Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari


Download 0.82 Mb.
bet7/19
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1151943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
PF-6166 10.02.2021

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha Bosh vazir topshirig‘i loyihasini tayyorlash, tegishli tarkibiy bo‘linmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash va tegishli tarkibiy bo‘linmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

3. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari hamda har bir xodimning ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

4. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish:
Vazirlar Mahkamasi apparatida;
davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida.

Belgilangan muddatlarda

5. “Ijro.gov.uz” tizimida Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish:
ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;
ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish.

Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda

6. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot kiritib borish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

7. Topshiriqlar ijrosi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida videokonferens-aloqa tizimi orqali muhokamalar o‘tkazib borish hamda natijasi bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga axborot kiritish.

Har hafta shanba kunlari

8. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ijro intizomi masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan muhokamalar uchun tahliliy materiallar tayyorlash.

Har oy yakuni bilan

9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks o‘rganish.

Grafik asosida

10. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash.

Har oy yakuni bilan

11. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash va Bosh vaziri o‘rinbosari va maslahatchilari suhbatidan o‘tkazish.

O‘rnatilgan tartibda

12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining nazorat va ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish.

Grafik asosida

13. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling