqlangandan keyin bir kun muddatda
|
| | | | | | |
5-bosqich
| |
Hisob palatasi
| |
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini ko‘rib chiqish:
a) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish;
b) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratdan yechish.
| |
uch kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda besh kun muddatda
|
| | | | | | |
6-bosqich
| |
Hisob palatasi
| |
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.
| |
har chorakda
|
| | | | | | |
7-bosqich
| |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi
| |
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
| |
1. Muntazam ravishda
|
| |
2. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).
| |
2. Zarurat bo‘lganda
|