Qo`ysintoshga


III BOB BO`YICHA XULOSALAR


Download 0.81 Mb.
bet35/42
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#236160
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
Abdiyeva quysintosh azadovnaning

III BOB BO`YICHA XULOSALAR

1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari jaroyonida yozuvchi va shoirlar ijodini targ`ib qilish, ular bilan uchrashuvlar tashkil etish, bir yozuvchining ijodini o`rganishga maxsus alohida dars ajratish ularda badiiy asar o`qishga bo`lgan qiziqishni oshirdi.

2. Boshlang`ich sinflarda uyushtiriladigan sinfdan tashqari o`qish darslarini muntazam va qiziqarli tashkil etilishi, o`quvchini badiiy asarni o`qishga bo`lgan qiziqishini oshiradigan badiiy baquvvat asarlar tanlab o`qitilishi ularning mustaqil o`qish ko`nikmalarini o`stirdi.

3. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar syujeti voqealari o`rtasidagi bog`lanishlar, qahramonlarning fe`l-atvori, asar mavzusi, tili ustida ishlashga e`tibor qaratilishi mustaqil o`qishning mohiyatini anglashlariga olib keladi. Bolada mustaqil o`qishga qo`yiladigan talablarni anglash hisini paydo qildi. Bu mustaqil badiiy asar o`qiydigan faol kitobxonning mustaqil o`qish mazmuni negizini tashkil etadi.

4. Boshlang`ich sinfda mustaqil faoliyat ko`rsata oladigan kitobxonni 1-4-sinflarda shakllantirib borish o`quvchida kitob tanlab o`qish ko`nikmasini shakllantirdi. Bu o`quvchida badiiy asar voqealariga munosabat bildira olish, uni to`g`ri baholashlariga xizmat qiladi.

5. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar tahlilga doir o`quv topshiriqlarini va sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mustaqil kitobxonlik darajasini oshirish uchun kitoblar tavsiya etish o`qituvchilarning ishlari saviyasini ko`tarishga yordam beradi.





Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling