Qo`ysintoshga


Download 0.81 Mb.
bet41/42
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#236160
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Abdiyeva quysintosh azadovnaning

Hikmatlar xazinasi

Yigit so‘zidan

Arslon izidan qaytmas.
Va’dada turmoqlik – mardlik belgisi.
Uyat o‘limdan qattiq.
To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir.
O‘ylanmay qilingan ish

Boshga keltirar tashvish.


Ig‘vogarning o‘zi yomon,

O‘zidan ham so‘zi yomon.


Og‘ziga kelganini gapirmoq nodonning ishi.
KUZ KO`RINISHLARI

Habib Rahmat

Saratonning tafti yo`q,

Quyosh botar olisdan.

Ajib bir is taralar

Hov, qirdagi polizdan.
Daraxt bargi tillarang,

Mevalardan tomar bol.

Dalalarga bir qarang,

Oq gullardan chamanzor.


Sumbulaning suvlari

Shishadan ham tiniqroq.

Uchib borar turnalar,

Ko`kda solib arg`imchoq.


Yig`im-terim avjida,

Bir dam qolmas to`xtalib.

Hademay qish yo`rg`alar

Oq ko`rpasin ko`tarib.


Quyoncha

Nosir Fozilov
Dalada ish qizg‘in. Traktor yer haydamoqda. Mirtoji aka traktorchilarga yordamchilik qilmoqda. Uning o‘g‘illari Bektosh va Hoshim maktabda o‘qiydi.

Bir kuni onasi o‘g‘illarini bir ish bilan Mirtoji akaning oldiga yubordi.

Bolalar yo‘lga tushdilar… Keng bepayon dala…hamma yoqda ko‘klam nafasi… Bolalar atrofni tomosha qilishar, zag‘cha galalariga kesak otishar edi. Bektosh otgan bir kesak shudgor chekkasidagi qalin olabutaga borib tushdi. Olabuta ichidan bir kichkina quyoncha hurkib, sakrab chiqdi. Bolalar hayqirishib, quyonchaga otilishdi. Bechora quyon shoshganidan haydalgan yerga qochdi. Bektosh unga yetib oldi. Hoshim ham yetib kelib:

-Vuy, kichkinaligini,- dedi havasi kelib.

Bektosh tutib olgan quyonchasini otasiga ko‘rsatdi. Otasi quyonchani asta qo‘liga oldi. Quyoncha juda yosh, uyungi momiqdek, o‘zi oriq edi. Otasi quyonchani asta-asta siladi:

-Voy, bechora-yey, yaqinda tug‘ilgan ekan. Uyasini traktor buzibdi-da,- dedi u. Keyin bolalariga qarab:

-Onasi izlab yurgandir…

Bolalar quyonchani avaylab o‘z joyiga eltib qo‘ydilar.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling