Qo’shma gaplar. Mundarija: Kirish. I. Qo’shma gaplar


Download 89.01 Kb.
bet3/14
Sana19.09.2023
Hajmi89.01 Kb.
#1681209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi

Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darsliklarda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko‘makchilar, ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli), turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshlarikim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o‘sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshlari va ko‘rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so‘zlar, sababli, tufayli, deb so‘zlari orqali bog‘lanadi: 1) Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2) Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas.





1.2. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar.
Teng bogʻlovchilar orqali birikkan, biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe boʻlmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan qoʻshma gapga bogʻlangan qoʻshma gap deyiladi.
Bogʻlangan qoʻshma gap tarkibidagi qismlar oʻzaro biriktiruv, chogʻishtiruv, ayiruv, zidlov, inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bogʻlovchilar yoki bogʻlovchi vazifasidagi -da, -u(-yu) yuklamalari, boʻlsa, esa soʻzlari vositasida bogʻlanadi.
Bogʻlovchilar predikativ qismlarni bogʻlabgina qolmay, ular orasidagi turli munosabatlarni ham koʻrsatadi:
va, ham, hamda biriktiruv bogʻlovchilari koʻpincha ketma-ket yoki bir vaqtda boʻladigan voqeani;
lekin, ammo, biroq bogʻlovchilari zidlik mazmunini;
goh, dam, ba’zan bogʻlovchilari navbatma-navbat yuzaga keladigan harakatlarni;
yo, (yoki) bogʻlovchisi birdan ortiq voqealardan birininggina yuzaga kelishini;
boʻlsa, esa soʻzlari chogʻishtirish mazmunini ifodalaydi. Bu tipdagi qoʻshma gap qismlarini bogʻlashda predikativ qismlar uchun umumiy boʻlgan ayrim soʻzlarning ishlatilishi, gap qurilishidagi ba’zi holatlar, fe’l kesimlarning zamoni ham ma’lum rol oʻynaydi.
Bogʻlangan qoʻshma gap qismlari bir-biridan intonaqiya bilan ajralib turadi, lekin bu intonaqiya bogʻlovchisiz qoʻshma gaplardagi intonaqiyadan farq qiladi.
Qoʻshma gap (xususan bogʻlangan qoʻshma gap) tarkibidagi qismlar alohida-alohida ajratib qaralsa, ularning har biri mustaqil gapga tengday koʻrinadi, lekin ular qoʻshma gap tarkibida fikriy tugallikka (toʻliq musta­qillikka) ega boʻlmaydi. Shu jihatdan bunday qismlarni mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish toʻgʻriroqdir.
Masalan: Qiyqiriq aralash nogʻora ovozi goh xuddi yaqin biror bogʻda boʻlayotganday barala eshitiladi, goh uni shamol allaqayerlarga olib ketib, bizdan uzoqlashtiradi. (Y.T.) Yoʻlchi boshini quyi solib jim oʻtirdi, ammo cholning yalinishi, savdogarning oyoq tirab turishi yigitning gʻazabini oshira boshladi. (O.)
Bogʻlangan qoʻshma gaplarda birinchi qism erkin tuziladi, keyingisi esa bogʻlangan qoʻshma gap qismlari orasidagi munosabatga bogʻliq holda quriladi. Masalan, boʻlsa, esa soʻzlari yordami bilan birikib, chogʻishtiruv mazmuni ifodalangan bogʻlangan qoʻshma gapda keyingi qismninig qurilishi chogʻishtirilayotgan predmet yoki voqeaga bogʻliq boʻladi. Chogʻishtirilayotgan predmet yoki voqeani ifodalaydigan soʻz keyingi qismning boshida keladi. Shuning uchun ham ba’zan gap boʻlaklari (koʻpincha kesim) takrorlanib keladi: Akam vrach boʻlib ishlaydi, singlim esa oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.
Teng bogʻlovchilar qoʻshma gap tarkibida qoʻllanishiga koʻra ikki xil boʻladi:

Download 89.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling