Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari


Download 0.82 Mb.
bet5/19
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1151943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
PF-6166 10.02.2021

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bilan tanishish va ijrosini tashkil qilish bo‘yicha tegishli tarkibiy bo‘linmalarga topshiriqlar berish.

Kelib tushgandan darhol

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tayyorlangan Bosh vazir topshirig‘i loyihasini ko‘rib chiqish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil qilish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tayyorlangan amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ko‘rib chiqish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Ish rejalarni shakllantirish jarayonida

5. Muddati kechiktirilayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan majlis bayonlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish.

Har oy yakuni bilan

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan majlis bayonlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tayyorlangan materiallarni ko‘rib chiqish.

Har oy yakuni bilan

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini ko‘rib chiqish va Bosh vazirga axborot berish.

Har oy yakuni bilan

9. Ijro intizomi holati yuzasidan tahliliy materiallarni Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga kiritish.

Har chorak yakuni bilan

10. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini ko‘rib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish.

Har chorak yakuni bilan

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomini o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini ko‘rib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish.

Har chorak yakuni bilan

12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari uchun ijro intizomi masalasida o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish.

Grafik asosida

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tarkibiy bo‘linmalarga (ijrochilar kesimida) yetkazish.

Kelib tushgandan bir kun mobaynida

2. Topshiriqlarning bajarilishi holati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar mutaxassislari bilan individual ishlash.

Doimiy

3. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot kiritib borish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazorat qilish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

5. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini o‘rganish.

Ish rejaga muvofiq

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan majlis bayonlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash va Bosh vazirga kiritish.

Har oy yakuni bilan

7. Ijro intizomi holati bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga tahliliy materiallarni tayyorlash.

Har chorak yakuni bilan

8. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash.

Har chorak yakuni bilan

9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish.

O‘rnatilgan tartibda


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling