Qo’shma gaplar. Mundarija: Kirish. I. Qo’shma gaplar


Ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar


Download 89.01 Kb.
bet8/14
Sana19.09.2023
Hajmi89.01 Kb.
#1681209
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
kurs ishi

Ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar
Ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qoʻshma gap qismlarining kesimi fe’l bilan ifodalangan boʻlsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega boʻladi.
Goh..., goh...; ba’zan..., ba’zan...; dam..., dam...; yo..., yo...; xoh..., xoh...; bir..., bir... kabi ayiruv bogʻlovchilari qoʻshma gapdagi qismlarni ayirib, ta’kidlab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Bu bogʻlovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Dam bezgagim xuruj qiladi, dam isitma suyagimgacha yondiradi.
Misollardan koʻrinadiki, ayiruv bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gap qismlari mazmunan turli xususiyatga ega: goh, dam, bir kabi bogʻlovchilar birdan ortiq voqeaning ketma-ket yuzaga kelishini koʻrsaqa, yo, xoh bogʻlovchilari oʻsha voqealardan birininggina yuzaga kelishini koʻrsatadi.

  • yo(yoki), xoh bogʻlovchilari bilan birikkan qismlarda voqea, hodisa hali yuzaga kelmagan, ulardan birining bajarilishi endi moʻljallanayotgan boʻlganligi uchun, fe’l kesimlar koʻpincha buyruq mayli shaklida, kelasi zamon aniq fe’li yoki gumon fe’li shaklida boʻladi: Yo men boray, yo siz keling. Bu vazifani xoh oʻzingiz bajaring, xoh birovga topshiring.

  • Ba’zan bogʻlovchisi qoʻshma gapdagi sodda gaplarni bogʻlash vazifasida juda kam qoʻllanadi, u koʻpincha uyushiq boʻlak komponentlarini bogʻlash uchun ishlatiladi: Ba’zan u biznikiga kelar, ba’zan men ularnikiga borib turar edim.


Download 89.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling