Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOT 
JARAYONLARIDA STEAM TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH 
Ahmadjonova Gulshoda
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 6 
DOI: https://doi.org/10.54613/001206 
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mashg‘ulotlar jarayonlarida STEAM 
texnologiyasidan foydalanishning samarali usul va metodlari, ushbu metodning o‘ziga xos 
xususiyatlari atroflicha tadqiq etilgan bo‘lib, STEAM metodini maktabgacha ta’lim tizmida 
joriy etishning ilmiy va uslubiy jihatlari o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga 
mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash yuzasidan tadqiqot ishida yoritib berilgan. Jahon ta’lim 
tizimida yuqori natijalarni qayd etgan STEAM texnologiyasini maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida ta’lim jarayonida qo‘llash O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni komil 
shaxs va raqobatbardosh kadr sifatida ulg‘aytirish, ularni zamonaviy kasblarning mutaxassisi 
etib tarbiyalash yo‘lida muhim bo‘lgan vazifalarni amalga oshirish, muammolarni o‘rganish 
va ularga yechim topishdan iborat tadqiqot jarayoni ochib berilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
STEAM, 
STEM, 
zamonaviy 
ta’lim 
texnologiyalari, maktabgacha ta’limda 
texnologiyalar, 
bolalik 
davri, 
maktabgacha ta’lim tashkiloti, MTTda 
STEAM.
 
 
 
KIRISH
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim 
va tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar, xususan xorij tajribasining nazariy asoslarini 
o‘rganish va amaliyotga joriy qilish ta’lim tizimini yana bir 
pog‘ona rivojlantirishning muhim tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. 
Globallashuv jadallik bilan butun dunyo xalqlarini o‘ziga 
tobora tortmoqda. Bu jarayonda dunyo xalqlarining ijobiy va 
salbiy urf-odat, yurish-turish, tutimlari bilan birgalikda fan-
texnika sohasida erishilayotgan yutuqlari ham bir davlatdan 
ikkinchisiga o‘tib tobora ommalashmoqda. Ayniqsa, bugungi 
XXI – raqamli texnologiyalar asrida globallashuv ilm-fan, texnika 
sohasining asosiy drayveri bo‘lib xizmat qilmoqda. Har bir 
sohada bo‘lgani kabi yetuk kadrlarga talab ham o‘zgarib 
boryapti. Kelajak avlod kadrlarini tayyorlashda STEAM 
texnologiyalarini bilish talabi tobora ortib bormoqda. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yildan buyon STEAM 
– kasblarga bo‘lgan talab darajasi 17 % ga oshdi, oddiy kasblarga 
bo‘lgan talab esa faqat 9,8 % ga ortdi, bu esa butun dunyo 
bo‘ylab ushbu ta’lim tizimiga bo‘lgan talabning ortib 
borayotganini ko‘rsatadi
1

Bugungi kunda Yevropa, Osiyo, Janubiy va Shimoliy 
Amerika, Avstraliya kabi dunyoning barcha qit’alari bo‘ylab jami 
43 ta davlatda ta’lim jarayonlarida STEAM texnologiyasidan 
foydalaniladi
2

Dastlab STEAM Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab 
chiqilgan. Bu nazariya va amaliyotni birlashtirish natijasi 
hisoblanadi. 
STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi - 
Massachusets Texnologiya Institutida ishlab chiqilgan. (MIT)
3

Institutning shiori «Mens et Manus» (Aql va qo‘l). Massachusets 
texnologiya instituti bolalarga bu tushunchani oldindan 
o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM 
kurslarini ishlab chiqdi va ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM 
o‘quv markazlarini yaratdi. 
Jumladan, STEAM (S – fan, T – texnologiya, E – 
muhandislik, A – san’at, M – matematika) - ilm-fan, texnologiya, 
muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy 
yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va 
ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: 

Muammolarni anglay olish; 

Ijodiy fikrlash; 

Muhandislik yondashuv; 

Tanqidiy fikrlash; 

Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash; 
1
https://www.wermac.org/steam/steam_part2.html
  
2 What are the other 43 countries that Steam is avaiable in? 
https://steamcommunity.com/discussions/forum/0/13551145587379
5707/
 

Dizayn asoslarini tushunish. 
Dastavval mutaxassislar maktablar bitiruvchilarining 
qiziqishlarini inobatga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va 
matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi. Shundan 
so‘ng STEM tizim sifatida shakllandi. Lekin keyinchalik bu San’at 
atamasi (art) bilan boyitiladi va endilikda STEAM deb ataladigan 
texnologiya paydo bo‘ldi. 
O‘qituvchilar ushbu fanlardagi bilimlar kelajakda 
o‘quvchilarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga 
yordam beradi, deb hisoblashadi. Demak, bolalar o‘zlari qiziqqan 
fanlar orqali yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol 
amaliyotda qo‘llashadi. 
Agar biz An’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni 
o‘rgatish va ulardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb 
aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy 
ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab 
o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni 
amalda qo‘llash imkoniyatini beradi. 
STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini 
yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish 
metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir 
vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), 
muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika 
(Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha 
emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish 
tizimidir. STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari 
Cambridge University Press, shu jumladan Oxford University 
Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan chop 
etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy 
afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, 
oʻquvchilarda tegishli zamonaviy bilim va koʻnikmalarni 
shakllantirishga urgʻu berishdir. Oʻquvchilarga mazkur fanlarni 
oʻqitishda malakali mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda, 
xorijlik oʻqituvchilar ham hamkorlikda saboq beradilar. Yuqori 
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga yollashda mazkur 
yoʻnalishda koʻp yillik tajribaga ega Teachaway (Kanada) va TIC 
Recruitment‖ 
(Buyuk 
Britaniya) 
kompaniyalari 
bilan 
hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda, 
xususan O‘zbekistonda muhandislar va elektron texnologiyali 
ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori. 
Biz STEAMni ta’limda qo‘llash orqali texnologiya va yuqori 
texnologiyali ishlab chiqarish bilan birgalikda tabiiy fanlar bilan 
bog‘liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘lamiz, ayniqsa bio va 
3
https://iaac.net/educational-programmes/masters-
programmes/master-in-robotics-and-advanced-construction-
mrac/?gclid=EAIaIQobChMI0Kil4Izw9wIVFmAYCh21-
QLUEAAYASAAEgLHF_D_BwE

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling