Tarkibiy bo‘linmalar
|
Ijro va nazoratni tashkil etish
|
Bajarish muddati
|
Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati mas’ul xodimlari
|
1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbarga axborot berish.
|
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.
|
Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.
|
Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda
|
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, o‘rganish hamda ijro natijalari bo‘yicha Adliya vazirligiga axborot taqdim etish.
|
Belgilangan muddatlarda
|
5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
|
Doimiy
|
6. Davlat organlari va tashkilotlari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.
|
Har chorakda
|
7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.
|
Har hafta juma va dushanba kunlari
|
8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini davlat organlari va tashkilotlarining hay’at majlislarida muhokama qilish hamda to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.
|
Har oyda
|
9. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga axborot kiritish.
|
Zaruratga ko‘ra
|
10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.
|
Grafik asosida
|
|