Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI KOKAND UNIVERSITY HERALD ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА www.herald.uz 94 olimlaridan: N.Аzizxodjaeva, U.Begimqulov, R.D Jo‘raev, F.Zakirova, Sh.Qurbonov, N.Muslimov, B.Ma’murov, Sh.Mardonov, Q.Olimovlar tomonidan olib borilgan. 6 Tadqiqotchi D.Ermakov kompetentlikni quyidagi qator belgilar bilan xarakterlanadigan yaxlit shaxsiy ta’lim berish imkoniyati sifatida baxolaydi: • bilimlar operativligi va mobilligi, har bir aniq vaziyatni uning turli jihatlarini hisobga olgan holda qo‘llash va birlashtirish qobiliyati; • kommunikativlik qobiliyati, faoliyat doirasida boshqa shaxslar bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ya olishi; • o‘zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyati, muayyan faoliyatga oid bo‘lgan yangi qirralarni o‘zlashtirishga intilish. Keltirilgan qobiliyat, sifat va fazilatlarning mavjudligi shaxsning pedagog sifatida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olish mezoni darajasida ekanligi ta’kidlanadi. 7 Jumladan, M.A.Choshanov “Komponentlik – bu nafaqat bilimlarga ega bo‘lish, balki ushbu bilimlarni muntazam rivojlantirib borish, aniq vaziyatlarda qo‘llay olishga intilish, ya’ni, operativ va mobil bilimlarga ega bo‘lish, tanqidiy fikrlash, qulay samarali qaror qabul qilish hamda yolg’onni rad etish qobiliyatiga ega bo‘lishdir, deb ta’kidlaydi 8 . Masalan, E.A.Texanova bo‘lajak pedagogning kasbiy komponentligini tahlil qilar ekan uning bilimi, kasbiy va hayotiy tajribasi, qiziqishlaridan foydalangan holda kasbiy pedagogik faoliyatda uchraydigan real vaziyatlarda yuzaga keladigan muammolarni hal qila olish qobiliyatini ochib beradi. 9 N.Muslimov o‘z ilmiy izlanishlarida oliy ta’limni mazmunan modernizatsiyalashda asosiy vazifa sifatida ta’lim muassasalarida sog’lom ijodiy muhitni yaratish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilg’or innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali o‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, talaba yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi. 10 B.Xodjaev esa ta’limni modernizatsiyalash – bu davlatning ta’lim sohasidagi siyosati asosini tashkil etib, ijtimoiy va umumxalq vazifasi sifatida u yaxlit ta’lim jarayonining barcha tarkibiy qismlariga o‘zgartirishlar, yangiliklar kiritilishidir. Modernizatsiya jarayoni davlat va jamiyat, ta’lim oluvchilar va tarbiyachilar, ota- onalar hamda keng jamoatchilik qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, deb izohlaydi 11 . P.Lutfullaev o‘zining ilmiy izlanishlarida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida sifat va raqobatbardoshlilikni ta’minlash yo‘llari xususida to‘xtalar ekan, globallashuvni oliy ta’limda to‘xtovsiz o‘zgarish va rivojlanishning mahsuli sifatida ta’kidlaydi. Darhaqiqat, mazkur yondashuvlar o‘z mohiyati va ta’sir doirasiga ko‘ra oliy ta’lim tizimidagi akademik va tashkiliy strategiyalarni sifat menejmenti nuqtai nazaridan takomillashtirish, ta’limga kompetentli yondashuvni rivojlantirish, shuningdek kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimida sifat va raqobatbardoshlikni oshirishga, innovatsion menejmentni joriy etishga xizmat qiladi. Ma’lumki, kasbiy kompetentlik tushunchasi odatda muayyan faoliyat doirasida aniq muammolarni hal etish va vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 6 Азизходжаева Н.Н. “Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат”. - Т: 2003. -104 б.; Бегимкулов У.Ш. “Педагогик таълим жараёнларини ахборотлаштиришни ташкил этиш ва бошқариш назарияси ва амалиёти”. Пед. фан. док. ... дисс. -Т.: 2007. - 305 б.; Джўраев Р.Х. 7 Ермаков Д. Компетентность в решении проблем. // Народное образование, №9/2005. -С. 89 8 Маркова А.К. Психология профессионализма. - М.: Международный гуманитарный фонд «Знание», 1996. -С.218. 9 Дружилов С.А. Профессиональная компетентность и профессионализм педагога: психологический подход. // Сибирь. Философия. Образование. Научно-публицистический альманах: Со РАО, ИПК, Новокузнецк, 2005. -С.90. 10 Муслимов Н.А. ва бошқалар. “Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси”. / Монография. – Т.: “Фан ва технология” нашриёти, 2013. 11 4 Ходжаев Б. “Умумтаълим мактаби ўқувчиларида тадрижий тафаккурни ривожлантиришнинг модернизациялашган дидактик таъминоти”: Пед. фан. док. … дисс. – Т.: 2016. – 169 б malakalar, shuningdek zaruriy tayyorgarlik darajasini ifodalovchi ijtimoiy-kasbiy mavqeni xarakterlaydi 12 ,- deb aytib o‘tadi. K.J.Risqulovaning fikriga ko‘ra, “Kompetensiya” u yoki bu kasb egasiga zarur bo‘lgan kasbiy qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik me’yorlar yig’indisini anglatadi. Kompetentlik esa – shaxs amaliy faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, kompetensiya me’yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir. Kompetentlikning asosiy mezoni samarali faoliyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bilan belgilanadi”. 13 Ilxamova I.N. ijtimoiy-madaniy kompetensiya xalqaro tilshunoslik, ijtimoiy-lingvistik va madaniyatshunoslik kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi, - deb hisoblaydi. Nazariy jihatidan, kompetentsiya – bu ma’lum bir sohada samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan va o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo‘lgan shaxsning turli layoqatlari va xususiyatlarining yig’indisidir 14 , deb fikr bildirgan. I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: Pedagogik mahorat deganda tarbiyachining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbi malaka va ko‘nikmalarini mukammal egallashi 15 , o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”,- deb ta’kidlagan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling