Qorin aortasi va uning magistral tarmoqlari kasalliklari
Download 160.04 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar (2)
Diagnostika. Tekshirishning instrumental usullari oyoqlardagi qon oqimi
buzilishlari xarakterini aniqlashga imkon beradi. Ultratovush bilan o‘tkaziladigan usullar g‘oyat oddiy. Chunonchi, Doppler effektida ishlayotgan ultratovush datchigi oyoq magistral arteriyalari o‘tkazuvchanligini va arterial bosimni aniqlashga yordam beradi. Reovazografiya, pletizmografiya, hajmli sfigmografiya va boshqalar oyoqlarda magistral qon oqimi pasayganini qayd qilish, ultratovush to‘lqinining kechikishini aniqlab berishi mumkin. Hajmli sfigmografiya va reovazografiyani qayd qilishda distal o‘zan funksional holatiga baho berish uchun nitroglitserin bilan sinamaga katta ahamiyat beriladi. Punksion polyarografiya odatda to‘qimalarda kislorodning anchagina pasayishini aniqlaydi. Biroq bu usullarning hammasi oyoqdagi qon aylanishini mikdoriga qaraganda ko‘proq sifat holatini xarakterlaydi. Mushakdagi qon oqimini izotop usulida mikdoriy aniqlash - oyoqdagi qon aylanishini xarakterlaydi. Birok tinch turilganda mushakdagi qon oqimi ko‘rsatkichi kam ma'lumot beradi, ishemiya darajasi xarakat vaqtida aniqlaydi. Radioizotop angiografiya aortani ko‘ribgina qolmay, balki undagi qon oqimi buzilishini qayd qilishga imkon beradi, biroq qorin aortasi zararlanishi topik diagnostikasining asosiy usuli rentgen kontrast aortografiyasi bo‘lib qoladi. Uni xirurgik davolash taxmin qilinganda utkazish lozim. Translyumbal aortografiya tanlanadigan usul hisoblanadi. Qorin aortasi zararlanishining angiografik manzarasi juda xilma-xil, qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalarning stenotik o‘zgarishlari eng ko‘p uchraydi. Aterosklerotik jarayonlar uchun chekka to‘lish nuksonlari, aorta va arteriya konturlarining stenozlar uchastkalari bilan tekislanib qolganligi xos. Travmatik shikastlar uchun okklyuziyadan proksimalroqda aortaning normal ko‘rinishi va zararlanishining segmentar xarakteri tipikdir. Postembolik okklyuziyada bu joydan yuqoridagi aorta devorlari tekis, ateroskleroz belgilari yo‘q. Yonbosh arteriyasining tug‘ma gipoplaziyasida uning bo‘shligi bir tekis toraygan kontrastlanish nuqsoni yo‘q. Yonbosh arteriyasining fibroz-mushak displaziyasi ko‘p sonli torayish zonalari bilan xarakterlanadi, bunda arteriya cho‘tkalar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Ishemik belgilar xarakteri jarayonga distal tomir o‘zani tortilishiga bog‘liq. Katta kollaterallar (pastki ichak tutqich, ichki yonbosh, bel, dumgaza arteriyalari va b.) arteriya tarmoqlari va oyoq arteriyalari o‘rtasida katta anastomoz bog‘lanishlar hosil qiladi. Oyog‘ida og‘riq borligidan shikoyat qilayotgan bemorda loaqal bitta son arteriyasida pulsatsiya bo‘lmasa va agar qorin aortasi, yonbosh va son arteriyalari ustida sistolik shovqin eshitilsa, Lerish sindromiga osonlikcha diagnoz qo‘yish mumkin. Instrumental tekshirish usullari bilan oyoqlardagi qon aylanishi buzilishlari aniqlanadi. Agar operatsiya bilan davolash to‘g‘risidagi masala xal qilinayotgan bo‘lsa, bemorni aortografiya qilish kerak. Differensial diagnostika qilishda obliteratsiya qiladigan endarteriit -20-30 yoshdagi erkaklar kasalligito‘g‘risida unutmaslik kerak, bunda boldir tomirlari zararlanadi. Bunday bemorlarda son, ko‘pincha esa taqim arteriyasi yaxshi pulsatsiya qiladi, sistolik shovqin bo‘lmaydi. Endarteriitli bemorlarda aortografiyada odatda aorta, yonbosh va son arteriyasi o‘tkazuvchanligining sonning uchdan bir pastki qismigacha normal bo‘lishi qayd qilinadi. Arteriyalar konturlari tekis, silliq. Takim arteriyasi va boldir arteriyalari odatda okklyuziyalangan va boldirda shtoporsimon kollaterallarning mayda tarmoqdagina ko‘rinib turadi. Aorta okklyuziyalarida dumbada sonning orqa yuzasi bo‘ylab paydo bo‘ladigan og‘riq ba'zan kuymich nervi yalliglashi diagnozi qo‘yilishiga sabab bo‘ladi. Periferik arteriyalar spazmga uchraganligi va oyoq panjasida pulsatsiya aniqlanmasligi, oyoqlarning esa muzdayligi bu spazmni yanada oshiradi. Biroq ishiasda og‘riq, jismoniy harakatga bog‘liq bo‘lmaydi, ular tinch turganda yo‘qolmaydi va tunda qo‘zishga moyil bo‘ladi. Bunday bemorlarda tomir shovqini bo‘lmay, balki kuymich nervi yallig‘lanishining butun nevrologik simptomatikasi aniqlanadi. Operatsiya qilib davo qilinmasa, kasallik prognozi jiddiy, chunki buzilishlar tobora avj olib boradi. Ko‘pchilik bemorlar simptomlar paydo bo‘lgandan 1-2 yil o‘tgach mexnatga layokatsiz bo‘lib qoladilar. Download 160.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling