Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 0.82 Mb.
bet4/19
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1151943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
PF-6166 10.02.2021

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Umumiy bo‘limi

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir kotibiyatiga taqdim etish.

Kelib tushgandan bir soat mobaynida

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nusxasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etish.

Kelib tushgandan bir soat mobaynida

4. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tayyorlangan reyestr asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir topshirig‘i bilan birgalikda tegishli vazirlik va idoralarga yetkazish.

Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida

Bosh vazir kotibiyati

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ko‘rib chiqish hamda tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda Bosh vazir topshirig‘i loyihasini tayyorlash.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tayyorlangan topshiriqni Bosh vazirga imzolash uchun kiritish.

Bir kunda ikki marta, zarurat bo‘lganda — darhol

3. Imzolangan topshiriqni ijrosini ta’minlash uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmaga, nusxalarini esa nazoratga olish uchun Bosh vazir kotibiyatining mas’ul bosh mutaxassisiga hamda Nazorat va ijro intizomi bo‘limiga taqdim etish.

Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni umumlashtirish hamda “Ijro.gov.uz” tizimida ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish.

Doimiy

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni Bosh vazir tasdig‘iga kiritish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

6. Bosh vazirning kotibiyati hamda har bir xodimning ish rejasiga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Bosh vazir tomonidan ijro intizomi bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga tegishli tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda materiallar tayyorlash va tashkiliy masalalarni hal qilish.

Har oyda


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling