Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. Ergash va bosh gaplar haqida ma’lumot Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi. Mazmuni izohlanadigan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uning mazmunini izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi. Bu gapda Hamma yig‘ilgachgapi ergash gap bo‘lib, Majlis boshlandi degan gap bosh gap orqali ifodalangan voqea-hodisaning bajarilish paytini izohlab kelgan. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |