Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
45
nanotexnologiya mutaxassislarini yetishtirish uchun zarur muhit 
yaratamiz. Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va 
muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta’lim va 
tajribaga ega bo‘lishadi. 
Ushbu 
texnologiya 
integratsiyalashgan 
ta’lim 
hisoblanib, STEAM ta’limi o‘quvchilarga nazariyani amalda 
qanday qo‘llashni tushunishga yordam beruvchi, aralash 
muhitni nazarda tutadigan ta’lim hisoblanadi. Ushbu dastur 
bo‘yicha talabalar, matematika va fizika, tabiiy fanlar va san’at 
bilan bir qatorda olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash va 
hattoki robotlarini ishlab chiqishlari ham mumkin bo‘ladi. 
Darslarda maxsus texnologik uskunalardan foydalaniladi. 
Ushbu nazariyada ilk yoshdagi bolalarni Maktab ta’limiga 
samarali 
tayyorlashda 
yordam 
beruvchi 
va 
tarbiyalanuvchilarning 
rivojlanish 
jarayonlarini 
zamonga 
hamnafas holda olib borishda yordam beruvchi amaliyotni 
tashkil etish, erta bolalik davrida STEAM ta’limi kabi 
rivojlanayotgan fanlardan foydalanish orqali bolani aqliy va 
jismoniy rivojlantirishga yordam beradi. 
Fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika 
fanlari asosida vujudga kelgan STEAM texnologiyasining 
mazmuni barcha rivojlanish sohalarini qamrab oluvchi va 
oʻquvchilarni 
real 
hayotga 
tarbiyalashga 
asoslangan, 
muammolarni hal qilishga undaydigan fanlararo taʼlim tizimining 
o‘ziga xos usuli hisoblanadi. Bu texnologiyaning mazmuni 
barcha rivojlanish sohalarini qamrab oluvchi va bola shaxsini 
hayotga tarbiyalashda foydalanishga asoslangan holda 
muammolarni hal qilishga undaydigan fanlararo taʼlim tizimining 
o‘ziga xos usulidir. Yondashuv kuchli bilim malakalarini 
o‘zlashtirish va bolalarni kelajakda zamonaviy sohalariga jalb 
qilishda yordam berishi maqsad qilingan. Ushbu yondashuv 
kuchli bilim malakalarini o‘zlashtirishga yordam berishi va 
bolalarni kelajakda zamonaviy sohalarga jalb qilishda asos bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. 
Ushbu tadqiqot davomida Maktabgacha 
Ta’lim 
Tashkilotlarida 
mashg‘ulot 
jarayonlarida 
STEAMning 
pedagogikaga bo‘lgan yondashuvlari kontsepsiyasi, tushunishi 
va baholashi hamda tarbiyalanuvchilarning STEAM fanlariga 
bo‘lgan qobiliyatlarini aniqlash va vujudga kelgan muammo va 
kamchiliklarni o‘rganishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni 5-moddasida tariflab o‘tilganidek: “Maktabgacha ta’lim 
va tarbiya – bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, 
ma’naviy-axloqiy, yetuk, estetik va jismoniy jihatdan 
rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga 
tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va 
tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni 
boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham 
nazarda tutadi”. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish 
tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 
Yuqorida keltirilgan qonunning amaliy tasdig‘i sifatida 
STEAMning maqsadi - o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish 
hamda ularni fan, texnologiya, muhandislik, matematika va 
san’at kabi fanlardan olgan bilimlarini samarali qo‘llashga 
o‘rgatishdan iborat hisoblanadi va maktabgacha ta’lim tizimida 
bu texnologiyadan foydalanish, jarayonning muvofiqlashishida 
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Shu o‘rinda, Maktabgacha Ta’lim Tizimiga qamrab 
olinayotgan bolalarga sifatli ta’lim berish, ularning kelajakda 
sifatli kadr qilib tarbiyalash va hozirda rivojlanib borayotgan 
sohalar – tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik, san’at va 
matematika fanlariga bolalarni ilk yoshidan o‘rgatish va ularni 
zamon talabiga mos kadr qilib ulg‘aytirib borish bugunning 
dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu o‘rinda Ta’lim tizimi 
rivojlangan davlatlar modulidan foydalangan holda kelajak 
avlodga bilim va malaka berish uchun, eng avvalo qulay muhit 
yaratish, pedagoglar malakasini oshirish va bu sohada ularga 
4 From STEM to STEAM Brain-Compatible Strategies and Lessons 
That Integrate the Arts Second Edition David A. Sousa Tom Pilecki
tajriba ulashish olib borgan tadqiqotimizning maqsadi 
hisoblanadi. 
STEAM amaliyotlarini joriy etishda duch keladigan 
qiyinchiliklarni yengishda yordam berishi mumkin bo‘lgan 
qo‘llab-quvvatlash turlari, xususan erta yoshdagi bolalarning 
ota-onasi, pedagog va boshqa soha vakillarining nuqtai nazarini 
ko‘rib chiqadi. Ayniqsa, erta bolalik davrida STEAM yondashuvi 
bolalarning matematika va aniq fanlarga oid bilimlar asosini 
yaratishga yordam beradigan vosita sifatida targ‘ib qilinmoqda, 
bunda san’atdan foydalanib, bolalar o‘z g‘oyalarini ifodalashda 
turli ijodiy usullardan foydalanishi mumkin
4

STEAM bolalarni yangi narsalarni yaratishni o‘rganishga 
undaydi, bunda tanish narsalarni yangicha ko‘rish, narsalarni 
noan’anaviy usullar bilan birlashtirish va mustaqil ravishda erkin 
fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi. Global raqobat nuqtai 
nazaridan, Qo‘shma Shtatlar matematika va tabiiy fanlardan 
bilimlarni egallash bo‘yicha oldingi o‘rinni egallagan va shu 
o‘rinda ta’limni tashkil etishda urg‘uni STEAM texnologiyasiga 
qaratadi. 
Bundan 
tashqari, 
umummilliy 
standartlarga 
asoslangan ta’limga e’tibor, ta’limning barcha sohalarida, shu 
jumladan kichik yoshdagi bolalar uchun guruhda kuchli e’tiborni 
talab qiladi
5

Maktabgacha ta’lim muassasalarida texnologiyalarning 
ortib borayotganligi bilan bir qatorda, maktabgacha ta’lim 
tizimida tarbiya va ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida 
san’at, gumanitar fanlar va dizayn sohalarini qamrab oluvchi 
STEAMni olib kirish zarur. STEAM, ayniqsa bolalar uchun mos 
bo‘lgan ta’lim strategiyalarini konseptsiyalash va amalga 
oshirish uchun asos yaratadi. Yosh bolalar dunyoni cheksiz 
imkoniyatlar bilan to‘la, deb bilishadi. Bu fikrlash yigirma birinchi 
asr uchun zarur deb e’tirof etilgan ko‘nikmalar va barcha bolalar 
ayniqsa bo‘lajak olimlar, matematiklar va muhandislar uchun 
muhum. Bundan tashqari, san’at innovatsiyalar uchun zarur 
bo‘lgan ijodkorlikni rag‘batlantiradi. 
Kelajakdagi mehnat unumdorligi va farovonligi, 
texnologiya va san’atdagi innovatsion fikrlashni egallashga, 
shuningdek, fan, muhandislik va matematika fanlarini chuqur 
tushunishga ulkan imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, 
bolalar STEAM dasturidan kichik yoshdagi bolalarni fan, 
matematika, muhandislik va texnologiya bo‘yicha kashfiyot, 
rivojlanishga o‘rgatishda foydalanishni boshlaydilar. 
Ko‘proq zamonaviy fanlar texnologiya, muhandislik va 
matematika xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun 
boshlang‘ich va o‘rta sinflarda STEAM o‘quv dasturi va 
pedagogikasini maktab va maktabgacha ta’limda integratsiya 
qilmoqdalar. STEAM savodxonligi fan, texnologiya, muhandislik 
va matematikaning zamonaviy jamiyatdagi rolini tushunish, har 
bir sohadan fundamental tushunchalar bilan tanishish, asosiy 
dastur malakasi (masalan, yangiliklar hisobotidagi ilmiy yoki 
muhandislik 
mazmunini 
tanqidiy 
baholash, 
umumiy 
texnologiyalarning asosiy muammolarini bartaraf etish va 
kundalik hayot bilan bog‘liq asosiy matematik operatsiyalarni 
bajarish qobiliyati). Maktablarda STEAM asosida Iqtisodiyot 
sohalariga o‘z hissasini qo‘shadigan o‘quvchilarni muvaffaqiyatli 
yetishtirishi mumkin. O‘quvchilarning STEAM salohiyatidan 
to‘liq foydalanish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
STEAM ta’limini ratsionalizatsiya qilishlari va o‘qitish 
pedagogikasini takomillashtirishlari kerak.
Muhandislik dizaynini o‘rganish - bu bolalardan 
muammolarni hal qilish uchun kontent bilimlarini qo‘llashni talab 
qiladigan loyihaga asoslangan yondashuvdan foydalangan 
holda mavzularni integratsiyalashning bir usuli bo‘lgan STEAM 
pedagogikasining asosi sifatida qaralgan. 
2000-yillarning boshidan boshlab Qo‘shma Shtatlardagi 
K-12 tizimi va o‘rta ta’limdan keyingi ta’lim samarali o‘rganish 
modeli, sinf amaliyotlari to‘plami va ma'lumotlar to‘plami sifatida 
STEAga tobora ko‘proq e’tibor qaratilib kelinmoqda. STEAM 
dasturining maqsadi oʻzining koʻp koʻrinishlarida mustahkam 
5 Myint Swe Khine • Shaljan Areepattamannil Editors STEAM 
Education Theory and Practice



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling