Qorin aortasi va uning magistral tarmoqlari kasalliklari


Download 160.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana29.01.2023
Hajmi160.04 Kb.
#1138353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - Nazariy materiallar (2)

Klinikasi. Arterial o‘zagining aorta-yonbosh segmenti zararlanganda oyoq 
ishemiyasi klinik manzarasi rivojlanishiga faqat 3 ta omil sabab bo‘lishi 
mumkin: 1) aorta ateromatoz pilakchalari yaraga uchrab, distal o‘zanning 
ateromatoz emboliyasi; 2) terminal aorta va umumiy yonbosh arteriyalarining 
trombozi; 3) oyoqlar distal bo‘limlari (son va taqim segmentlari) birgalikda 
aterosklerotik zararlanishi. Xuddi shu «ko‘p qavatli» aterosklerotik zararlanish 
zo‘riqish ishemiyasi manzarasi, so‘ngra tinchlikdagi oyoq ishemiyasi avj 
olishiga olib keladi. Bu jarayon oyoqlarning ro‘yrost trofik o‘zgarishlari bilan, 
gangrena rivojlanishi bilan tugallanadi. Oyoqlarning klinik yuzaga chiqadigan 
ishemiyasi qorin aortasi terminal bo‘limining to‘liq okklyuziyasida yoki 
aorta-yonbosh segment stenozida paydo bo‘ladi. 
Qorin aortasi stenozlovchi zararlanishlarining klinik manzarasi joylashgan 
o‘rniga, uzunligiga, kollateral qon aylanishi avj olishiga va kasallikning qachon 
boshlanganiga bog‘liq va chanoq organlari, dumba va oyoq muskullarida 
ishemiya avj olishi bilan aloqador bo‘ladi. 
Bemorlar yurganda birinchi galda boldir muskullaridagi og‘riqdan 
noliydilar. Og‘riq tekis joydan yurganda to‘satdan paydo bo‘ladi va tez o‘tib 
ketmaydi. Bemor to‘xtab qolishga majbur bo‘ladi. Toqqa ko‘tirilganda yoki 
zinapoyadan chiqilganda og‘riq tezrok paydo bo‘ladi. Qorin aortasi zararlangan 
bemorlarning amalda qariyb 90 foizi oqsoqlanib qolganliklari sababli vrachga 
murojaat qiladilar. Aorta okklyuziyalarida ishemik og‘riqlar asosan dumba 
muskullarida, boldir va son muskullarida (aksariyat orqa va lateral satxi bo‘ylab) 
xarakat vaqtida paydo bo‘ladi. Erta bosqichda oqsoqlanishning bu turi dumbalar 
soxasida va sonlarning orqa yuzasida tortishish ko‘rinishidagi og‘riq sezgilari 
yuzaga kelishidan iborat bo‘ladi. Vrachlar ko‘pincha buni bel-dumgaza 
radikuliti yoki kuymich nervi yallig‘lanishi deb hisoblaydilar. Ayrim bemorlar 
chanoq tubi mushaklarining arterial yetishmovchiligi simptomlarini - 
sfinkterdan bo‘ladigan oqsoqlikni qayd qiladilar. Bemorlar odimlashdagi 
og‘riqdan tashqari oyoq uvishishi, sovqotishini qayd qiladilar. Bundan tashqari, 
oyoqlardagi tuklar to‘kilib, oyoq barmoqlaridagi tirnoqlar sekin o‘sadi. 
Qorin aortasi okklyuziyalovchi kasalliklarining ikkinchi klassik simptomi 
jinsiy ojizlik hisoblanadi. Qorin aortasi okklyuziyasida bu simptom 53,7% 
bemorlarda aniqlanadi. Jinsiy maylsizlik kelib chiqishida chanoq organi 
ishemiyasi bilan birga surunkali arterial spinal yetishmovchilik muhim o‘rin 


tutadi. 
Ko‘zdan kechirilganda oyoq mushaklarining oz-moz gipotrofikligi ma'lum 
bo‘ladi. Bemorlarning yarmida teri katlamlari, ayniksa oyoq panjasining ranggi 
o‘zgargan - sianoz, shish va giperemiya. 
Paypaslab ko‘rish panjalarning ikkala arteriyalarida (panjaning orqa 
arteriyasi va orqa katta boldir arteriyasi) pulsatsiya yo‘qligini topishga yordam 
beradi. Odatta taqim arteriyasida ham pulsatsiya bo‘lmaydi. Ko‘proq 
zararlangan tomondagi son arteriyasida ham odatda pulsatsiya bo‘lmaydi. Ayni 
vaqti - boshqa periferik arteriyalarning pulsatsiyasini ham aniqlash shart. 
Auskultatsiya qorin aortasi zararlanishining eng muhim diagnostik belgisi - 
sistolik shovqinni topishga imkon beradi, u ko‘proq son arteriyalari ustida 
eshitiladi. Bemorlarning deyarli uchdan bir qismida sistolik shovqin qorin 
aortasining naqt tepasida aniqlanadi. Bu shovqin aksariyat stenozlangan tomir 
ustida eshitiladi, okklyuziyalangan arteriya ustida u bo‘lmasligi mumkin. Qorin 
aortasi zararlanganda oyoqlardagi arterial bosim aniqlanmaydi yoki keskin 
pasaygan bo‘ladi. Bemor qorni bosib yotganida arterial bosimni aniqlash uchun 
manjetkani soniga qo‘yiladi va stetoskop bilan taqim arteriyasi eshitib ko‘riladi. 

Download 160.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling