Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Kasbiy kompetensiya – bu bilim
, mahorat va tajriba uzviyligi 
bo‘lib, loyihalash mutaxassis faoliyatini ro‘yobga chiqaruvchi omil 
hisoblanadi. Turli mualliflar tomonidan e’lon qilingan kasbiy 
kompetensiya muammolari to‘g’risidagi ilmiy maqolalarda ijodiy 
izlanish eng asosiy sifatlardan biri ekanligi qayd etiladi. Ayniqsa, 
kasb ta’limi tarbiyachilari uchun bu o‘ta muhim jihat sanaladi 
hamda mutaxassisning kasbiy kompetensiyasida ijodkorlik 
masalasiga alohida urg’u beriladi. Ijodiy dunyoqarash va qo‘rqmay 
ijodiy faoliyat ko‘rsatish, hatto u turmush masalalari bo‘lsa ham; 
«bola» va uning mashg’ulotlari erkin tarzda takomillashib borishini 
chin dildan istashi va uni tashkil etish maqsadi talabaning o‘sishi 
va har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy mas’ullik ana shular 
jumlasidandir 
17

Kompetentlilik – bu koʼpgina ijtimoiy sohalarga va ijtimoiy 
yoʼnalishlarga tegishli boʼlgan muammoli vazifalarni bajarilishidagi 
oʼzlashtirilgan usullar, hayotiy muammolarning hal etilishidagi 
shaxsning butun tajribasidir. Kompetentlilikni insonning 
faoliyatiga jalb etilganlik darajasi sifatida belgilash mumkin. Shu 
sababdan, tarbiyachi pedagogik faoliyatining samarasi koʼp 
jihatdan unda kasbiy mahorat va kompetentlikning tarkib 
topganligi bilan xarakterlanadi. Muvaffaqiyatli faoliyat olib borish 
uchun har bir tarbiyachi kasbiy mahorat va kompetentlikka ega 
boʼlishi zarur.
 
1- rasm. Kasbiy kompetentlikning to‘rt jihati
18
 
Adabiyotlar tahlilini o‘rganib, quyidagilarni keltirishimiz 
mumkin: kasbiy kompetentlik 4 jihatni o‘z ichiga oladi
19
(1-rasm). 
“Mahorat” soʼzi, eng avvalo, oʼz kasbining ustasi, omilkor, oʼz 
ishini biladigan degan maʼnoni anglatadi. Kasbiy mahorat esa taʼlim 
jarayonida pedagogik strategiya, strategik maqsad va vazifalarni 
toʼgʼri belgilash, qarorlar qabul qilish, taʼlim jarayonini 
loyihalashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish, 
taʼlimni boshqarish jarayoniga tizimli yondashuvlarni loyihalash 
texnologiyalarini joriy etish hamda boshqaruv usullari, metodlari 
va tamoyillaridan samarali foydalanishdan iborat kasbiy texnika 
darajasi sifatida tushuniladi.
Bilim 
kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil 
qilgan maʼlumotlari; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. 
Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu 
ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid 
kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi. Voqelik haqidagi 
bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi 
shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu
maʼlumotlarning 
voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli 
boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan 
boʻlishi lozim. Uchta shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim 
darajasiga olib chiqadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling