Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya
Motivatsiya va ijtimoiy javobgarlik
Download 1.45 Mb.
|
МОТИВАЦИЯ 2(1)
Motivatsiya va ijtimoiy javobgarlik
Bugungi kunda tashkilotlar aholining keng qatlamlari, turli ijtimoiy uyushmalar va guruhlar bilan о‘zaro, guruhlar bilan muntazam о‘zaro harakat qilmoqda, ularning ta’siriga tushmoqda, о‘zi ham ularga ta’sir о‘tkazmoqda. Bu tashkilotlar о‘ziga zarar yetkazmagan holda jamiyat manfaatlarini nazardan qochira olmasliklarini anglatadi. Aksincha, tashkilot va uni о‘rab turgan jamiyat birlashib, yaqinlashib borgan sari ular tegishli ijtimoiy qadriyatlarni kо‘proq qabul qiladilar va о‘z xatti-harakatlarni shunga moslashgan holda olib boradilar. Zamonaviy jamiyatni xavfsizlik muammolari, atrof-muhitni muxofaza qilish, teng imkoniyatlar, ijtimoiy adolatni hamda farovonlikning yuksalishini ta’minlash, onalik va bolalak, jinoyatchilikning о‘sishi hamda inson huquqlariga rioya qilishi, globallashuv va milliy manfaatlarni ximoya qilish muammolari tashvishga solmoqda. Agar muayyan ijtimoiy guruhlarga e’tibor qaratiladigan bо‘lsa, ularning manfaatlari bir muncha aniqroq kо‘rinadi. Masalan, iste’molchilar bir muncha sifatli va ekologik jihatdan xavfsiz mahsulotlarni harid qilishdan manfaatdor bо‘lsa, ta’minotchilar ularning xom ashyolari harbiy maqsadlar uchun qо‘llaniladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xizmat qilmasligidan manfaatdordirlar. Bunga о‘xshash misollarni umumlashtirgan holda ijtimoiy mas’uliyat tushunchasini shakllantirishga urinish hamda undagi ikki tarkibiy qismni ajratib kо‘rsatish mumkin: Tashkilot tomonidan uning faoliyatidan yuzaga kelgan salbiy tashki samaralar bо‘yicha majburiyatlar qabul qilish (tashqi samaralarni bartaraf etish); Tashkilot hamkorlik qilayotgan jamiyat ma’qul kо‘rgan g‘oyalar va maqsadlarni qabul qilish va qо‘llab-quvvatlash; shu asnoda mazkur g‘oyalar va manfaatlar tashkilot faoliyati bilan bevosita bog‘liq bо‘lmasligi ham mumkin. Muayyan holatlarda tashkilot ijtimoiy javobgarligi muayyan vositalarga aylanishi mumkin, bulardan tashkilot xodimlarining ishga motivatsiyasi va mahsuldorligini yuksaltirish yо‘lida foydalanish mumkin. Bularning barchasi ijtimoiy javobgarlik muammosiga tashkilotning о‘sib borayotgan qiziqishini belgilab beradi. Yevropada ijtimoiy javobgarlik XIX asrda rivojlana boshladi, bu sanoatlashuv davrida ishchilarning mehnat sharoitlari qanday mehnatga haq tо‘lashni yaxshilash yо‘lida ishchilar harakatining vujudga kelishi bilan bog‘liq edi. Shu bilan birgalikda о‘sha davrda muammo о‘zi uncha aniq ilgari surilmagan. Faqat maoshni kо‘tarish va ish kuni davomiyligini qisqartirish bо‘yicha olib borilgan muzokaralar soyasida kо‘zga tashlangan. Korxona egalari ishchi kuchini jalb qilish va ushlab turish uchun ularni yotoqxonalar bilan ta’minlagan. Yashashi, о‘qishi, salomatligini saqlashi va xatto diniy xizmatlari uchun haq tо‘lagan. Aynan ishchilar va ularni yollovchilar о‘rtasidagi kurash vaqti kelib kasaba uyushmalari harakati shakliga kirgan holda tashkilot ijtimoiy javobgarligi hodisasi shakllanishiga asos bо‘ldi. Tashkilot ijtimoiy javobgarligi muammosiga bevosita qiziqishning vujudga kelishi о‘tgan asrning 50-60 yillarida AQShda fuqarolik harakatlarining faollashuvi bilan bog‘liq desa ham bо‘ladi. Ushbu harakatlarning ishtirokchilari о‘z ijtimoiy maqsadlaga erishish uchun korporatsiyalarni ijtimoiy mas’ul xatti-harakatga majburlagan holda, ulardan ya’ni xodimlar va iste’molchilarni irqiy tahqirlashdan bosh tortish, harbiy mahsulotni yetkazib berishni tо‘xtatish, atrof-muhitni himoya qilish, о‘z bо‘limlarida va shu jumladan, uchinchi olam mamlakatlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash yо‘lida foydalana boshladilar53. 1970 yillardagi korporativ mas’uliyatni tadqiq qilish bо‘yicha ishlarning faollashuvi aksariyat kompaniyalarda vujudga kelgan inqirozli vaziyatlar bilan bog‘liq edi. Hozirgi vaqtda korporatsiyalarning ijtimoiy javobgarligi majburiyatdan kо‘ra raqobatli kurash vositalaridan biriga aylana boshladi. Haqiqatdan ham tashkilotlar ijtimoiy muammolarni hal qilishga mablag‘ yо‘naltirishni boshlab, vaqt о‘tgan sari ushbu sarmoyalardan foydalana boshladi. Xodimlar va xaridorlarga nisbatan irqiy, milliy va jinsiy alomatlarga kо‘ra tahqirlash siyosatidan bosh tortish korporatsiyalarga о‘zi uchun mehnat zahiralari bozorini, mahsulot sotish bozorini kengaytirish hamda о‘zlarining yangi xodimlarining noan’anaviy yondoshuvlari tufayli kо‘plab hal qilinmagan muammolarni muvoffaqiyatli hal qilishga kirishgani buning yorqin misolidir. Ijtimoiy javobgarlik namoyn bо‘lishning yana bir misoli – atrof-muhitga munosabatdir. Ekologik xavfsiz ishlab chiqarish va ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarmoya qо‘ya boshlagan kompaniyalar ekologiya uchun jarima tо‘lovlarni ancha qisqartirgan, hom ashyo iste’molini oqilonalashtirgan hamda ekologik xavfsiz mahsulotlarni afzal kо‘ruvchi iste’molchilarning kundan kunga kо‘payib borishi hisobiga katta yutuqlarga erisha boshladi. Shuningdek, о‘z muddatini о‘tagan mahsulotlarni yо‘q qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan kompaniyalar ham jamiyat nazarida о‘z qiyofasini yaxshilagan holda о‘zlari uchun butkul yangi va istiqbolli bozorni kashf qildilar. Tashkilotlar korporativ ijtimoiy javobgarlikda ishtirok etadigan tо‘rtta sohani ajratib kо‘rsatish mumkin: Ish о‘rni (workplace) ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, uni ishlab chiqarish jarayoni va chiqindilar hamda zararli oqovalarni boshqarishni yо‘lga soluvchi mezonlar bilan belgilangan holda komponiyaning bevosita nazorati ostida turadi; Bozor (marketplace) – bu yerda ijtimoiy javobgarlik mahsulotni taqsimlash va sotish kanallari, marketingda qо‘llaniladigan usullar, mahsulot yetkazib berish silsilasihamda tadbirkorlik munosabatlari, xaridorlar tomonidan rasmiy va norasmiy kо‘rinishda belgilanadigan mezonlar orqali namoyon bо‘ladi; Jamoatchilik (communities) – u ishlab chiqarishning hamda yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarni sotishning barcha bosqichlariga ta’sir о‘tkazadi; Davlat boshqaruvi sohasi (public policy) – bu orqali tadbirkorlik davlat muassasalarga, ijtimoiy sektor hamda ijtimoiy infro tuzilmani, masalan, ta’lim tizimi va transportni boshqarish bо‘yicha davlat muassasalariga ochiq ta’sir kо‘rsatadi54. Sо‘nggi о‘n yilliklarda jahon iqtisodiyotining rivojlanishi tadbirkorlikning ma’naviy jihatlariga e’tiborning kuchayishi bilan birga kechmoqda. Bu ham tadbirkorlar jamiyatining о‘z manfaatlariga ham umuman jamiyat manfaatlariga mos keladi. Ish bilarmonlik qarorlarini qabul qilishda ma’naviy jihatlarni kuchaytirish zaruratini iqtisodiy jihatdan rivojlangan, xо‘jalik yuritish – huquq mexanizmlarining yо‘lga solinganligi yuksask darajalarga kо‘tarilgan mamlakatlar birinchi bо‘lib anglab yetdilar. Asta-sekin ishbilarmonlik ma’naviyati sohasida iqtisoslashgan tashkilotlar, davlat, tadbirkorlar, jamoatchilik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari say harakatlari bilan tadbarkorlikning ma’naviy jihatlarini muhokama qilish mumkin bо‘lgan iqlim yaratildi va ma’naviy tomonlarga ergashish ancha keng tarqaldi. Bundan sо‘ng kompaniyalarda ma’naviy dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish bо‘yicha amaliy qadamlar qо‘yila boshladi, bular ilg‘or tajriba bilan almashish hamda ularni tarqatish bilan birga kechdi. Tashkilotda ish ma’naviyatini yо‘lga solish tizimining tо‘rt bosqichi borligini tajriba kо‘rsatmoqda: Ma’naviy tamoyillar (kо‘rsatmalar) – bular tashkilotdan tashqaridagi muhitda hukumron bо‘lib, ularning о‘zgarishi jamiyatdagi madaniy an’analarning о‘zgarish sur’atiga bog‘liqdir; Meyoriy hujjatlar – bular tashkilot xodimlarining xatti-harakatlarini yо‘lga soladi (masalan korporativ axloq kodeksi); Tashkilot xodimlari jamoalari – bularning faoliyati tashkilotdagi ma’naviy iqlim bilan belgilanadi (bu yerda kо‘p narsa axloqiy-psixologik qarashlar va ma’naviy yetakchining obrо‘si bilan belgilanadi); Tashkilot xodimlarining individual motivlari – bular xodimlarni ma’naviy faoliyatga undaydi, bu faoliyat insonparvar g‘oyalarni qaror toptiradi hamda burch hissiga bо‘ysunadi. Zamonaviy tashkilotlarda xodimlarni ma’naviyatini yuksaltirish uchun quyidagi chora-tadbirlardan foydalaniladi: axloqiy kodekslarda jamlangan odob meyorlarini ishlab chiqish; ma’naviyat bо‘yicha qо‘mitalar yaratish; xodimlarni ma’naviy xatti-harakatlarga о‘rgatish. Ma’naviy kо‘rsatmalar tashkilotning umumiy qadriyatlar tizimi va odob qoidalarini tasvirlovchi nizomdan iborat. Masalan, poraxо‘rlik, tо‘vlamachilik, sovg‘alar olish, noqonuniy qо‘lga kiritilgan pullardan hamkorga ulush berish, manfaatlar tо‘qnashuvi asosidagi mojaro, umuman qonunlarni buzish, kompaniyaning sirlarini (tijorat sirlarini) fosh qilish, “о‘z” guruhi a’zolari bilan ishonchli suhbatda qо‘lga kiritilgan axborotdan foydalanish, siyosiy tashkilotlarga noqonuniy tо‘lovlar tо‘lash, firma manfaatlari yо‘lida noqonuniy harakatlar sodir etish, bilib turib sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish kо‘pincha ma’qullanmaydi yoki jazolanmaydi. Ushbu tamoyillardan har bir alohida olingan tashkilotda, shu jumladan, О‘zbekistondagi tashkilotlar va firmalarda ham xodimlar motivatsiyasini yuksaltirish va buning oqibatida ularni faoliyatidagi natijadorlikni orttirishga yо‘naltirilgan о‘z ichki qoidalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalanish mumkin. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling