Qo’shma gaplar. Mundarija: Kirish. I. Qo’shma gaplar
Download 89.01 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydonga jimlik choʻkdi: na mu zika chalinadi, na bolalarning quvnoq ashulalari eshitiladi, na boshqalarning ovozi. (S. Bab.) Uning qulogʻiga na bulbulning ovozi kirar, na koʻziga uyqu kelardi (P. T.)
- Uning na Koʻlobda uy-joyi bor, na bu yerda oyoq bosadigan joyi. (S. A.)
- Onaxonning yuragi bir narsani sezganday boʻldi-yu, oyoqlari beixtiyor oldinga yurdi. (As.M.). 2. Yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi esa yana chiroyliroq va baxtliroq boʻladi. (0.)
- Qattiq shamoldan dam chimlar bamisoli qirgʻovulday uchib tushadi, dam bir oz namiqqan erning tuprogʻi palaxsa-palaxsa boʻlib koʻtariladi.
Goh, dam, ba’zan, bir bogʻlovchilari payt ma’nosini ifodalagani uchun qoʻshma gap qismlarini bogʻlashda ham oʻsha mazmun saqlanadi.
Bu soʻzlar sodda gapning fe’l kesimiga bogʻlansa, bogʻlovchi emas, payt holi sanaladi. Qoʻshma gap qismlarini biriktirganda ham, biriktiruvchi vosita boʻlishi bilan birga, payt holi vazifasini ham bajaradi; yo, xoh bogʻlovchilari birdan ortiq voqea-hodisalardan birininggina bajarilishini bildiradi, shu sababli bu soʻzlar sodda gapda gap boʻlagi boʻlib kelolmaydi. Esda saqlang! 1. Bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini biriktirishda halipayt ravishi yoki xohlamoqfe’lining buyruq shakli takrorlanib, bogʻlovchi vazifasida kelishi ham mumkin: Hali muzika chalinadi, hali ashula aytiladi. Xohlang u yogʻini oling, xohlang bu yogʻini oling. 2. Ba’zan, gohbogʻlovchilarini ba’zi, gohi soʻzlaridan farqlash lozim. Bu soʻzlar, odatda, sifatlovchi vazifasida qoʻllanadi: ba’zi talabalar, gohi kishilar. Bu soʻzlar takrorlanib oʻrin-payt kelishigida qoʻllanganda, payt holi vazifasini bajaradi: Ba’zi-ba’zida kishilarning otxonasida otning tuyoq urishi eshitilib turadi. Odam gohi-gohida yanglishadi ham. Inkor bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar Inkor bogʻlovchisi ham ayiruv bogʻlovchilariga oʻxshash, bogʻlangan qoʻshma gap qismi boshida takrorlanib keladi. Inkor bogʻlovchisi inkor ma’nosini ifodalovchi sodda gaplarnigina bogʻlaydi va bogʻlangan qoʻshma gap qismlarida ifodalangan inkor ma’nosini sanab koʻrsatadi. Na bogʻlovchisi vositasida birikkan predikativ qismlar ikki va undan ortiq boʻlishi mumkin: Maydonga jimlik choʻkdi: na mu zika chalinadi, na bolalarning quvnoq ashulalari eshitiladi, na boshqalarning ovozi. (S. Bab.) Uning qulogʻiga na bulbulning ovozi kirar, na koʻziga uyqu kelardi (P. T.) Inkor bogʻlovchisi vositasida birikkan qoʻshma gaplarda keyingi qismlarning kesimi koʻpincha tushib qoladi: Uning na Koʻlobda uy-joyi bor, na bu yerda oyoq bosadigan joyi. (S. A.) Bogʻlangan qoʻshma gap qismlaridagi fe’l kesimlarning toʻliq ifodalanmasligi yoki tushib qolishi, shuningdek qismlar uchun umumiy boʻlgan boʻlakning ishlatilishi qismlarni yanada zich bogʻlaydi. Masalan: 1. Onaxonning yuragi bir narsani sezganday boʻldi-yu, oyoqlari beixtiyor oldinga yurdi. (As.M.). 2. Yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi esa yana chiroyliroq va baxtliroq boʻladi. (0.) 3. Qattiq shamoldan dam chimlar bamisoli qirgʻovulday uchib tushadi, dam bir oz namiqqan erning tuprogʻi palaxsa-palaxsa boʻlib koʻtariladi.Bu misollarning birinchisida Onaxonning, ikkinchisida yurtimizning soʻzlari, uchinchisida esa qattiq shamoldan birikmasi bogʻlangan qoʻshma gap qismlari uchun umumiy boʻlgan gap boʻlaklaridir. Teng huquqli qismlar teng bogʻlovchilar orqali bogʻlanib, bogʻlangan qoʻshma gapni tashkil qilishini koʻrib oʻtdik. Yana qoʻshma gapning shunday koʻrinishi ham borki, bunday qoʻshma gap qismlari oʻzaro tenglanish munosabatiga ega boʻlsalar ham, birinchi predikativ qismning kesimi fe’lning -(i)b ravishdoshi shakli da boʻladi. Bu xilda qoʻllanish uyushgan fe’l kesimlar orasidagi bogʻlanishni eslatadi. Ma’lumki, uyushiq fe’l kesimli gaplarda ba’zan bir fe’l shakli ni bir necha marta takrorlamaslik uchun oldingi kesim -(i)b ravishdoshi shakli da keladi. Masalan: Qizni shu qarorga tayyorlagan e’tiqod necha oy davomida oʻsib, ichidan pishib chiqqan edi. Bu misoldagi oldingi kesimning (oʻsib soʻzining) zamoni keyingi kesim (pishib chiqqan edi soʻzlari) asosida belgilanadi. Xuddi shunday holat, yuqorida aytganimizdek, teng huquqli qismlardan tuzilgan qoʻshma gaplarda ham uchraydi. Ba’zi vaqtda qoʻshma gapning birinchi qismi -(i)b ravishdoshi shakli da boʻladi; bunday konstruksiyalar birdan ortiq fe’l kesimlarni bir xil shaklda takrorlamaslik uchun ishlatiladi. Bunday qoʻshma gaplarda, xuddi biriktiruv bogʻlovchisi orqali bogʻlangan qoʻshma gaplardagiday, ikki qismdagi voqea bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga keladi, ~(i)b ravishdoshini tuslangan fe’lga almashtirish, va biriktiruv bogʻlovchisini qoʻllash mumkin boʻladi. Masalan: Ichkarida ashula tugab, shovqinli kulgi koʻta rildi. (As. M.) Bu misoldagi birinchi gap kesimini tugadi shak liga kiritib, va bogʻlovchisini qoʻyib ishlatish mumkin: Ichkarida ashula tugadi va shovqinli kulgi koʻtarildi.Qiyoslash uchun mi sollar:
Bunday qoʻshma gaplarning bogʻlangan qoʻshma gapga yaqinligini koʻrsatuvchi yana boshqa omillar ham bor. Ular quyidagilardan iborat: 1) qismlarni zichroq bogʻlash uchun umumiy boʻlaklar ishtirok etadi: Salimboyvachchaning rangi oqarib, koʻzlari qoʻrquv dan bir lahzada jonlandi. (O.) Polvonning qoshi chimirilib, boʻyin tomirlari yoʻgʻonlashdi. (S. Ahm.) Bu misollarda ajratib koʻrsatilgan aniqlovchilar har ikki qoʻshma gapning ham ikki qismi tarkibidagi egalarga qarashlidir; Download 89.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling