Qo`ysintoshga


Download 0.81 Mb.
bet38/42
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#236160
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Abdiyeva quysintosh azadovnaning

Internet saytlar

44.www.Ziyonet.uz

45.www.pedagog.uz

46.www.tdpu.uz

ILOVA

Sinfdan tashqari mustaqil o`qish uchun tavsiya qilingan asarlardan namunalar:

SAVOLLARGA JAVOBLAR

Xolmurod Safarov

– Til nimaga berilgan?

Qizlar bilan bolaga.

– Tongda salom aytgani,

Ota bilan onaga.

– Qo`l nimaga berilgan?

– Yerga don-dun sochgani.

Erta bahor kelganda,

Bog` jamolin ochgani.

Turli hunar o`rganib,

Turfa kasbni bilishga.

Yiqilganni turg`azib,

Savob ishlar qilishga.

– Quloq nega berilgan?

– Yaxshi gapni uqishga.

Ota bilan onaning

So`zin yodda tutishga.

Donolar nasihatin,

Ilib olsa qulog`ing.

Ishing kelib o`ngidan,

Chopqir bo`lar oyog`ing.

– Aql nega berilgan?

– Halol mehnat qilgani.

Nafsga qul bo`lmasdan,

Poklikka intilgani.
YERNING TILI

Tolib Yo`ldosh

Bobom derlar uqtirib:

Yerning tili bor, bolam.

Hali yer-la so`zlashish,

Yoshsan, kelmas qo`lingdan.

Yer tilini o`rgansang,

Chechak unar yo`lingdan.

– Tap-taqir cho`lni ham sen,

Parvarish et, gullaydi.

Mehnat qilsang jon bolam,

U kuningga yaraydi.

Yerning gapirgani shu,

Mehnat, peshana teri.

Bu yerlar tomchi suvga

Zor edi ko`pdan beri.

– To`g`ri bobojon, – deyman

Bellaridan quchoqlab,

Bobomlardek bo`lishga

Men ham o`zimni chog`lab.

ELYOR DEHQON

(Hikoyat)


Elyor degan dehqon bor edi. Oilasi katta, serfarzand kishi edi. Shu odam adirlikka suv chiqaribdi, keng uzumzor bog` yaratibdi. Kuz kelib, hosil yerdan ko`tarilganda, dehqonning ko`zi quvnabdi.

Kunlardan bir kun soliqchilar kelishibdi. Ular olingan hosilni uch to`daga bo`lmoqni ko`zlabdilar.

O`sha kunlari Amir Temur Kesh shahriga kelgan ekan. Elyor dehqon o`zi yetishtirgan bug`doydan shirmon kulchalar tayyorlatib, Sohibqiron huzuriga yo`l olibdi.

Eshik og`asi qehqonni ichkari boshlabdi. Shohona xona shirmoy non hidiga to`libdi.

Elyor dehqon dasturxonga o`ralgan kulchalarni Amir Temurga uzatibdi.

– Kulchalar o`zing yetishtirgan bug`doydanmi? – so`rabdi Sohibqiron.

– Shunday, amirim! – javob qilibdi Elyor dehqon.

– Ne arzing bor?

Elyor dehqon soliqchilarning ishini so`zlab beribdi.

Amir Temur vazirini chaqirib, ishni taftish etishni, qiynayotgan soliqchilarga tegishli jazo berishni buyuribdi.

– Serfarzand oilalardan imtiyozli soliqlar olish yo`lga qo`yilsin! – deb, farmon e’lon qilibdi.

Shundan so`ng mamlakatda dehqonchilik yanada gurkirab rivojlanibdi. Elyor dehqonning yildan-yilga oilasiga baraka kirib, tez orada boyib ketibdi. Bir o`g`liga tegirmon, ikkinchisiga moyjuvoz, uchinchisiga qandolatchilik do`koni qurib beribdi. Dehqon el-yurt orasida Elyorboy degan nom bilan mashhur bo`libdi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling