Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
KIRISH Mavzuning dolzarbligi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi “Har qanday ishda ijodkorlikni joriy qilish qobiliyatini tarbiyalash pedagogikaning asoslaridan biri bo‘lib qoladi. Agar ijodiy mehnatga bo‘lgan ehtiyoj shaxsning ajralmas mulkiga aylanmasa, u holda umumiy farovonlik va ish kunining tobora qisqarishi sharoitida odam to‘yish, vayronagarchilik va ruhning falajlanishi xavfi ostida qoladi”. Daniel Andreev. "Dunyo guli" Ijodiy qobiliyatlar maktabgacha yosh davridayoq o‘zini namoyon qila boshlaydi va u bolaning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir korsatadi. Maktabgacha yosh davri – bu o‘yinlar, o‘z-o‘zini bilish, izlanish, ijod qilish, rivojlanish davri. Shaxsiy qobiliyat masalasi esa psixologiya, pedagogika fanlarida eng ko‘p o‘rganiladigan muammolardan biridir. Nafaqat fan doirasida, balki, mamlakat miqyosida ham keng ko‘lamdagi islohotlarga asos bo‘lmoqda. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Quyidagi muhim hujjatlar shular jumlasidan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 – 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori; O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i, “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3032).70 Aytish mumkinki, shaxsning irsiy qobiliyati rivojlanishi masalasi 1960-yillardan boshlab yuqorida keltirilgan fanlar ichida va shu fan doirasida tadqiqot olib boruvchi olimlar tomonidan keng va chuqur o‘rganilib kelinmoqda. Zero, iste’dod insonning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini belgilash, uni kasb-hunarga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixologik va pedagogik ta'limotlarning mohiyatiga ko‘ra, har bir shaxs tug'ilgandan keyin u yoki bu faoliyatni tashkil qilish borasida qobiliyatini namoyon qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, irsiy omillar shaxsning muayyan qobiliyatini shakllantirish va uni rivojlantirishga katta ta'sir qiladi. Biroq, uning keyingi rivojlanishi bevosita ta'lim va tarbiyaning qanday berilishi, uning samaradorligi, bolaga beriladigan e’tibor va natijalariga bog'liqdir. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling