Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Download 1.45 Mb.
bet22/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Ouchining Znazariyasi. Ushbu nazariyaning muallifi Amerikalik psixolog Uilyam Ouchidir.
Z nazariyasida psixologiya bо‘yicha yaponcha tajribalar asos qilib olingan va Mak Gregorning XY nazariyasidan olingan qarashlar bilan tо‘ldirilgan.Jamoaviylik tamoyili Z nazariyasi uchun asosiy tamoyildir, bunda tashkilot yaxlit mehnat avlodi yoki katta oila sifatida tasavvur qilinadi. Asosiy vazifa xodimlarning maqsadlarini korxona maqsadlariga moslashtirishdir36.
Xodimlar faoliyatini tashkil etishda Z nazariyasiga tayanish uchun xodimlarning aksariyati jamoada ishlashni yoqtirishi va boshqa narsalardan tashqari, ularning yoshi bilan bog‘liq lavozimda kо‘tarilish istiqbollariga ega bо‘lishni istashlarini nazarda tutish zarur. Shuningdek, xodimlar rahbarlar ularga g‘amxо‘rlik qilishiga va о‘zlari esa bajarayotgan ishlari uchun mas’ul ekanliklariga ishonadi. Kompaniya о‘z xodimlarini о‘qitish va malakasini oshirish bо‘yicha dasturlar bilan ta’minlashi lozim. Xodim ishga yollangan muddat ham katta rol о‘ynaydi. Agar yollanish umrbod bо‘lsa yanada yaxshi. Xodimlarning motivatsiyasini kо‘tarish uchun rahbarlar ularning umumiy maqsadlarga ishonishiga erishishi, ularning farovonligiga katta e’tibor qaratishlari lozim.
Yuqorida kо‘rib chiqilgan motivatsiya nazariyalari bugungi kunda eng ommaviy nazariyalardir. Hozirgi lahzada mavjud bо‘lgan motivatsiya nazariyalari rо‘yxatini yana о‘nlab nazariyalar (gedonik nazariya, psixotahlil nazariyasi, drayvlar nazariyasi, shartli reflekslar nazariyasi va kо‘plab boshqa nazariyalar) bilan tо‘ldirish mumkin. Biroq, mazkur о‘quv qо‘llanmaning vazifasiga faqat motivatsiya nazariyalari haqida fikr yuritish emas, balki motivatsiya usullarini yoritish ham kiradi.


2.4. San’at va madaniyat muassasalarida rag‘batlantirishning zamonaviy turlari
Ijodiy faoliyatni tushunish uchun nafaqat fikrlash jarayonlarini, balki qandaydir yangilikni yaratish uchun ushbu jarayonlarni harakatga keltiruvchi kuchlarni ham e’tiborga olish lozim. Tadqiqotchini boshqa kishilardan alohida aqliy salohiyatlari emas, balki uning ikki ishtiyoqi: haqiqatga muhabbat va shon-shuhratga tashnalik motivatsiyasi farqlab turadi. Insonni ijodiy faoliyatga undash borasida turli nuqtai nazarlar mavjud. Suqrot shoirlar о‘z asarlarini intilish yoki san’at tufayli emas, balki qandaydir tabiiy hissiyotlarga bо‘ysingan holda yaratishini isbotlab bergan.
Piter Druker о‘zining “XXI asrdagi menejment vazifalari” nomli asarida boshqa masalalar bilan bir qatorda aqliy mehnat xodimlari unumdorligini boshqarish muammosini ham kо‘rib chiqqan. Mazkur kitobda keltirilgan bunday turdagi xodimlarning tavsifi ijodiy kasb mutaxassislariga ham tо‘la tegishlidir37.
Druker aqliy mehnat xodimlarining ish unumdorligiga ta’sir kо‘rsatadigan olti omilini sanab о‘tgan:

  1. Aqliy mehnat xodimining unumdorligi ishlab chiqarish vazifasi nimadan iborat degan savolga aniq javobni talab qiladi.

  2. Mehnat unumdorligi uchun mas’uliyat tо‘laligicha xodimning о‘ziga yuklanadi. Aqliy mehnat xodimlari о‘zlarini о‘zlari boshqarishi lozim, (ular о‘z о‘zlari uchun ish boshqaruvchi) ularga mustaqillik zarur.

  3. Uzluksiz innovatsion faoliyat aqliy mehnatning ajralmas qismiga aylanishiga va aqliy mehnat xodimining ishlab chiqarish vazifasiga kiritilishi lozim, u yangiliklar joriy qilinishi uchun mas’ul bо‘lishi lozim.

  4. Aqliy mehnat xodimi bir tomondan doimiy о‘qishi boshqa tomondan esa muntazam о‘qitishi zarur.

  5. Aqliy mehnat xodimlarining unumdorligi miqdor yoki hajm bilan о‘lchanmaydi (har holda bular asosiy kо‘rsatkichlar emas).

  6. Aqliy mehnat xodimining unumdorligini oshirish uchun unga “nuqson” sifatida emas, balki “sarmoya” sifatida qarash zarur. Aqliy mehnat xodimi muayyan tashkilot uchun ishlashni istashlari va buni boshqa barcha imkoniyatlardan afzal deb о‘ylashlari lozim.

Motivatsining sanab о‘tilgan omillarini ijodiy kasb vakillari faoliyatiga ham qо‘llash mumkin. Masalan, yozuvchi raman yozishni, san’atkor – muayyan rolni о‘ynashni, rassom rasm chizishni о‘z oldidagi vazifa deb biladi. Biroq, ishlab chiqarish vazifalarni hal qiluvchi jismoniy mehnat xodimlaridan farqli о‘laroq madaniyat sohasi vakillari birinchi navbatta “ishlab chiqarish” vazifasi nimadan iborat ekanligiga e’tibor qaratadi.
Ijodkorning ish jarayonini nazorat qilish murakkab ish, chunki ishning bajarilishi uchun mas’uliyat tо‘laligicha uning о‘ziga yuklanadi. Ifodalashning yangicha usullarini izlash о‘z-о‘zini takomillashtirish va bilim olish ijodning ajralmas qismidir.
Sifat – bu ijodiy mehnat yakuniy mahsulotining о‘ziga xos bahosidir. Masalan, badiiy romanning sifati uning eng muhim kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib, bu asarning ommalashuviga yoki ommalashmasligiga ta’sir kо‘rsatadi. Binobarin, yozuvchining ijodiy salohiyatini о‘ziga xos “sarmoya” daromat topishning yashirin manbai sifatida qarash mumkin.
Menejmentning butun rivojlanish jarayonida agar jismoniy mehnat harajatli faoliyat sifatida qaralgan bо‘lsa, hamda uning unumdorligini rivojlantirish nuqsonlarni qisqartirish yо‘li bilan olib borilgan bо‘lsa, madaniyat sohasi doiralaridagi ijodiy mehnatni garchi moddiy bо‘lmasada, tashkilotning asosiy sarmoyasi sifatida kо‘rib chiqish mumkin. Madaniyat arboblari bilan ishlashda nuqsonlarni kamaytirish tо‘g‘risida sо‘z bо‘lishi mumkin emas, bu borada Amerikalik olimlar quyidagi dalilni keltirishadi: “xaligacha hech kim uch inson soatiga teng bо‘lgan 45 daqiqa davomidagi Shubert kvartetini ijro etishga bо‘ladigan harajatlarni qisqartirish imkoniyatini topa olmadi”38.
Ishlab chiqarish vositalarga ega bо‘lmagan jismoniy mehnat vakillaridan farqli о‘laroq, ijodiy kasb egalari ancha mustaqildir, chunki ish ular uchun emas, aksincha ular ish uchun kerakdir. Masalan, tomoshabinlar Mariinsk teatriga u yerda Diana Vishneva va Ulyana Lopatkina raqs tushgani uchun borishadi.
Aynan о‘z salohiyati va g‘oyalariga ega bо‘lgan kishilar tashkilotning asosiy sarmoyasidir. Har bir alohida xodimning iste’dodi tashkilot uchun daromad manbai bо‘lganda bunday xodimlarni jalb qilish va ushlab turish hamda ularni iste’dodini imkon qadar mahsuldorga aylantirish masalasini hal qilish о‘ta muhim vazifaga aylanadi.
Ijodiy shaxslarni motivatsiyalash masalasiga bog‘liq holda “iste’dod” va “daholik” tushunchalarga e’tibor qaratish zarur.
Daholik bu zamon bilan belgilanadigan sifatdir. Chunki, tarixda u yoki bu arbobning tiriklik chog‘ida daholigini tan olish holati kam uchraydi. Iste’dod esa zamonaviylik doirasidan kamdan kam chiqadi, u tasavvurlarning shakllangan tizimi doiralarida takomillashuvini nazarda tutadi.
Daholik doimo о‘z zamonasidan ilgariroq yuradi. Qadriyatlarning sifat jihatidan yangi tizimini yaratadi. О‘z zamondoshlari tomonidan qabul qilinmaydi. Biroq, kelgusi avlodlar tomonidan munosib tarzda e’tirof etiladi. Daholik о‘z-о‘zini namoyon etishning og‘riqli jarayonidan iborat bо‘lib, kо‘pincha halokatli holda tugaydi. V.F. Komissarjevskiy nomidagi Sankt-Peterburg akademik drama teatrining badiiy rahbari V.A. Novikovsо‘zlariga kо‘ra daholik – bu о‘tkir psixozga yaqin turuvchi holat bо‘lib, kо‘pincha inson aqldan ozganligi yoki daholigini aniqlashning imkoni bо‘lmaydi.Daholar yangilik yaratadi. Iste’dodlilar esa uni rivojlantiradi. Daholar voqe’likni qabul qila olmaydi. “daholarini rag‘batlantirish” degan sо‘z qandaydir g‘alati bо‘lib kо‘rinadi. Ehtimol о‘z zamonasining dahosini bilish uchun kishining о‘zi daho bо‘lishi kerakdir.
Kundalik hayotda biz ist’dodli kishilar bilan ishlashimizga tо‘g‘ri keladi. Bugunning о‘zida biz tushunishimiz va qabul qilishimiz mumkin bо‘lgan kishilarni esa rag‘batlantirishimiz lozim.
Ijodiy mehnat vakillari uchun о‘z-о‘zini namoyon etish ehtiyoji eng asosiy ehtiyojdir. A.Maslouning fikriga kо‘ra “yorqin ijodiy salohiyatga ega bо‘lgan kishilarning ehtiyojlari boshqa kishilarning ehtiyojiga nisbatan bir muncha ahamiyatli bо‘lib kо‘rinadi. Ular his qiladigan ijodiy salohiyatni dolzarblashtirish ehtiyoji doimo ham asosiy ehtiyojlar kо‘payib ketganidan vujudga kelavermaydi. Kо‘pincha ular qoniqmaslikka zid tarzda ijod qiladilar”39.
Garchi о‘z-о‘zini namoyon etishga bо‘lgan ehtiyoj asosiy ehtiyoj bо‘lsada, iste’dodli kishilar oddiy insoniy ehtiyojlardan qoniqish olishdan bosh tortmaydilar. Barcha kishilar kabi ijodiy xodimlar sevish va sevilishni, о‘z oilasini boqishga, bolalarining kelajagini ta’minlashga qodir bо‘lishni istaydilar, ularni hurmat qilishlarini va tan olishlarini, ertangi kunga ishonch bilan qarashni xohlaydilar. О‘z-о‘zini namoyon etishga bо‘lgan ehtiyoj boshqa ehtiyojlarning о‘rnini bosmaydi, balki ular bilan birgalikda kechadi.
Mashhur bastakorlardan biri Yakov Dubravin bunday degan edi: “Men yozmasdan tura olmayman. Bu huddi tishni yuvish, nonushta qilishga ehtiyojdir. Ijod qilish jarayoni uzluksiz kechadi”.
V.A.Novikovning fikriga kо‘ra “ijod qilish jarayoni bu insonning ichidan keladigan bosmdir. Unga qarshi turib bо‘lmaydi. Biroq, “san’atkor och bо‘lishi lozimligi” tо‘g‘risida gap bо‘lishi mumkin emas. San’atkor tо‘q bо‘lishi lozim. Har qanday meyordagi inson singari u о‘z mehnati bilan о‘ziga munosib hayotni ta’minlay olishi lozim.”
Ijodiy kishilarning ehtiyojlari mohiyatiga kо‘ra har qanday insonning ehtiyojlariga о‘xshashligi bois ijodkorlarni motivatsiya qilish uchun motivatsiyaning mavjud nazariyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Biroq, bunda ijodiy mehnatning о‘ziga xosliklarini hisobga olish zarur.

  • D.Mak-Klellandning nazariyasiga (qо‘lga kiritilgan ehtiyojlar nazariyasi) kо‘ra ijodiy mehnat xodimlari huddi boshqa kishilar singari nafaqat о‘zini kо‘rsatishga, balki qо‘lga kiritilgan boshqa ehtiyojlar – muvoffaqiyatga, mansublik, hokimiyatga bо‘lgan ehtiyojlarni qondirishga intiladilar.

  • Gersberg qarashlariga muvofiq (ikki omimlli motivatsion – gigiyenik model) ijodiy mehnat xodimlarini yomon mehnat sharoitlari, kam maosh, boshliqlar va hamkasblar tomonidan tushunishning yо‘qligi g‘ashini keltiradi va qoniqmaslik uyg‘otadi, ularni yutuqlarini e’tirof etish, yuksak darajadagi mas’uliyat singari omillar ularni rag‘batlantiradi.

  • V.Vrumning qarashlariga kо‘ra (umidlar nazariyasi), xodimlar qanday natijaga erishish uchun qanday say harakatlar qilishi lozimligi, ular bunga qanday mukofot olishlari va bu mukofot ular uchun qanchalik qadrga egalidan kelib chiqqan holda о‘z xatti-harakatlarini shakllantiradilar.

  • S.Adams nazariyasiga kо‘ra (adolat nazariyasi), ijodiy xodimlar о‘z mehnatiga adolatli baho olishga hamda о‘z mukofotlarini tarmoqdagi va о‘z tashkilotidagi boshqa xodimlarning mukofotlari bilan taqqoslashga intiladilar.

Shunday qilib, motivatsiyaning turli nazariyalarini ijodiy kasb mutaxassislariga nisbatan umuman qо‘llash mumkin. Ammo quyida sanab о‘tiladigan ayrim о‘ziga xosliklarni e’tiborga olish zarur.
Madaniyat sohasiga azaldan kam mablag‘ ajratilishi azaldan ma’lum. Buni U.Baumol va U.Bouen ham о‘z vaqtida kо‘rsatib о‘tishgan edi40.
О‘zbekistondagi bugungi voqe’liklar shundan iboratki, kо‘plab san’atkorlar, yozuvchilar, musiqachilar, rassomlar va shuningdek, san’at madaniyatga aloqador ta’lim muassasalarda bilim olgan kо‘plab talabalar ishsiz qolmoqda. Bunday vaziyat teatrlar, muzeylar, nashriyotlar va madaniyatga oid boshqa tashkilotlarga arzimagan maosh uchun ishlaydigan xodimlar topish imkoniyatini ta’minlaydi. Bundan tashqari madaniyat tashkilotlarida tadbirkorlik tuzilmalaridan farqli о‘laroq ijodiy mutaxassislar uchun lavozimda kо‘tarilish tizimi mavjud emas. Shunday bо‘lsada, maoshning kamligi hamda lavozimda о‘sishning yо‘qligi qator holatlarda о‘z ishidan ma’naviy qoniqish olish bilan qoplanadi. Buni Baumol va Bouenlar “psixologik daromad” deb atagan edi. Demak, jamiyatdagi obrо‘, о‘z g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyati, ijod erkinligi va hakozalarni psixologik daromad deb atash mumkin.
Elga tanilib ulgurgan san’atkorlar bilan ishlash yanada qiyinroqdir. Rossiyalik mutaxassis V.A.Novikovning fikriga kо‘ra “tanilib ulgurgan san’atkorni jalb qilish uchun yoki noyob ssenariy yoki buyuk rejissyor yohud katta mablag‘ kerak bо‘ladi”.
Ijodiy kishilar bilan ishlashda ularning ishlab chiqarish vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq belgilash lozim. Bu ularga mayda chuda narsalarga chalg‘imagan holda muayyan vazifani bajarishga e’tiborini jamlashga imkon beradi. Agar san’atkorning о‘zi ish nimadan iborat ekanligini, buni bajarish uchun nima zarurligini va ishni bajarishga nima halal berishini aniqlab bersa, yanada yaxshiroqdir.
Rossiyada xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, bastakor Y.I.Dubravin: “Men musiqa yaratishni istayman. Biroq, meni tinch qо‘yishlarini hech kimga hisob bermaslikni, moslashuvchan grafik bо‘yicha ishlashni xohlayman. Ish qanday borayotganligini sо‘rashlarini yoqtirmayman. Men yaratgan asar bu mening natijamdir.” degan edi.
Vazifa shakllantirilgandan sо‘ng, mustaqillik chegaralari va ijodkorning mas’uliyat darajasini belgilab olish zarur. Aynan ijodkor nima uchun va kim oldida javob berishi, uning mehnati qanday baholanishi borasida о‘zi bir qarorga kelishi lozim. Xodimning ijodiy mehnati mustaqilligini kengaytirish ularning mas’uliyat darajasini tutadi.
О‘z-о‘zini takomillashtirish ijodiy faoliyatning zaruriy shartidir. San’at ahliga о‘zini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish lozim. El nazariga tushib ulgurgan san’atkorlar sahnaga chiqqanda о‘z holicha rol ijro etishni, uning ustidan kimdir nazorat qilmasligini xohlaydi.
Ijod kishilar bilan ishlash ularning rahbarlaridan psixologiyani bilishni taqozo etadi. Arzimagan tanqid yoki san’atkorning iste’dodi borasidagi salgina shubha munosabatlarni tо‘liq uzilishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiy tanbehni san’atkor yakkama-yakka holda xotirjam eshitishi, sо‘ngra о‘z xatolarini tо‘g‘irlashi mumkin. Ammo san’atkorni boshqa san’atkorlar oldida tanqid qilishdan Xudoning о‘zi asrasin. Boshqa san’atkorlar oldida iste’dodining yerga urilishi о‘lim bilan barobar. Kо‘pincha rejissyorlar san’atkorni yanada yaxshi natijalarga erishishi uchun omma oldida qattiq tanqidga tortishadi. Ammo bu yerda qay darajada tanqid qilish mumkinligini bilish nihoyatda zarurdir.
Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, madaniyat sohasidagi xodimlarni asosiy ehtiyoji о‘zini namoyon etishdir. Shu bois ularning iste’dodini e’tirof etilishi ular uchun juda muhimdir. Afsuski bunday ehtiyoj kо‘pincha yulduzlik kasaliga aylanib ketadi. Bunga misol qilib, Rossiyadagi Bolshoy teatr va shu teatr balerinasi Anastasiya Volochkova о‘rtasidagi mojaroni kо‘rsatish mumkin.
A.S.Pushkin bir vaqtlar “ilhom sotilmaydi, lekin qо‘lyozmani sotish mumkin” degan ekan. Haqiqadan ham ijod jarayoniga menejment aralasha olmaydi. Biroq, ijod jarayoni uchun zaruriy sharoitlar yaratish uning qо‘lidan keladi. Demak, aynan rahbarlar ijodkor uchun imkon qadar erkinlik sharoitini yaratishi hamda u о‘zining ishlab chiqarish vazifasi nima ekanligini anglashi va о‘z faoliyati uchun kim oldida hisob berishi lozimligini tushintira olishlari zarur.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling