Hisob palatasi mas’ul bo‘linmalari va xodimlari
|
1. “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish:
ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish;
ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish.
|
Uch kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda
|
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilgan takliflar asosliligini o‘rganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.
|
Zaruratga ko‘ra
|
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.
|
Har chorakda
|
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borishda ishtirok etish.
|
Grafik asosida
|