Qo`ysintoshga


BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI


Download 0.81 Mb.
bet39/42
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#236160
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Abdiyeva quysintosh azadovnaning

BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI

Beruniy yiliga ikki martagina dam olarkan. Birinchisi Navro`z boshlangan kuni, ikkinchisi bug`doyga birinchi o`roq tushganda.

Dillarni xushnud etib Navro`zi olam yetib kelgan kuni erta tong o`rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarini kiyib, qarindosh-urug`larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekan. Ular bilan birga bo`lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo`sh qo`shishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan...

Hol-ahvol so`raganlarga:

Dam olib, hayot lazzatini totib ko`rmoqdaman, – deb javob berar ekanlar.

Boshoqqa birinchi o`roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo`llariga o`roq tutib azondan to kechgacha bug`doy o`rar ekanlar. O`tgan-ketganlar: «Hormang», – deganda: «Bor bo`ling», – deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug` alloma, kitob yozish, tajriba o`tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib, azondan to kechgacha qo`sh qo`shib, shudgor qilishni, o`roq o`rishni o`zlari uchun dam olish deb bilar ekanlar.

Ha, Beruniy: «Bir daqiqa vaqtni behuda o`tkazganim – halok bo`lganim», – der ekan.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling