Tarkibiy bo‘linmalar
|
Ijro va nazoratni tashkil etish
|
Bajarish muddati
|
Kanselyariya
|
1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish.
|
Imzolangandan bir soat mobaynida
|
2. Jo‘natish ro‘yxatiga muvofiq barcha ijrochilarga hujjatlarni elektron shaklda yetkazish.
|
3. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun hujjatlarning elektron nusxasini Adliya vazirligiga yuborish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
|
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning vazirlik va idoralarda ijro holatini yillik o‘rganish grafigini tasdiqlash.
|
Har yili yanvar oyida
|
2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarni nazoratdan chiqarish va muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish va tegishli choralarni belgilash.
|
Zaruratga ko‘ra
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritib borish.
|
Zaruratga ko‘ra
|
|