Qorin aortasi va uning magistral tarmoqlari kasalliklari
Download 160.04 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar (2)
Davolash. Qorin aortasining surunkali okklyuzion zararlanishlari xirurgik
patologiyadir. Patologik jarayonning ishemiyaga uchragan zonalarni kompensatsiya qiladigan kollateral yo‘llar o‘zilishi bilan avj olishi, tomirlarning okklyuziyadan distalroq zararlanishi oyoq gangrenasiga o‘tadigan og‘ir ishemiyasiga sabab bo‘ladi. Proksimal tromb sathining orta borishi qon oqimidan buyrak va visseral arteriyalarning uzilib qolish xavfini tug‘diradi, bu buyraklar va qorin bo‘shligi organlari funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Normal qon oqimini tiklashga va shu tariqa xayotiy muhim organlar funksiyasini saqlab qolishga faqat xirurgik yo‘l bilan erishiladi. Xirurgik operatsiya nechog‘lik erta bajarilsa, natija shunchalik yaxshi bo‘ladi. Operatsiyani xarakteri bo‘yicha 3 guruhga bo‘lish mumkin: 1. Rekonstruktiv yoki radikal. 2. Bilvosita rekonstruktiv (umrov osti va qo‘ltiq-son). 3. Palliativ (vaqtincha yengillashtiradigan). Palliativ operatsiyalar rekonstruktiv operatsiya qilish mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llanilishi mumkin. Periarterial simpatektomiya, epinefrektomiya shu-lar qatoriga kiradi. Bu operatsiyalarni bajarishdan maqsad periferik tomir o‘zanini desimpatizatsiya qilish va kollateral qon aylanishini yaxshilashdan iborat. Bemor xayotini qutqarib qolishga qaratilgan majburiy tadbir bo‘lgan oyoqni amputatsiya qilish (kesish)ni ham shartli ravishda shular qatoriga kiritish mumkin. Bilvosita o‘tkaziladigan rekonstruktiv operatsiyalar (distansion o‘mrov osti-son va qo‘ltik-son arteriyalarini shuntlash) quyidagi sharoitlarda bajarilishi kerak: 1. Yurak-tomirlar sistemasi va boshqa xayotiy muxim organlarning og‘ir buzilishi sababli letal natijaga olib borish ehtimoli bo‘lgan bemorning og‘ir umumiy holati. Asosiy rekonstruktiv operatsiyadan oldin tez avj olib boradigan intoksikatsiya hodisalari va gemostazning og‘ir buzilishlarini bartaraf etish uchun dastlabki bosqich sifatida o‘tkaziladi. 2. Oyoqning tez avj olib boradigan ishemiyasida va xirurgda qorin aortasi okklyuziyalarida radikal operatsiya o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda. Magistral qon oqimini tiklashning asosiy turi uni rezeksiya qilib alloprotezlashdir. Bugo‘ngi kunda bu operatsiya plastik xirurgiyani rivojlantirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Rekonstruktiv operatsiyalar bajarishga quyidagilar mutlaqo monelik qiladigan hollar hisoblanadi: - tez-tez xurujlar bo‘lib turadigan, nafas qisadigan, yaqinda (6 oygacha) boshdan kechirilgan miokard infarkti bo‘lgan toj tomirlar yetishmovchiligining og‘ir formalari; - miya qon aylanishining yangi (6 oygacha) buzilishlari gemiplegiya xodisalari bilan; - buyrakning organik zararlanishlari subkompensatsiyalangan buyrak yetishmovchiligi hodisalari bilan. Operatsiya vaqtidagi asoratlar. Eng jiddiy asoratlardan biri operatsiya vaqtida qon oqishidir. Qon okishining sabablari: tomirlarning shikastlanib qolish, anastomozning yetarlicha germetik emasligi, aorta distal bo‘limining bog‘lanmaganligi va gipokoagulyasiyalar. Operatsiya vaqtidagi protez trombozi ko‘p uchraydigan asorat hisoblanadi. Tromboz sabablari: tomirlardagi qonning distal stazi, tromb uzilishi, arterial bosim tushib ketishi bilan yuz beradigan gipovolemiya. Operatsiyadan keyingi davr asoratlari: yurak-tomirlar, nafas va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ichak infarkti, peritonit, oyoq- qo‘llar gangrenasi, qon ketishlar, eventeratsiya, operatsion jaroxatning yiringlab ketishi. Download 160.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling