Qorin aortasi va uning magistral tarmoqlari kasalliklari
Download 160.04 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar (2)
Diagnostika. Qorin aortasi okklyuziyalari klinikasi yetarlicha ravshan va
ko‘pchilik hollarda diagnoz qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Endi diagnoz qo‘yish masalasi dastlabki qorin aortasi obturatsiyasi darajasini aniqlash, oyoqlarda qon aylanishi kompensatsiyasi darajasini, periferik o‘zan holatini bilish mutaxassislarning xozirgi kundagi vazifasi hisoblanadi. Kasallik diagnostikasida buyrak arteriyalari va qorin aortasi visseral tarmoqlari holatini, shu magistral arteriyalardan qon bilan ta'min etiladigan organlarning zararlanish darajasini aniqlash muxim va nixoyat, o‘zil-kesil diagnoz qo‘yishga imkon beradigan tekshirishlar yig‘indisiga miya va toj tomirlar qon oqimi holatini o‘rganish ham kirishi kerak. Tekshirish bosqichlarini shartli ravishda ambulator, dastlabki va klinik bosqichlarga bo‘lish mumkin: I. Tekshirishning ambulator bosqichi maxsus jixozlar talab etmaydi va xar kanday tibbiy muassasada o‘tkazilishi mumkin. Anamnez yig‘ish - mas'uliyatli davr va quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: bemorning yoshi, kasallikning birinchi simptomlaridan boshlab boshlangan davri, ishemiya zonasining dinamikada ko‘payishi, uning yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga tarqalishi kabilar. Bel va chov soxalaridagi ishemiyani aniqlashga, fiziologik yo‘nalishlarning buzilishi, axlat xarakteriga alohida a hamiyat berilishi lozim. O‘zgarib turadigan cho‘loqlik intensivligi va xarakteri, oyoqda og‘riq sindromi borligi, trofik buzilishlar rivojlanganligini aniqlash zarur. Jinsiy funksiyaning buzilish darajasi, davolashning nechog‘lik naf berayotganligini albatta bilish kerak. Bemorni ko‘zdan kechirishda teri rangining o‘zgarganligiga, oyoqlar, chanoq kamari va jinsiy organlarda atrofiya borligiga, trofik buzilishlarga a hamiyat berish zarur. Oyoqlar magistral arteriyalari, jinsiy olat orqa arteriyasining albatta paypaslashdan tashqari, paypaslash mumkin bo‘lgan hamma arterial tomirlar paypaslab chiqiladi. Hamma arteriyalar auskultatsiya qilinishi lozim. Oyoqlarda va qo‘llarda arterial bosimni o‘lchash muxim ahamiyatga ega. Qorin aortasi okklyuzion zararlangan bemorlarning 85 foizida oyoqlar ishemiyasi uchun xos muskul atrofiyasi simptomi aniqlanadi. Ayni vaqtda mushak tonusi, mushak kuchi va ish kobiliyatining pasayishi qayd qilinadi. Birmuncha distal okklyuzion zararlanishlardan farqli ravishda bu simptom ko‘pincha ikki tomonlama va boldir muskullari bilan birga son va chanoq kamari muskulllarini ham qamrab oladi. II. Terminal aorta va yonbosh arteriyalarning okklyuzion zararlanishlari bo‘lgan bemorlarni tekshirishning dastlabki klinik bosqichi muayyan izchillikda o‘tkazilishi va oyoqlar ishemiyasini hamda boshqa xayotiy muxim organlar (miokard, miya, visseral organlar, buyraklar) funksiyasini o‘rganishga qaratilmog‘i lozim. Shuning uchun tekshirishning bu bosqichi ikkita yo‘nalishga bo‘linadi. Birinchi yo‘nalishning vazifasi - oyoqlar magistral va kollateral qon oqimi holatini, tomirlarning stenozlovchi zararlanishi qaerda joylashgani va holatini, oyoqlar regional gipoksiyasi darajasini, shuningdek qorining koagulyasiya va reologik xossalarini aniqlashdan iborat. Bemorlarni tekshirishni bajarish uchun quyidagi diagnostik testlar: arterial osteografiya, teri termometriyasi, kapillyaroskopiya, hajm li sfigmografiya, reovazografiya, oyoqlar termografiyasi, ularni skannirlash, vena ichi radioizotop angiografiyasi, terida va mushaklarda qon oqimini o‘rganish, polyariografiya o‘tkaziladi. Ikkinchi yo‘nalishning vazifasi - magistral qon oqimi holati va boshqa organlarning funksional holatini aniqlash lozim, buning uchun bemorlarda umumiy klinik va qonni bioximiyaviy tekshirishlar, EKG, FKG, EEG, buyraklar va me'da-ichak yo‘li organlarini tekshirish shart. Oyoqlarda to‘qima (teri va muskul) qon oqimini mikdoriy aniqlash xozirgi vaqtda xujayra membranalari orqali bemalol o‘tadigan radioaktiv izotoplar yordamida o‘tkaziladi. Bu metodikalarning qimmatli tomoni shundaki, to‘qimalar birligi orqali oqadigan qon miqdori qon aylanishining buzilish darajasini va kasallikning klinik manzarasini belgilaydigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mikrotsirkulyasiyani izotoplar yordamida o‘rganish metodi atravmatik, ko‘p axborot beradi, sezuvchanligi bilan ajralib turadi, o‘rganilayotgan ob'ektdagi effektiv qon oqimi to‘g‘risida tushuncha beradi. Bemorlarni oldindan klinik tekshirish oyoqlarning qon bilan ta'minlanishining buzilish darajasini aniqlash va magistral qon oqimi tiklangandan keyin trofik buzilishlarning qayta tiklanishiga imkon beradi. Tekshiruvning xuddi shu bosqichida xayotiy muxim organlarning ishlashi, koronar va braxiotsefal arteriyalar xavzasida qon oqimini kompensatsiya qilish darajasi to‘g‘risida yetarli axborot olish mumkin. Bularning jami operatsiyaga umumiy ko‘rsatmalarni belgilash va operatsiyadan keyingi davrni prognoz qilish imkoniyatini beradi. Biroq topik diagnozni uzil-kesil aniqlash, rekonstruktiv operatsiya usuli va hajm ini tanlash uchun yakunlovchi tekshiruv- kontrast angiografiya qilish zarur. Rentgen kontrast tekshirishdan maqsad okklyuziya va stenozning qaerda joylashgani va darajasini bilish, patologik jarayon soxasida tomirlar devori holatini aniqlash, kollateral o‘zan holatini topish va obstruksiyadan distalroq masofada magistral arteriyalarni to‘ldirish hisoblanadi. Ikkita satxni: qorin stvolidan boshlab hamma asosiy tarmoqlari va son hamda taqim arteriyalari, shuningdek boldir tomirlari bilan tugallanadigan qorin aortasini qayd qiladigan seriyali angiografiya birmuncha afzal sanaladi. Translyumbal aortografiya tanlash metodi hisoblanadi. Qorin aortasi okklyuziyasiga shubxa qilinganda dastlabki tekshirish metodlariga asoslanib, aorta XII ko‘krak umurtkasi satxida yuqori translyumbal punksiya qilinishi kerak. Aorta-yonbosh zonasidagi okklyuziyali jarayonda II bel umurtqasi tanasining yuqori cheti satxida past translyumbal punksiya qilinishi mumkin. Angiografik manzara aorta va uning tarmoqlari zararlanishining bevosita va vositali belgilaridan tarkib topadi. Aorta bo‘shligining to‘liq okklyuziyasi uchun u yoki bu satxda aorta kontrast tasvirining uzilishi xarakterli. Uzilish chizigi notekis, gorizontal yo‘nalishga ega. Okklyuziya soxasi ustida ba'zan aorta kontrastlanish darajasining bir oz kuchsizlanishi ma'lum bo‘ladi, bu trombotik massalarning aortaning oldingi-orqa yarim doirasi bo‘yicha okklyuziya bo‘lgan joydan yuqorida tarqalganligiga bilvosita ishora bo‘lishi mumkin. Bu fenomenni yon tomonlama aortogrammada bevosita angiografik belgilar bilan tasdiqlash mumkin. Okklyuziya distal chegarasining darajasi angiogrammalar seriyasida ko‘rinadi. Qorin aortasining buyrak arteriyalari va visseral tarmoqlar zararlanganiga shubxa qilingan yuqori okklyuziyalarida ikkita proeksiyada seriyali angiogramma qilinadi - bir sekund tezlikda ikkita kadr beradigan 12-14 rentgenogramma. Bu kontrast moddaning buyrak arteriyalari va visseral tarmoqlar bo‘ylab tarqalishini vizualizatsiya qilish, shuningdek kollateral qon aylanishini aniq bajarilishi uchun zarur. Qorin aortasi angiografik okklyuziyalarning quyidagi ta'rifi bor: Qorin aortasining past okklyuziyasi - kontrast tasvirning pastki ichaktutqich arteriyasi og‘zi satxida yoki undan pastda uning antegrad to‘ldirilishi bilan uzilishi. Qorin aortasining o‘rta okklyuziyasi - kontrast tasvirning pastki ichaktutqich arteriyasi satxida yoki undan yuqorida uning retrograd to‘ldirilishi bilan uzilishi. Qorin aortasining yuqori okklyuziyasida asosiy jarayonga qo‘shilmagan buyrak arteriyalari satxida kontrast tasvirning o‘zilishi ular kontrast modda bilan to‘lganda buyrak arteriyalari satxida qayd qilinadi. Buyrak arteriyalarining qo‘shilib ketgan zararlanishida okklyuziya darajasi odatda notekis, buyrak arteriyalari og‘zini qamrab olgan bo‘ladi. Qorin aortasining jarayonga buyrak arteriyalari va visseral tarmoqlar qo‘shilgan yuqori okklyuziyasi boshqa rentgenologik ta'rifga ega. Kontrast tasvirning uzilish sathi buyrak arteriyalari og‘zi sathida aniqlanadi, uning chetlari suprorenal segmentga tarqalishga moyilligi borligidan bilinmaydi. Bu segment aksariyat kuchsiz kontrastlangan, bu trombning buyrak arteriyalari og‘zidan yuqoriga tarqalganligidan darak beradi. Agar oldingi-orka proeksiyada buyrak arteriyalari yetarli darajada ko‘rinsa, visseral tarmoqlarni bu proeksiyada hamisha ham aniqlab bo‘lmaydi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, bu qorin stvoli og‘zi va yuqori ichak tutqich arteriyasining qatlamlanishi bilan bog‘liq. Ateroskleroz va nospetsifik aorta-arteriitda qorin aortasi okklyuziyasining angiografik semiotikasi, xar xil manzaraga ega. Ateroskleroz uchun kontrast tasvir o‘zilishning notekis tasbexsimon chetlari bo‘lgan zararlanishning diffuzligi xarakterli. Nospetsifik aorta-arteriitda zararlanish hajmi katta. Tomir konturlarining chetlari sillik, aniq. Qorin aortasi va tarmoqlarining bevosita va bilvosita belgilari farq qilinadi. Bevosita belgilarga aorta va tarmoqlari konturining kontrast tasvir yo‘qligi bilan uzilishi kiradi. Tomirning retrograd to‘lishi, kontrast tasvirning kuchsizligi, asimmetrik to‘lgan o‘zanida kont-rastning tutilib qolish bilvosita belgilardan hisoblanadi. Angiografiya ma'lumotlarini o‘rganish zararlanish hajm inigina emas, balki kollateral qon oqimi yo‘llari hisobiga qon aylanishini kompensatsiya qilish yo‘llarini ham aniqlash imkonini beradi. Chunonchi, masalan, qorin aortasining o‘rta okklyuziyalarida kollateral qon aylanishi ikkita sistema hisobiga amalga oshiriladi. Birinchisi - qorin aortasi past okklyuziyasidagi kabi lyumbal arteriyalar sistemasi: Ikkinchisi - yuqori va pastki ichak tutqich arteriyalarida shakllanadigan qovurg‘alararo anastomoz (Riolan ravog‘i). Qorin aortasining yuqori okklyuziyalarida kollateral qon aylanishi asosan ichak tutqicharo anastomoz sistemasi orqali amalga oshiriladi (Riolan ravog‘i). III. Tekshirishlarning intraoperatsion bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Qorin aortasi va tarmoqlarini reviziya (taftish) qilish. 2. Aortada va uning tarmoqlarida arterial bosimni aniqlash - elektr manometriya. 3. Elektr magnit floumetriya. Operatsiya vaqtida aorta-yonbosh segmenti okklyuzion zararlanish darajasini va qancha masofadaligini baholash g‘oyatta muxim. O‘z-o‘zidan ma'lumki, oddiy reviziya, paypaslab ko‘rish ularning zararlanish darajasi to‘g‘risida taxminiy tushuncha beradi, xolos. Oyoq arteriyalari bo‘ylab qon oqimi buzilishining darajasi to‘g‘risida aorta bilan okklyuziya bo‘lgan joydan distal masofadagi magistral arteriya o‘rtasidagi bosim gradientini o‘lchash - elektr manometriya muayyan tasavvur beradi. Qon oqimini tekshirishning birmuncha ishonchli metodi elektr magnit floumetriya bo‘lib, gemodinamik buzilishlarning og‘ir-yengilligi to‘g‘risida uzil-kesil tushuncha bera oladi. Tekshirishning intraoperatsion bosqichi diagnozni to‘kis-tugal aniqlash va optimal operatsiya rejasini tanlashga yordam qiladi. Qorin aortasi surunkali okklyuziyalarining Sh. I. Karimov bo‘yicha klassifikatsiyasi: I. Okklyuziya darajasi: 1) qorin aortasining past okklyuziyasi: - pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanishi bilan; - pastki ichak tutqich arteriyasi zararlangan; 2) qorin aortasining o‘rta okklyuziyasi pastki ichak tutqich arteriyasi okklyuziyasi bilan; 3) Qorin aortasining yuqori okklyuziyasi: - buyrak arteriyasi zararlanmasligi bilan; - buyrak arteriyalari zararlanishi bilan, vazorenal gipertenziya sindromi bilan; - buyrak arteriyalari zararlanishi bilan va visseral garmoklarning vazorenal gipertenziyasi va abdominal ishemiyasi bilan. II. Periferik o‘zan xolati: - distal blok yo‘q; - distal blok bor. III. Oyoqlar ishemiyasi darajasi: I bosqichi - kompensatsiya; II bosqichi - o‘tib ketadigan buzilishlar; III bosqichi - barqaror tomir yetishmovchiligi; IV bosqichi – gangrenalar. IV. Boshka tomir havzalarining birgalikda zararlanishlari: - braxiotsefal tomirlarning miya tomirlari yetishmovchiligi bilan zararlanishi; - toj arteriyalarning yurak surunkali ishemik kasalligi bilan birga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling