Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Motivatsiyaning ijobiy va salbiy omillari


Download 1.45 Mb.
bet13/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Motivatsiyaning ijobiy va salbiy omillari. Hayotda bо‘lishi mumkin bо‘lgan motivatsion omillarning hammasini hissiy ravishda tushunarli bо‘lgan ikkita g‘oyaga ajratish mumkin:

  • og‘riqlardan xolos bо‘lish;

  • lazzatlanish.

Bu holda ikkala omil ham ichki yoki tashqi bо‘lishi mumkin. Agar sizning harakatlaringizda ikkala omil ham ishtirok qilayotgan bо‘lsa, juda kuchli oldinga siljish bо‘ladi. YA’ni bu omillarning bittasi orqadan turtki beradigan, ikkinchisi esa oldinga yetaklovchi vazifasini bajaradi.
Motivatsiyaning bu turlari turli yо‘nalishlarda, turli natijalar bilan va turlicha ta’sir kо‘rsatadi. Hamma odamlar ma’lum darajada ikkala motivatsiya turidan ham foydalanishadi. Lekin bunda ularning bittasini kо‘proq afzal kо‘rishadi.
Motivatsiya omillari ularning holati bilan qanday aloqada bо‘ladi?

Turlari

Ichki

Tashqi

Ijobiy

Orzu, amalga oshganlik, g‘oyalar, ijodiyot, hayotda о‘z о‘rnini topish, ishonch, qiziquvchanlik, salomatlik, kimgadir keraklilikni his qilish, shaxsiy rivojlanish, muloqotga bо‘lgan ehtiyoj

Pullar, martaba, mavqe, tan olinish, nufuzni oshiruvchi narsalar (uy, kvartira, mashina), turmush estetikasining yuqori darajasi, sayohat qilish imkoniyati

Salbiy

Amalga oshmaganlik, kamsitilganligini his qilish, salomatlikni yо‘qotish, muloqotning yetishmasligi, himoyalanganlikning yetishmasligi

Xayfsan, oylik maoshni kamayishi, mavqening pasayishi, tan olinmaslik, hayoti yoki salomatligiga tahdid


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling