Qo’shma gaplar. Mundarija: Kirish. I. Qo’shma gaplar


Biroq bogʻlovchisi ham, ammo, lekin


Download 89.01 Kb.
bet7/14
Sana19.09.2023
Hajmi89.01 Kb.
#1681209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
kurs ishi

Biroq bogʻlovchisi ham, ammo, lekin bogʻlovchilari kabi birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatning bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilganini, shunga qaramay, ulardan birining yuzaga kelishini koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Masalan: Qoʻrboshi qattiq jerkib polvonni gapdan toʻxtatmoqchi boʻldi, biroq polvon davom etdi.(A. Q.)
ammo, lekin, biroq bogʻlovchilari qoʻshma gap qismlarini bir-biriga zid bogʻlaganda, ularning biri oʻrnida ikkinchisi kela oladi. Qiyoslang: Havo bulut, boʻldi, lekin yomgʻir yogʻmadi.Havo bulut boʻldi, ammo yomgʻir yogʻmadi.— Havo bulut boʻldi, biroq yomgʻir yogʻmadi.
-u(-yu) yuklamasi bogʻlangan qoʻshma gap tarkibidagi qismlarni bogʻlashi mumkin. Bunday qoʻshma gap qismlaridagi mazmun bir-biriga juda zid boʻladi yoki birinchi gapdan kutilgan natijaga mos kelmaydi. Misollar: Kechasi qalin qor yogʻdi-yu, havo unchalik sovuq emas edi.
Keltirilgan misoldagi yuklama zidlov bogʻlovchisi oʻrnida kelib, qoʻshma gap qismlarini bogʻlash uchun xizmat qilgan. Shuning uchun ham bunday yuklamalar quyidagi gaplardagi kabi biriktiruv bogʻlovchisi oʻrnida qoʻllangan yuklamalardan farq qiladi: Davlat qoʻlimizdan yetakladi-yu, biz yengib chiqdik. (O.) Shu payt toʻsatdan koʻcha eshigi ochildi-yu, Zunnunxoʻja halloslaganicha kirib keldi. (A. Q.)
-u(-yu) yuklamasi biriktiruv bogʻlovchisiga vazifadosh boʻlib kelganida, sodda gaplardagi voqea birin-ketin yoki bir vaqtda yuzaga keladi, fe’l kesimlar ham bir xil shaklda – boʻlishli shaklda boʻladi.
-u(-yu) zidlov bogʻlovchisi vazifasida kelganida esa bir-biriga zid boʻlgan ikki voqeani ifodalaydi, shuning uchun ham qismlardagi fe’l kesimlarning biri boʻlishli, biri boʻlishsiz shaklda keladi.
Koʻpincha -da yuklamasi biriktiruv mazmunini ifodalovchi qoʻsh ma gapga, -u(-yu) yuklamasi esa zid mazmunni bildiruvchi qoʻshma gapga xosdir.
Xullas, bu yuklamalar ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun ayrim zidlov bogʻlovchilari bilan birga ishlatiladi. Masalan, ammo, lekin bogʻlovchisi ba’zan -u(-yu) yuklamasi bilan birga qoʻllanadi.
Demak, yordamchili bogʻlangan qoʻshma gapda bogʻlovchilar oʻrnida qoʻllanuvchi yuklamalarning ishlatilishida ma’lum farq bor.

Download 89.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling