Qorin aortasi va uning magistral tarmoqlari kasalliklari
Download 160.04 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar (2)
Davolash. Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyasi zararlangan
bemorda II B, III va IV bosqichlardagi ishemiya operatsiya qilib davolashga ko‘rsatma hisoblanadi. I va II A bosqichlarda konservativ davolash kerak bo‘ladi. Yangi bo‘lgan miokard infarkti, 3 oy bo‘lib o‘tgan insult, III darajadagi yurak yetishmovchiligi, og‘ir o‘pka emfizemasi, jigar sirrozi, jigar va buyrak yetishmovchiligi operatsiya usulida davolashga qarshilik hisoblanadi. Son chukur arteriyasi distal bo‘limlarining okklyuziyasi va boldir hamma uchala arteriyasining to‘liq tutilib qolganligi operatsiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda Lerish sindromini operatsiya usuli bilan davolash tomir xirurgiyasining yaxshi ishlab chiqilgan bo‘limi hisoblanadi. Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalari normal o‘tkazuvchanligini tiklash uchun rekonstruktiv operatsiyalarning xar uchala turi: rezeksiya qilib protezlash, alloshuntlash va endarterektomiyadan foydalaniladi. Qorin aortasi okklyuziyasida rezeksiya bilan (aortani kesib tashlamay) protezlash o‘tkaziladi. Agar qorin aortasining stenozlovchi zararlanishida (yoki yonbosh arteriyalari o‘tkazuvchanligi saqlanib qolgan bo‘lsa, bifurkatsion aorto-son alloshuntlashni amalga oshirgan yaxshi. Bemorning og‘ir somatik holatida oyoqlarda qon aylanishini tiklash uchun «yuza» yonbosh-son yoki chatishma son-son va chatishma yonboshson shuntlash metodlaridan foydalanish mumkin. Oyoqning xatto III va IV darajali ishemiyasida 70% bemorlarda rekonstruktiv operatsiya qilish va oyoqni saqlab qolish mumkin. Ko‘pchilik bemorlarda tomirlarning ikki tomonlama zararlanishi uchraydi. Klinikasi bir tomonda ifodalangan bo‘lishiga qaramay, tomirlar rekonstruksiyasini ikkala tomondan bajarish zarur. Qorin aortasidagi operatsiyalarda o‘lim 2 dan 10% gacha o‘zgarib turadi. Ko‘pchilik bemorlarda xirurgik davolash natijalari yaxshi. 83% bemorlarda yaxshi natija saqlanib qoladi. Operatsiya qilingan 10-15% bemorlarda ateroskleroz jarayoni avj olishi yoki distal anastomozlar soxasida yangi intima o‘sib qalinlashuvi sababli rekonstruksiyalangan segment trombozi tufayli simptomlar yana paydo bo‘lishi extimol. Tomir protezlari odatda asoratlar bermaydi. Oyoq distal tomir o‘zani o‘tkazuvchanligi saqlanib qolganda (son chukur arteriyasi va loaqal bitta boldir arteriyasida) bemorda takror operatsiya o‘tkazish mumkin, u 75% bemorlarda yaxshi chiqadi va oyoqda qon aylanishi qayta tiklanadi. Rekonstruktiv operatsiyalar natijasi ko‘p jixatdan qon tomir o‘zani holatiga bog‘liq. Oyog‘ida gangrenalari bo‘lgan bemorlar guruxida rekonstruktiv operatsiyadan 5 yil o‘tgach yaxshi natijalar va amputatsiyaga mahkum bo‘lgan bemorlarda oyoqning saqlanib qolish 58% hollarda qayd qilingan. Lerish sindromida rekonstruktiv operatsiyalar ko‘pchilik bemorlarda simptomlarni bartaraf etadi va normal xayotga qaytish imkonini beradi. Rentgenendovaskulyar dilatatsiya. So‘nggi vaqtlarda angiografiya va rentgenendovaskulyar xirurgiyaning jadal rivojlanishi munosabati bilan yangi istiqbolli yo‘nalish - zararlangan arteriyalarning translyumbal angioplastikasi bilan bir vaqtda nitinol spiral yordamida endoprotezlash vujudga keldi (I. X. Rabkin va b.). Yonbosh va son arteriyalarining rentgenendovaskulyar dilatatsiyasi rekonstruktiv operatsiyalar hajm ini kamaytirishga, o‘limni kamaytirishga va keyingi natijalarni yaxshilashga imkoniyat yaratdi . Konservativ davolash. Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalari zararlanib, ishemiyaning I-II A darajasi bo‘lgan bemorlarda 1-2 oygacha konservativ davo qilinadi. Bunday davoni yiliga 2-3 marta rekonstruktiv tomir operatsiyalaridan keyin o‘tkazish maqsadga muvofiq. Quyidagi preparatlar guruxlari ishlatiladi: 1. Ganglioblokatorlar: bupatol, midokalm, vaskulat. 2. Me'da osti bezlari preparatlari: andekalin, dilminal, angiotrofin, padutin, depo-padutin, depo-kallikrein, priskol, vazolastin. 3. Tomirlarni kengaytiradigan preparatlar: papaverin, noshpa, nikoshpan, kamplamin, galidor. 4. Antikoagulyantlar: fenilin, pelentan, neodikumarin, sinkumar va b. O‘tkir trombozda geparin, streptaza, streptokinaza va urokinaza ishlatiladi. 5. Qon reologik xossalarini yaxshilash hamda dezagregatsiya maqsadida aspirin, kurantil, anginin va prodektin qo‘llanish maqsadga muvofiq. Mikrotsirkulyasiyani yaxshilash uchun reopoliglyukin (5-10 infuziya) tayinlanadi. 6. Baroterapiya, diodinamik toklar (Bernar toklari), massaj, vodorod sulfidli vannalar. Rekonstruktiv operatsiyalardan keyin bemorlarga 0,5 g dan kuniga 3 marta aspirin, 1 tabletkadan kuniga 3 marta kurantil, yiliga 2-3 marta 1-2 oylik komplamin bilan davolash kurslari va fizioterapevtik davo tayinlanadi. Davolash fizkulturasi zarur. Tomirlar operatsiyalaridan keyin bemorlar 1-3 oygacha mexnatga layokatsiz bo‘ladilar. Ishemiya simptomlari bar ham topgandan keyin bemorlar o‘z ixtisosligi bo‘yicha ishlay oladilar: yiliga 2 marta ambulatoriyada profilaktik davo kurslari oladilar. Download 160.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling