O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari bo‘linmalari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti
|
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlanishini muvofiqlashtirish, har tomonlama puxta ekspertizadan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida taqdimot qilish.
|
Belgilangan muddatlarda
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini o‘rganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borish.
|
Belgilangan muddatlarda
|
Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi
|
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazorat qilish.
|
Doimiy
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
|
Doimiy
|
3. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).
|
Zaruratga ko‘ra
|
4. Bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga tahliliy materiallar kiritish.
|
Zaruratga ko‘ra
|
5. Hisob palatasi xulosasiga asosan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish.
|
Zaruratga ko‘ra
|
6. Davlat organlari va tashkilotlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks o‘rganishlarni tashkil etish.
|
Grafik asosida
|