Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


III BOB RAG‘BATLANTIRISH OMILI SIFATIDAGI INSONIY SARMOYANING IJTIMOIY-MADANIY JIHATLARI


Download 1.45 Mb.
bet23/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

III BOB
RAG‘BATLANTIRISH OMILI SIFATIDAGI INSONIY SARMOYANING IJTIMOIY-MADANIY JIHATLARI


3.1. Insoniy sarmoya nuqtai nazaridan xodimlarni rag‘batlantirish
Xodimlarni rag‘batlantirish (xodimlar motivatsiyasi) – bu mehnatkashlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimidir. Mazkur tizim mehnat faolligini va mehnat samaradorligini yuksaltirish bо‘yicha bir qator chora-tadbirlar majmuini о‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar о‘ta turli tuman bо‘lishi mumkin hamda tashkilotda rag‘batlantirishning qanday tizimi kо‘zda tutilganligi, boshqaruvning umumiy tizimi qandayligi va tashkilotning о‘zidagi faoliyatning о‘ziga xosliklariga bog‘liqdir.
Bugungi kunda inson hayotida muvaffaqiyatli qо‘llab kelinayotgan motivatsiyalashning barcha usullarini uch asosiy turkumga bо‘lish mumkin, bular:

  • Xodimlarni rag‘batlantirish

  • О‘quvchilarni rag‘batlantirish

  • О‘z-о‘zini rag‘batlantirish.

Xodimlarni motivatsiyalash usullarini iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va ijtimoiy-psixologik usullarga bо‘lish mumkin:

  • Iqtisodiy usullar moddiy motivatsiyalashni, ya’ni moddiy ne’matlar berish evaziga xodimlar о‘z majburiyatlarini bajarishi va muayyan natijalarga erishishini nazarda tutadi.

  • Tashkiliy-ma’muriy usullar hokimiyatga, reglamentga, qonunlarga, nizomga, subordinatsiyaga va h.k.larga bо‘ysunishga asoslangan. Shuningdek, bu usullar majburlash imkoniyatlariga ham tayanishi mumkin.

  • Ijtimoiy-psixologik usullar xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish uchun qо‘llaniladi. Bu yerda kishilar ongiga, ularning ma’naviy, diniy, ijtimoiy va boshqa manfaatlariga ta’sir о‘tkazish amalga oshiriladi, shuningdek mehnat faoliyatini ijtimoiy rag‘batlantirish yuz beradi41.

Bugungi kunda insoniy sarmoyani shakllantirishdagi motivatsion mexanizmlarni boshqarishning о‘ziga xosligi muhim muammoga aylanib bormoqda. Motivatsiya omillari naqtai nazaridan insoniy sarmoyaning boshqarishga bо‘lgan yondoshuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy sharoitlarda motivatsiya omillarining о‘ziga yarasha inson sarmoyasi aylanishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatuvchi nafaqat moddiy balki moddiy rag‘batlarni ham anglatadi. Kishining insoniy sarmoyasini rivojlantirishning asosiy yо‘nalishlari sifatida uning ehtiyojlari va salohiyatlarini kо‘rib chiqish ijobiy sarmoyani rivojlantirish omillari bilan bog‘liq. Ijobiy motivatsiyaning asoslari shaxsning о‘zini namoyon etishga, yuksak darajadagi oliy bilmga erishishga, yangi bilimlarni о‘zlashtirishga intilishida va eng asosiysi nafaqat tashkilot balki jamiyat tomonidan talab qilinayotgan asosiy ma’naviy-axloqiy va g‘oyaviy-vatanparvarlik sifatlarini egallashga bо‘lgan intilishida namoyon bо‘lmoqda42.
“Insoniy sarmoya” tushunchasi g‘arb iqtisodiy adabiyotiga va fanga XX asrning 60 yillarida kirib keldi. Ushbu tushunchaga qiziqishning vujudga kelishiga ikki asosiy sabab mavjud. Birinchidan, olimlarning e’tibori inson muammolarini tadqiq qilishga qaratiladi. Ikkinchidan, insonning ijodiy salohiyatlarini faollashtirish, yuqori malakali ishchi kuchini rivojlantirish, iqtisodiy yuksalishga erishishning eng samarali usuli ekanligi tan olina boshlandi. Insoniy sarmoya tabiiy zahiralarga yoki tо‘plangan boylikka nisbatan anchagina muhim bо‘lgan eng qimmatli zahira sifatida e’tirof etildi. Aynan moddiy vositalar emas, balki insoniy sarmoya raqobatbardoshlik, iqtisodiy yuksalish va samaradorlikning belgilovchi omilidir.
Mutaxassislarning fikriga kо‘ra, nazariy jihatdan “insoniy sarmoya” tushunchasini uch darajada farqlash mumkin:

  • Shaxs darajasidagiinsoniy sarmoya inson bilim olish, kasbiy tayyogarlik, amaliy tajribi yо‘li bilan qо‘lga kiritgan bilimlari va kо‘nikmalari insoniy sarmoya deb ataladi, inson shular tufayli boshqa kishilarga qimmatli ishlab chiqarish xizmat kо‘rsatish mumkin. Bu darajadagi insoniy sarmoyani daromad keltiradigan shaxsiy mulkning boshqa kо‘rinishlariga qiyoslash mumkin va bularni biz shaxsiy, yoki xususiy insoniy sarmoya deb ataymiz;


  • Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling