Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 0.82 Mb.
bet12/19
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1151943
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
PF-6166 10.02.2021

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Adliya vazirligi mas’ul bo‘linmalari va xodimlari

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) o‘z vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib borish va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritib borish.

Doimiy

2. “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash.
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati “paket” tamoyili asosida davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga va Adliya vazirligi hududiy bo‘linmalariga yetkazish. Bunda topshiriqlar bo‘yicha infografika, prezentatsiya, tizer, slayd, strim, tahliliy materiallar va videodarslar tayyorlash.

Kelib tushgandan bir kun muddatda

3. “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish:
ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;
ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish.

Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda

4. Topshiriqlar ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Hukumat Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga materiallarni kiritish.

Har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasigacha

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o‘rganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga taklif kiritish.

Zaruratga ko‘ra

6. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan o‘tkazilgan manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturiga muvofiq

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xodimlari uchun onlayn tarzda “bepul huquqiy maslahat” kurslarini tashkil qilish.

Doimiy

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostidagi ko‘rsatuvlarda muntazam ravishda yoritib borish.

15 kunda bir marta

9. Adliya vazirligi tashabbusi bilan, shu jumladan ijtimoiy sheriklik asosida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni faol jalb etgan holda “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining platformalarida jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish.

Har chorakda


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling