Qorin aortasi va uning magistral tarmoqlari kasalliklari
Download 160.04 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
QORIN AORTASI VA UNING MAGISTRAL TARMOQLARI KASALLIKLARI «Lerish sindromi» atamasi klinik amaliyotda qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalarning stenozlaydigan va okklyuziya qiladigan zararlanishlari natijasidagi buzilishlar yig‘indisini ifodalashda ishlatiladi. Bu sindrom klinik manzarasini birinchi marta 1923 yilda fransuz xirurgi Rene Lerish batafsil tasvirlagan. Bu kasallik patologik anatomik tekshirishlarda 0,14% xollarda uchraydi (Felson, 1954). Bu kasallikda GFR da yiliga qariyb 30 ming, AQSh da esa 37 ming rekonstruktiv tomir operatsiyalari bajariladi. Bemorlarning taxminan 25 foizida konservativ davolash ikkala oyoqni amputatsiya qilish bilan tugallanadi. Umr ko‘rish va oyoq holati prognozi jiddiy: kasallikning dastlabki simptomlari paydo bo‘lgandan 8 yil o‘tgach, bemorlarning uchdan bir qismi nobud bo‘ladi, bunda ularning yarmida gangrena sababli oyoqlari amputatsiya qilinadi, uchdan ikki qismidan amputatsiya birmuncha keyingi davrda qilinadi, qolgan uchdan bir qismida oyoq holati yomonlashib boradi. Etiologiyasi. Qorin aortasi va yonbosh arteriyalarining stenozlaydigan zararlanishlari tug‘ma va orttirilgan kasalliklardan yuz berishi mumkin. Tug‘ma kasalliklarga aorta qorin bo‘limi gipoplaziyasi yoki atreziyasini kiritish lozim. Kasallik ham yallig‘lanish bo‘lmaydigan, ham orttirilgan yallig‘lanish kasalliklaridan kelib chiqishi extimol. Aortaning yallig‘lanishga aloqador bo‘lmagan kasalliklari orasida ateroskleroz ko‘p uchraydi (70-85%). Aortaning yallig‘lanish kasalliklari orasida uning stenoziga - zaxm aortiti, infeksion arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aorta-arteriit sabab bo‘lishi mumkin. Qorin aortasining okklyuziyalovchi kasalliklari klassifikatsiyasi jarayonning joylashuvi va turini hamda ishemiya manzarasining qandayligini hisobga olgan holda etiologik prinsip -bo‘yicha tuziladi. Etiologiyasi bo‘yicha qorin aortasi zararlanishi orttirilgan (ateroskleroz, nospetsifik aorta-arteriit, endarteriit, postembolik okklyuziya, shikast oqibatlari va b.) va tug‘ma (gipoplaziya, aplaziya, fibroz-mushak displaziyasi) turlarga bo‘linadi. Qorin aortasining stenotik zararlanishi yonbosh arteriyalarning bir yoki ikki tomonlama zararlanishi bilan o‘tishi mumkin. So‘nggi xili tipik Lerish sindromi hisoblanadi. Arteriyalarning zararlanish darajasi (stenoz yoki okklyuziya) va distal tomir o‘zani holati, xususan son-taqim zonasida okklyuziya borligi va boldir arteriyalari okklyuziyalari borligini aniqlash muhim. Son arteriyalari okklyuziyasida asosiy kollateral sifatidagi son chuqur arteriyasining o‘tkazuvchanligi muhim ahamiyatga ega. Ishemik sindromning yuzaga chiqqanligiga ko‘ra kasallikning 4 bosqichi farq, qilinadi. I bosqichda oyoqda og‘riq, zo‘r jismoniy harakatda, masalan, 1 kmdan ko‘p masofa bosib o‘tilganda paydo bo‘ladi. Ishemiyaning II bosqichida og‘riq, kamroq yo‘l yurilganda vujudga keladi. 200 metrlik masofa shartli mezon qilib olingan. Agar bemor odatdagicha odimlab 200 m dan ortiq masofani og‘riqsiz bosib o‘tsa, uning holatini ishemiyaning II «A» bosqichi sifatida belgilaydilar. Agar normal odimlashda 200 m yurilmasdan og‘riq paydo bo‘lsa, bu - ishemiyaning II «B» bosqichi hisoblanadi. Tinch turilganda yoki 25 m dan kam yurilganda og‘riq tursa, bu - ishemiyaning III bosqichi sifatida qaraladi. Ishemiyaning IV bosqichi to‘qimalarning yara-nekrotik o‘zgarishlarga uchrashi bilan ta'riflanadi. Download 160.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling