Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari
|
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbarga axborot berish.
|
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriq tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.
|
Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.
|
Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda
|
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, o‘rganish hamda ijrosi natijalari bo‘yicha yuqori turuvchi davlat organi va tashkilotiga axborot kiritib borish.
|
Belgilangan muddatlarda
|
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
|
Doimiy
|
6. Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.
|
Har chorakda
|
7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.
|
Har hafta juma va dushanba kunlari
|
8. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotiga axborot kiritish.
|
Zaruratga ko‘ra
|
9. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.
|
Grafik asosida
|