Qorin aortasi va uning magistral tarmoqlari kasalliklari
Korin aortasining surunkali okklyuziyalari
Download 160.04 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiya va patogenez.
Korin aortasining surunkali okklyuziyalari
Qorin aortasining surunkali stenozlari va okklyuziyalari oyoq ishemiyasi manzarasi bilan o‘tadigan og‘ir kasalliklar hisoblanadi, ularni Lerish 1940 yilda yaxshi tasvirlab bergan. Terminal qorin aortasining stenozlovchi zararlanishlari tug‘ma va orttirilgan kasalliklarga bog‘liq, bo‘lishi mumkin. Aorta qorin bo‘limining gipoplaziyasi va atreziyasini tug‘ma kasalliklarga kiritish mumkin. Etiologiya va patogenez. Qorin aortasining torayishi va to‘liq obturatsiyasi yallig‘lanishsiz o‘tadigan va yallig‘lanish bilan o‘tadigan orttirilgan kasalliklardan kelib chiqishi mumkin. Yallig‘lanishga aloqador bo‘lmagan aorta kasalliklaridan aterosklerozni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Aortaning intimal sarkoma, qorin bo‘shlig‘i va genitaliy o‘smalaridan zararlanish imkoniyati juda kam bo‘ladi. Aortaning yallig‘lanish kasalliklari orasida uning stenozga uchrashiga zaxm arteriiti, infeksion arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aortit sabab bo‘ladi (V. S. Smolenskiy, 1964). So‘nggi yillarda qorin aortasi okklyuziyalarining birmuncha ko‘p uchrashi isbotlab berildi. Tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari bo‘lgan bemorlar orasida qorin aortasi okklyuziyalari 1-3% hollarda uchraydi. Lerish sindromi bo‘lgan bemorlar orasida bu patologiyaning salmog‘i yanada yuqori. Qorin aortasi okklyuzion zararlanishlarining asosiy etiologik omili ateroskleroz hisoblanib, u 50 dan 100% ni tashkil etadi (B. V. Petrovskiy, M. D. Knyazev va b.). Sovet Ittifokida aorta bifurkatsiyasi rezeksiyasi bilan birga alloprotezlash operatsiyasini birinchi marta 1960 yilda V. S. Savelev bajargan. O‘zbekistonda qorin aortasi okklyuzion kasalliklari to‘g‘risidagi ta'limotga Sh. I. Karimov, U. O. Oripov, V. V. Voxidov katta xissa qo‘shdilar. Qorin aortasi surunkali okklyuziyalarining klinik manzarasi. Qorin aortasining terminal bo‘limidagi okklyuziyaning klinik manzarasi ko‘pincha oyoqlardagi ishemiyalardan iborat. Biroq, okklyuziya jarayonining turli variantlari va darajalari, ularning qancha joyni egallagani, aorta distal yoki proksimal segmentlari va oyoq, buyrak va visseral arteriyalarining shunday zararlanishi bilan birga uchrashi kasallikning kechishini va klinik manzarasini keskin o‘zgartiradi hamda prognozni og‘irlashtiradi. Bu diagnostikaga, taktika tanlashga va operatsion aralashuv hajm iga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi, Lerish sindromi bilan qorin aortasi okklyuziyasi o‘rtasida aniq chegara bo‘lishi zarurligini talab etadi. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, qorin aortasi okklyuziyasining zararlanish darajasi va hajm iga ko‘ra quyidagi variantlarini farq qilish maqsadga muvofik: 1. Pastki ichak tutqich arteriyasi darajasigacha bo‘lgan qorin aortasi okklyuziyasi, unda antegrad qon oqimi saqlanib qolgan - past okklyuziya. 2. O‘rta ichak tutqich arteriyasi darajasigacha tromb chetki ichak tutqich arteriyasi darajasidan yuqoriga tarqalgan qorin aortasi okklyuziyasi - o‘rta okklyuziya. 3. Tromb buyrak arteriyalari og‘zigacha tarqalgan aorta qorin bo‘limi okklyuziyasi - yuqori okklyuziya. 4. Tromb buyrak arteriyalari og‘zigacha yoki undan yuqori tarqalib, patalogik jarayonga antegrad qon oqimi reduksiyasi yoki u yo‘qligi tufayli buyrak arteriyasi trombozi qo‘shilib o‘tadigan aorta qorin bo‘limi okklyuziyasi - qorin aorta bo‘limining yuqori okklyuziyasi vazorenal gipertenziya va surunkali abdominal ishemiya sindromi bilan. Qorin aortasining past okklyuziyasida oyoqlarda qon aylanishi yetishmovchiligining klinik manzarasi quyidagicha xarakterlanadi: yurishda oyoq og‘rishi, 100-200 m yurilganda oqsoqlanish. Og‘riq oyoqning xar qanday bo‘limida, jumladan distal bo‘limlarida bo‘lishi mumkin. Biroq og‘riq ko‘prok son va dumbalarda bo‘lib, yurishda va jismoniy xarakatda paydo bo‘ladi. Qorin aortasi yuqoriga ko‘tiriladigan trombozi jarayoniga pastki ichak tutqich arteriyasi tortilgan o‘rta okklyuziyada oyoq, ishemiyasining yuqorida tasvirlangan ko‘rinishi og‘irlashadi. Bundan tashqari, o‘nga chanoq, organlaridagi yo‘g‘on ichak terminal bo‘limi ishemiyasining klinik manzarasi qo‘shiladi. Bu patologiyada sonlar ichki yuzasi, chov, jinsiy organlar terisida uvishib qolish sezgisi ko‘zatiladi. Aksariyat bemorlar bel soxasida doimo og‘irlik yoki og‘riq sezadilar, shu sababli bel-dumgaza radikulita va deformatsiya qiladigan spondilyozdan muvaffakiyatsiz davolanadilar. To‘g‘ri aniqlangan diagnozgina bu og‘riqlarning xaqiqiy tabiatini aniqlashiga imkon beradi. Ishemik sindromning belgilaridan biri ichning kabziyat yoki ich ketishi ko‘rinishida buzilishidir, og‘irroq, hollarda ich kelmay va siydik ajralmay qoladi. Tez charchab qolish, yurish va xarakat vaqtida son va dumbalarda og‘riq, paydo bo‘lishi qorin aortasining o‘rta okklyuziyasi deb shubxa qilishga imkon beradigan simptomdir. Yangi kollaterallar vazifasi buzilib, kasallikning yanada avj olishi ishemiya zonasi kengayishiga olib keladi va odatda oyoq distal bo‘limlarining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi. Bu kasallik klinik manzarasiga ta'sir ko‘rsatadi. Bu qorin aortasi o‘rta okklyuziyasi bor bemor uchun xos. Ayrim xollardagina distal bo‘limlarda ishemiya proksimal yo‘nalishda ortib borishi mumkin. Vizual ko‘zdan kechirishda amalda hamma hollarda boldir va son muskullari atrofiyasi hamda teri qoplamlarining rangparligi yoki marmarsimonligini payqash mumkin. Oyoq panjasidagina emas, balki boldir, son va dumba soxasida teri xarorati pasayishi extimol. Qorin aortasi yuqori okklyuziyalarning doimiy va xarakterli belgilaridan biri bu patologiya uchun patognomonik bo‘lgan impotensiya hisoblanadi. Uning yetakchi sababchisi gorsimon tanalardan antegrad qon bilan to‘liqligining pasayishidir. Jinsiy ojizlik qorin aortasi inter- va suprarenal segmentlari zararlangan qorin aortasi yuqori okklyuziyasi bo‘lgan bemorlarning 55 foizida aniqlanadi. Oyoqlar, shok organlari va yo‘g‘on ichak ishemiyasi simptomlariga arterial gipertenziya simptomatikasi qo‘shilib keladi. Ko‘pchilik hollarda ular buyraklar qon ta'minoti bo‘lishi bilan bog‘liq. Biroq qator hollarda arterial gipertenziya buyrak arteriyalari zararlanmay o‘tadigan qorin aortasining pastki okklyuziyasi bo‘lgan bemorlarda aniqladi. Ichak tutqich arteriyasidan pastdagi qorin aortasi okklyuziyasi bemorlarning 35 foizida, o‘rta va yuqori okklyuziyalarda esa bu raqam 65 foizga yetadi. Bu dalil shuni ko‘rsatadiki, okklyuzion jarayon qorin aortasida proksimal tarqalganda arterial gipertenziyali bemorlar soni ko‘payadi. Qorin aortasi okklyuziyasiga shubxa tug‘diradigan simptomlardan biri oyoqning hamma nuqtalarida pulsatsiyaning yo‘qligi hisoblanadi. Download 160.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling